|
Ma’ruza №2 Mavzu. Mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari
|
bet | 6/57 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 1,1 Mb. | | #139259 |
Bog'liq maxsulotdan mavzulat obshiy royhat2.1. Ishdan chiqmaslik – qandaydir vaqt davomida yoki ishlash davrida ob’ektni ishlab turish qobiliyatini to‘xtovsiz saqlab turish xususiyatidir. Ishdan chiqmaslik ko‘rsatkichlari:
1) ishdan chiqmaslik extimolligi – ishlab turish vaqti chegarasida ob’ektni buzilib qolishi chiqmasligi extimolligi [o‘lchamsizlik ko‘rsatkichi];
2) ishdan chiqishgacha gamma – foizli ishlash, bu vaqt ichida ishdan chiqish γ extimollik bilan kelib chiqmaydi,protsentlarda ifodalanadi [soatlarda];
3) ishdan chiqishgacha o‘rtacha ishlash – birinchi ishdan chiqishgacha ob’ektni ishlab turishini matematik kutilishi [soatlarda];
4) ishdan chiqishgacha o‘rtacha ishlash – tiklanayotgan ob’ektni ishlash summasini ushbu ishlash vaqti mobaynida matematik kutilayotgan ishdan chiqishlar soniga nisbati [soatlarda];
5) ishdan chiqishlar intensivligi – obektni ishdan chiqishi kelib chiqish extimolligini shartli zichligi, faqat ko‘rib o‘tilayotgan vaqtgacha ishdan chiqish kelib chiqmagan shartida aniqlanadi [o‘lchamsiz];
6) ishdan chiqish oqimi parametri – tiklanayotgan ob’ektni juda kichik vaqt mobaynida kutilayotgan ishdan chiqishlarning matematik sonini ushbu ishlagan vaqt qiymatiga nisbati [o‘lchamsiz];
7) ishdan chiqishlar oqimini o‘rtachalashtirilgan parametri – tiklanayotgan ob’ektni kutilayotgan ishdan chiqishlarni kutilayotgan matematik sonini ushbu ishlash qiymatiga nisbati [o‘lchamsiz].
Ta’mirlanmaydigan yoki almashtiriladigan mahsulotlar uchun ishlash qobiliyatini dastlabki buzilishi uchun ishdan chiqmaslik ko‘rsatkichlari quyidagilar xisoblanadi:
dastlabki ishdan chiqishgacha bo‘lgan o‘rtacha ishlash vaqti;
belgilangan vaqt davomida to‘xtovsiz ishlash ehtimolligi;
ishdan chiqish intensivligi.
Dastlabki ishdan chiqishgacha bo‘lgan o‘rtacha ishlash vaqti ( ) quyidagi formula yordamida xisoblanishi mumkin:
(3.1)
bu erda: - kuzatilayotgan mahsulotlar soni; - i-chi mahsulotni dastlabki ishdan chiqishgacha ishlash vaqti.
To‘xtovsiz ishlash extimolligi analitik tarza quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
, (3.2)
bu erda: - ishdan chiqishgacha ob’ektni ishlash vaqtini taqsimlanish funksiyasi.
To‘xtovsiz ishlashni statik extimolligi t vaqt momentigacha to‘xtovsiz ishlagan ob’ektlar soniga dastlabki vaqt momentidagi ( , bu erda - kuzatilayotgan mahsulotlar soni, - ishdan chiqgan mahsulotlar soni) ob’ektlar soniga nisbati bilan aniqlanadi.
Ishdan chiqish intensivligi iborasi t vaqt momentida ishdan chiqish zichligi tushuniladi, uni ostida esa juda qisqa vaqt oralig‘ida ishdan chiqish ehtimolligi tushuniladi. Taxliliy ishdan chiqishlar intesivligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
, (3.3)
bu erda: - to‘xtovsiz ishlash vaqtini taqsimlanish zichligi, statik esa – quyidagi formula yordamida topiladi:
, (3.4)
bu erda: - vaqt momentiga kelib ishchi xolatini saqlab qolgan ob’ektlar soni, - vaqt intervali.
Ta’mirlanadigan mahsulotlar uchun buzilmaslik ko‘rsatkichlari quyidagilar xisoblanadi:
- ishdan chiqishga o‘rtacha ishlash;
- ishdan chiqishlar oqimi parametrlarini o‘rtacha qiymati.
Ishdan chiqishga o‘rtacha ishlash statistik ravishda tiklanayotgan ob’ektlarni ishlash yig‘indisini ushbu ob’ektlarni ishdan chiqish yig‘indisiga nisbati bilan aniqlanadi.
Ishdan chiqishlar oqimi parametrlarini o‘rtacha qiymati ishdan chiqishga o‘rtacha ishlash vaqtiga teskari bo‘lgan kattalikdir.
|
| |