|
Ma’ruza №2 Mavzu. Mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari
|
bet | 7/57 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 1,1 Mb. | | #139259 |
Bog'liq maxsulotdan mavzulat obshiy royhat2.2. Umir boqiylik – o‘rnatilgan texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash tizimida buzilish xolati kelib chiqgungacha ob’ektni ishlash xolatini saqlay olish xususiyatidir.
Mahsulotni buzilishga kelib qolganlik xolati uni keyinchalik eksplutatsiya qilish imkoniyatini yo‘qligi yoki ishlash effektivligini pasayishi, yoki xavsizlik talablariga javob bermasligi va texnik xujjatlarda yaroqsizliligi ko‘rsatilganligi bilan aniqlanadi.
Umirboqiylik ko‘rsatkichi zaxira va xizmat qilish vaqti tushunchalari bilan bog‘liq. Zaxira deb mahsulotni ishlatilishidan boshlab mahsulotni ishlatish xavfli yoki iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofiq bo‘lmagan, chegaraviy xolatigacha ishlash soati tushuniladi. Bu erda mahsulot xususiy ishlash vaqtining summasi nazarda tutilmoqda, bu odatda ekspluatatsion jurnalda qayd qilinadi. Xizmat qilish vaqti deb mahsulotni ekspluatatsiyasini boshlanishidan chegaraviy xolatigacha ishlatilish dovomiyligiga aytiladi, ya’ni uzliksiz vaqt (kalendar), sanoq ushbu davr mahsulotni faktik ishlash vaqtining davomiyligiga bog‘liq emas.
Umrboqiylik ko‘rsatkichlari:
1) gamma – foizli zaxira – foizlarda ifodalanib, bunda ob’ekt ishlash summasi vaqti oralig‘ida extimollik bilan chegaraviy xolatiga etib bormaydi [soatlarda];
2) o‘rtacha zaxira – zaxirani matematik kutilishi [soatlarda];
3) gamma-foizli xizmat qilish vaqti – ekspluatatsiyani kalendar davomiyligi, bu vaqt ichida ob’ekt chegaraviy xolatini extimollik bilan erishmaydi, foizlarda ifodalanadi [yil];
4) xizmat qilishni o‘rtacha vaqti – xizmat qilish vaqtini matematik kutilishi [yil].
2.3. Ta’mirlashga yaroqlilik – texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash yo‘li bilan ob’ektni ishchi xolatini tiklash va ishchi xolatini ushlab turishni saqlab turishga moslashganligiga jamlangan ob’ekt xususiyatidir. Ta’mirlashga yaroqlilik ko‘rsatkichlari:
1) tiklanish extimolligi – ob’ektni ishlay olish xolatini tiklay olish vaqti berilgan qiymatdan oshmaslik extimolligi [o‘lchamsiz];
2) tiklanishni gamma-foizli vaqti – foizlarda ifodalangan, ob’ektni ishchi xolatini tiklash uchun extimollik bilan amalaga oshiriladigan vaqt [minutlarda/soatlarda];
3) tiklanishning o‘rtacha vaqti – ishdan chiqgandan keyin ob’ektni ishchi xolatini tiklash uchun ketadigan vaqtni matematik kutilishi [minutlarda/soatlarda];
4) tiklanish intensivligi – ob’ektni ishchi xolatini tiklay olish extimolligini shartli zichligi, ko‘rilayotgan vaqt momenti uchun aniqlangan, sharti ushbu momentgacha tiklash ishlari yakunlanmagan bo‘lishi kerak [o‘lchamsiz];
5) tiklanishni o‘rtacha ish mashaqqati – ishdan chiqgandan so‘ng ob’ektni tiklash uchun ketadigan mehnatning matematik kutilishi [soatlarda].
Ishdan chiqishni yo‘qotish deganda ob’ektni ishlash xususiyatini tiklash tushuniladi. Ta’mirlashga yaroqlilikni yagona ko‘rsatkichlari bo‘lib quyidagilar xizmat qiladi:
- ishchi xolatini tiklashga ketadigan o‘rtacha vaqt;
- aniq vaqt intervali ichida ishchi xolatini tiklay olish extimolligi.
Tiklanish davomiyligi to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni mavjudligida 1, ,... , ishchi xolatni tiklay olishni o‘rtacha vaqti quyidagi formula yordamida xisoblanadi:
, (3.5)
Ishonchlilikni kompleks ko‘rsatkichlariga bir nechta koeffitsientlar kiradi, ulardan eng ko‘p tarqalgani quyidagi uchta:
- mahsulotni tayyorlik koeffitsienti;
- texnik qo‘llanilish koeffitsienti;
- operativ tayyorlik koeffitsienti.
Mahsulotni tayyorlik koeffitsienti bu mahsulotni xoxlagan vaqt momentida, rejalashtirilmagan davrdan tashqari, ushbu davr ichida mahsulotni ishlatish ko‘zda tutilmagan bo‘lsa ham ishchi xolatda bo‘lish extimolligidir. Agar mahsulotni ishchi xolatini tiklash faqat ishdan chiqishdan so‘ng tiklay oladi deb qabul qilsak tayyorlik koeffitsienti quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
(3.6)
bu erda: - ishdan chiqishgacha o‘rtacha ishlash, - mahsulotni ishchi xolatini tiklashni o‘rtacha davomiyligi.
Texnologik qo‘llanilish koeffitsienti quyidagi formula yordamida xisoblanadi:
, (3.7)
bu erda: - mahsulotni ishchi xolatda turish vaqti; - texnik xizmat ko‘rsatish sababli kelib chiqadigan turib qolishlar vaqti; - ekspluatatsiya davridagi ta’mirlash vaqti.
Operativ tayyorlik koeffitsienti - mahsulot kutish rejimida va istalgan vaqt momentida unga yuklatilgan vazifani bajarishni boshlab talab qilingan vaqt davomida buzilmasdan ishlash extimolligi.
|
| |