|
Ma’ruza №2 Mavzu. Mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari
|
bet | 1/57 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 1,1 Mb. | | #139259 |
Bog'liq maxsulotdan mavzulat obshiy royhat Ma’ruza №2 Mavzu. MAHSULOTLARNING SIFAT KO‘RSATKICHLARI
Reja:
1. Mahsulot sifatini baholash bo‘yicha nazorat qilish, sinash va o‘lchashning asosiy masalalari
2. Ishlab chiqarish mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlari
Tayanch iboralar: yarimo‘tkazgich, fizik – texnologik, murakkab, struktura, qaytuvchan jarayon, qaytmas jarayon, er usti, kema, samalyot, klimatik, biologik, kosmik, mexanik, radiatsion.
Mahsulot sifatini baholash bo‘yicha nazorat qilish, sinash va o‘lchashning asosiy masalalari
O‘lchash, sinash va nazorat qilish sertifikatlashtirishdagi muvofiqlikni baxolash usullari xisoblanadi. Ularni qo‘llanilish xususiyatlarini mahsulotni sertifikatlashtirishda sinov echadigan maslalar bilan aniqlanadi (2.1 – jadval).
Sinash masalalari – mahsulot xarakteristikasini sonli yoki sifatli baxolarini olish, ya’ni berilgan sharoitlarda talab qilingan funksiyalarni bajara olish xususiyatini baxolash. Ushbu masala sinov laboratoriyalarida echiladi, uning echimi mahsulot parametrlari berilgan sinov dalolatnomalarini tayyorlanganligi xisoblanadi.
2.1 – jadval
“o‘lchash”, “sinov”, “nazorat” tushunchalarining nisbati
Ponyatiya
|
Selь
|
Kachestvo
|
Pokazatelь tochnosti
|
O‘lchash
|
Kattaliq (parametr) qiymatini aniqlash
|
O‘lchashlar natijalarini xaqiqiy qiymatga yaqinlik darajasi
|
O‘lchashlar xatoligi ∆o‘lch
|
Sinov
|
Kattalik qiymatini (parametri) aniqlab beruvchi berilgan rejim va ta’sirlar faktorida yuqoridagidek
|
Berilgan sinov rejimlarida va ta’sir faktorlarida yuqoridagidek
|
∆i=∆r+∆f+∆o‘lch,
bu erda ∆r – rejim xatoligi; ∆f – faktorlar xatoligi
|
Nazorat
|
Berilgan rejim va ta’sir faktorlarida berilgan dopuskda kattaliklarni topilish dalolati
|
Ruxsat etilgan chegaralarda parametrlarni topilish ishonchliligi darajasi
|
∆i xisobga olib I va II qator xatolik extimolligi
|
Nazorat masalalari – mahsulot xarakteristikalarini normativ xujjatlar talabiga, shuningdek sinovlar natijalari bo‘yicha mos kelishi. Ushbu masalani sertifikatlashtirish organlari ekspertlari sinov dalolatnomasi bo‘yicha echishadi. SHuning uchun nazorat masalasini ekpert baholash masalasi deb nomlashimiz mumkin.Mahsulotni sertifikatlashtirishda ushbu ikki operatsiya parametrlarini o‘lchash bilan bog‘liqdir. Sifat tizimi va sifat xizmatini sertifikatlashtirish tizim o‘lchash vositalarini qo‘llamay muvofiqlikni baxolash xizmatini ko‘zda tutadi. Bunda vizual yoki organoleptik (auditlar, tekshirishlar, so‘rovlar va x.k.) usullar yordamida amalga oshiriladi. SHaxsiy tarkibni sertifikatlashtirishda o‘rnatilgan qoidalar bo‘yicha sertifikatlashtirish imtixoni o‘tkaziladi.Ob’ektlar yoki ishlab chiqarish jarayonlari bosqichlarini nazorat qilish davriy – aniq vaqt (soat, sutka, oy) oralig‘idan keyin o‘tkaziladi; uzliksiz – uzliksiz (doimiy) amalga oshiriladi. Nazorat qilish vositalariniga bog‘liq xolda quyidagi nazoratlar farqlanadi: vizual, bunda nazorat ob’ekti ko‘rikdan o‘tadi va NTX talablariga mosligi aniqlanadi (barcha operatsiyalar bajarildimi, markirovkani borligi, kuzatuv xujjati); organoleptik – mutaxassislar – ekspertlar tomonidan o‘tkaziladigan nazorat qilishni sub’ektiv usuli (ballarda baxolanadi); instrumental – nazorat, o‘lchov qurilmasi yordamida amalga oshiriladi, kalibrlar, asboblar, stendlar, sinov mashinalari va x.k. nazorat qilishni oxirgi usuli qo‘l, avtomatlashtirilgan va avtomatik bo‘lishi mumkin.Mahsulot xajmiga binoan uzliksiz nazoratni, bunda nazorat qilinayotgan mahsulot sifati xaqidagi echim xar – bir mahsulotni tekshiruvi natijasi bo‘yicha qabul qilinadi; tanlanuvchi nazoratni farqlashadi, bunda nazorat qilinayotgan mahsulot sifati xaqidagi echim mahsulot partiyasi yoki oqimidan tanlab olingan bitta yoki bir nechta (NTX talabalariga binoan) tanlovlarni tekshirish natijalari bo‘yicha xulosalanadi.Ishlab chiqarish jarayonining o‘tishiga ta’sir etuvchi ta’sirlar xarakteriga binoan aktiv va passiv nazoratlar farqlanadi. Aktiv nazoratda (texnologik jixozlarga o‘rnatilgan asboblar yordamida amalaga oshiriladi) olingan natijalar mahulotni tayyorlash jarayonini uzliksiz boshqarish uchun qo‘llaniladi. Passiv nazorat olingan natijalarni faqatgina qayd etadi.Nazorat ob’ektiga ta’sir qilish xarakteri bo‘yicha buzg‘unchi, maqsadi bo‘yicha kenchalik foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qoladi, va buzmasdan nazorat usullari mavjud.Tekshirilayotgan parametrlarga ko‘ra geometrik parametrlarni (chiziqli, burchakli o‘lchovlari, shakl va yuzani, o‘qni, detallarni, tugunlarni va agregatlarni joylashuvini va x.k.), fizik xususiyatlarni (elektr, teplotexnik, optik va x.k.), mexanik xususiyatlar (mustaxkamlik, qattiqlik, xar xil tashqi ta’sirlarda egiluvchanlik); mikro – va makrostruktura (metolografik tadqiqotlar); kimyoviy xususiyatlar (modda tarkibini kimyoviy taxlili, turli muhitlardagi kimyoviy bardoshlilik), shuningdek mahsus nazorat (yorug‘lilik, gaz o‘tkazmaslikga, germetiklik).
|
| |