46
Intensiv nisbiy miqdorlarning boshqa turdagi nisbiy miqdorlardan farqi
shundaki, bu miqdorlarning natijalari mavhum ko`rinishda, ya`ni koeffitsient,
foizda emas, balki aniq son, hajm va miqdorlarda ifodalanadi.
Ob`ektlararo va hududiy taqqoslash nisbiy miqdorlari turli ob`ekt va
mintaqaga mansub bo`lgan har bir ko`rsatkichning nisbatini tavsiflaydi. Ular
koeffitsientda yoki foizda hisoblanadi va bir mintaqa (ob`ekt)ning tegishli
ko`rsatkichi ikkinchisiga necha marta (foiz) ko`p yoki ozligini ko`rsatadi.