72
Demak, tuman aholisidagi sigirlarning soni xo`jalik daftarlaridagiga
nisbatan haqiqatda 40 boshga ko`p.
Qisqacha xulosalar
Tanlanma tekshirish nazariyasi tahliliy statistikada alohida o`rin egallaydi
va turli amaliyot sohalarida keng qo`llanadi. Bozor iqtisodiyoti muhim hodisa va
jarayonlarni o`rganishda bu uslubdan foydalanish uchun ob`ektiv sharoit va
zaruriyat yaratadi.
Katta hajmli yoki umuman cheksiz to`plamlar
haqida kam mehnat va
mabla sarflab nazariy va amaliy jihatdan qoniqarli axborotlarni olish yo`li - bu
tanlanma kuzatishdir. Tanlanma ma`lumotlari asosida :
bosh to`plam taqsimotlari aniqlanadi;
ularning xarakteri o`rganiladi va turli egri chiziqlar shaklida matematik
ifodalanadi;
bosh to`plamning barqaror ko`rsatkichlari baholanadi;
ularning ishonchlilik darajasi iloji boricha ob`ektiv belgilanadi;
bosh to`plam ko`rsatkichlari haqidagi ilmiy gipotezalar va har xil
eksperimental izlanish natijalari tekshiriladi.
Bu masalalarni echish tartibi, yo`llari va usullari
tanlanma tekshirish
nazariyasida bayon etiladi.
Tanlanma asl ma`nosi bilan tasodifiy, ma`lum tartibda yo`naltirilgan va
aralashma-quralashma bo`lishi mumkin. Tasodifiy tanlash alohida ahamiyatga
sazovor bo`lishining
sababi shundaki, olinadigan natijalar ehtimoliy
muzokaralar shaklida baholanishi mumkin.
Kuzatuvchining shaxsiy hohishi kabi sub`ektiv holat mavjudligi tanlanma
siljish hafv-xatarini tudiradi va muntazam xatoga olib keladi,
shuning uchun
oldini olishga intilish lozim.
Har bir holda tanlash usuli va texnikasini qo`llash ayni holat sharoitiga va
mabla hamda resurslar bilan ta`minlanishga bog’liq. Agar tanlash tasodifiy
bo`lmasa, u holda undan olinadigan bosh to`plamni baholash natijalarining
ishonchliligi ma`lum darajada shaxsiy mulohazalar ta`sirida bo`ladi.
Oddiy tanlash sharoitida hodisaning tanlama bo`yicha olingan nisbiy soni
yoki salmoini bosh to`plam uchun baholash sifatida qabul qilish mumkin. Xuddi
shuningdek, o`rtacha va boshqa ko`rsatkichlarning
tanlanma qiymatlarini
ularning bosh to`plamdagi qiymatlarining baholari sifatida qabul qilish mumkin.
Katta hajmli tanlanmalarda hodisaning absolut soni uchun kvadratik xato
n p q
, nisbiy soni (hissasi) esa
p q
n
va o`rtacha miqdor uchun
x
n
2
formula orqali aniqlanadi. Bu formulalar normal taqsimlangan bosh
to`plam uchun o`rinlidir. Ammo bosh to`plam taqsimlanishi normal holatdan
kuchli farq qilsa, bu formulalardan foydalanish bir oz xatarlidir.
73
Kuzatilgan hodisa soni yoki ko`rsatkich qiymati nazariy kutilayotganidan
farqi 3 karra kvadratik xatodan katta bo`lish ehtimoli juda kichikdir.
Bunga
asosan tanlanma tekshirish natijalariga tayanib bosh to`plam ko`rsatkichlari
yotadigan chegarani baholash mumkin:
x
X
x
P
w
x
x
w
~
ва w +
w
Bu erda:
x
t
, t - ehtimolli ishonch koeffitsienti.
Kichik hajmli tanlanmalarda (n
30) yuqoridagi kvadratik xato
formulalariga tuzatish kiritish lozim. Buning uchun tanlama to`plam hajmi
n
o`rniga
n-1 olish kerak, chunki tanlama dispersiya bosh dispersiyadan
n/n-1 ga
farq qiladi.
Ilmiy gipotezalarni tekshirish tanlanma tekshirish nazariyasiga tayanadi
va turli mezonlar yordamida bajariladi.