|
Mavzu. SANOAT MAHSULOTLARINING SINFLANISHI. MAHSULOTLARNING SIFAT KO‘RSATKICHLARI NOMENKLATURASI
|
bet | 3/57 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 1,1 Mb. | | #139259 |
Bog'liq maxsulotdan mavzulat obshiy royhat Mavzu. SANOAT MAHSULOTLARINING SINFLANISHI. MAHSULOTLARNING SIFAT KO‘RSATKICHLARI NOMENKLATURASI
Reja:
3.1. Mahsulot sifati ko‘rsatkichlarining nomenklaturasi tushunchasi
3.2. Turli gurux mahsulotlar uchun sifat ko‘rsatkichlarini qo‘llanilishi
Tayanch iboralar: yarimo‘tkazgich, fizik – texnologik, murakkab, struktura, qaytuvchan jarayon, qaytmas jarayon, er usti, kema, samalyot, klimatik, biologik, kosmik, mexanik, radiatsion.
3.1. Mahsulot sifati ko‘rsatkichlarining nomenklaturasi tushunchasi
Mahsulot sifati ko‘rsatkichlarining nomenklaturasi (MSKN) – bu mahsulot xususiyatlari xarakteristikalarini yig‘indisi (ro‘yxati), ishlab chiqarish va extiyojni qanoatlantiruvchi vosita sifatida mahsulotni sifat aniqliligini ifodalaydi.
Ko‘rsatkichlar nomenklaturasini asosi va vazifasi – mahsulot sifatini baxolashni ob’ektiv kompleks momentining xotimasi. Ko‘rsatkichlar ro‘yxatining to‘liqligi, sanoqli aniqlikni aniqligi evaziga mahsulotni natijalarini aniqliligi va eng yaxshi variant tanlanishiga bog‘liq. Mahsulot sifati ko‘rsatkichlarining nomenklaturasi loyixalanayotgan yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotni talabni qanoatlantirish uchue mo‘ljallanganligini, analoglari bilan taqqoslovni, mahsulotni ishlab chiqarish va qo‘llashni iqtisodiy samaradorlik xisobini, uni tan narhini aniqlashni taqqoslovchi yo‘lini ta’minlashi kerak.
SHunday mahsulotlar borki uni sifatini baholash uchun bitta ko‘rsatkichi etarli bo‘ladi, masalan shinalarni yurish davomiyligi, parmani yordamida nechta teshik parmalash mumkinligi. Lekin bunday mahsulotlarning soni chegaralangan. Mahsulotlarning sonini ko‘pligi evaziga barcha ko‘rsatkichlar guruxini xisobga olish kerak bo‘ladi.
Mahsulot sifati ko‘rsatkichlarining quyidagi guruxlari ajratiladi: tayinlangan, ishonchlilik, resurslarni tejab ishlatish, iqtisodiy, estetik, texnologiklik, transportabellik, standartizatsiya va unifikatsiya, patent – huquqiy, ekologik, xavfsizlik, tashqi ta’sirlarga bardoshlilik, iqtisodiy.
MSKNga standartlar mavjud bo‘lib u aloxida sinf guruxiga tegishli bo‘lib mahsulot sifati ko‘rsatkichlarini asosiy ko‘rsatkichlari nomenklaturasini reglamentlaydi. SHunga binoan standartga kiritiladigan sifat ko‘rsatkichlarini yagonaligiga, texnik shartlarning yagonaligiga va texnik talablaning yagonaligiga erishiladi, shuningdek ushbu klasifikatsiya gurixiga kiruvchi mahsulotlarni boshqa NTXlari.
MSKNga standartlar tizimini maqsadi mahsulot sifatini boshqarish va standartlashtirish masalarini echishda kerakli va etarli MSKNni o‘rnatish va qo‘llash xisoblanadi, shu qatorda: texnik daraja va mahsulot sifatini baholashda va attestatsiyasida; mahsulotni loyixalashda va ishlab chiqarishga qo‘yishda; mahsulotga standartlarni va texnik shartlarni loyixalashda; mahsulotni sertifikatlashtirishda. Mahsulotlarni alohida turlari sifati ko‘rsatkichlari uchun standartlarga “Mahsulot sifati ko‘rsatkichlari tizimi” sarlavxasi va umumiy 4 raqami berilgan. Masalan, GOST 4.142-85 “Mahsulot sifati ko‘rsatkichlar tizimi. Elekt lampolar. Ko‘rsatkichlar nomenklaturasi”.
Bir turliligi bo‘yicha sifat ko‘rsatkilarining sinflanishi, ular tomonidan xarakterlanadigan xususiyatlar 3.1 – rasmda keltirilgan (ko‘rsatkichlar podgruppalarining bari ochib berilmagan).
|
| |