Sinov samaradorligini pasaytirish muammolari




Download 1,1 Mb.
bet57/57
Sana17.01.2024
Hajmi1,1 Mb.
#139259
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
maxsulotdan mavzulat obshiy royhat

Sinov samaradorligini pasaytirish muammolari, eng avvalo mahsulotni ishonchlilik ko’rsatgichlari eksperemental ravishda tasdiqlanishi bilan bog’liq bo’lgan muammolarni eng muximlaridan biri xisoblanadi. Aslida esa, zamonaviy mahsulotlar uchun λ=10-7 soat-1 qiymatni aniqlash yoki tasdiqlash uchun 1000 mahsulotni 10 yil davomida sinash kerak bo’ladi. Bunday turdagi sinovlarning nafaqat ish xajmi va narxi katta bo’ladi,balki mahsulot ishonchliligi xaqidagi ma’lumotlar uzoq vaqt maboynida olinganligi sababli uning qiymati yo’qoladi. Bu muammoni yechimi xozirgi vaqtda uchta yo’nalish bo’yicha amalga oshirilmoqda:
1) Mahsulotni ishonchliligini matematik, fizik va fizika statistik usullarni rivojlantirish;
2) Xisoblash texnikasi va eng avvalo mikroprotsessorli texnikani keng miqqiyosda qo’llab mahsulotlar sinovini avtomatlashtirish;
3) Buzmasdan nazorat qilish usullarini rivojlantirish.
Birinchi yo’nalish bo’yicha real strukturalarda ro’y berayotgan fizik – kimyoviy jarayonlarni chuqur o’rganishga asoslanib ishonchlilikni prognozlashni fizik – statistik usullari intensiv rivojlanib kelmoqda. Ushbu xolatdagi mahsulotlarni sinash uslubiyati bo’layotganda fizik – kimyoviy jarayonlarni tezlashtirishni nazarda tutadi, bu xolat mahsulot parametrlarini degradatsiyasi bilan tushuntiriladi, demakishdan chiqish vaqtini tezlashtiradi. Mahsulotning sinovi yuqori yuklamalar ostida o’tkaziladi va tezkor deb nomlanadi.
Ikkinchi yo’nalish mahsulotlarni sinash tan narxini kamayishini ta’minlaydi va shu vaqtning o’zida xisoblash texnikasi vositalari yordamida natijalarni ishonchliligini ta’minlashga yordam beradi, bu eng avvalo ko’p seriyali ishlab chiqarishda katta samaradorlikga ega.
Uchinchi yo’nalish, mahsulotning ishonchliligi va sifatini aniq baxolashni o’stirish imkonini beradi va buzmasdan nazorat qilish usullarini rivojlantirishni nazarda tutadi. Ushbu usulning diagnostik xarakteri ularni texnik amalga oshirish vaqtida bir tomondan ishonchlilikni statistik baxolash usulidan voz kechishga, ikkinchi tomondan tayyor mahsulot, materiallar va yarimfabrikantlar ishonchliligini va sifatini umumiy baxolash yoki tanlovdan amalga oshirish imkonini beradi. Buzmasdan nazorat qilish usullari perespektivdir va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ishonchliligini oldindan aytib berish uchun qulay bo’lishi mumkin.

2 – rasm. Mahsulotni ishonchliligiga sarf qilingan sarmoyani uni to’xtovsiz ishlashiga bog’liqligi: Zp – ishlab chiqarish sarfi; Ze – ekspluatatsiyaga sarf; Z - sarf summasi.
Oxirida shuni aytish kerakki, mahsulotni sifati va ishonchliligini oshirish muammosi iqtisodiyotga borib taqaladi. Talab qilinvtgvn ishonchlilik ko’rsatgichlari va soni orasida funktsional bog’liqlik mavjuddir. Agar, misol uchun, qattiq nazorat bilan tayyorlanayotgan mahsulotni yuqori sifatiga erishilsa, uning tan narxi ko’tarilib ketadi. Boshqa ekstrimal xodisa sifatida ishlab chiqarishda 100% li brak xisoblanadi. Ushbu xodisalar orasida qandaydir ptimal variant yotadi, bu esa yuqori iqtisodiy effektga olib keladi. Mahsulotni to’xtovsiz ishlash extimolligini sifatini ta’minlovchi chiqimlarini xarakterlovchi bog’liqlik 9.2-rasmda tasvirlangan, unda ko’rinib turibtiki, ishonchlilikni optimal soniy ko’rsatgichi sifatida mahsulotni ishlab chiqarishda sarflangan minimal summaga to’g’ri keladi. Lekin shunday xollar bo’ladiki agar mahsulotga ishonchliligi birinchi o’ringa qo’yilgan bo’lsa iqtisodiy sarflar ikkinchi o’ringa tushib qoladi.
Nazorat savollari:
1. Sinashdagi muammolarni sanab bering.
2. Sifat xususiyatlarini sanab bering.
3. Qisqa vaqt ichida aniqlanadigan sifat ko’rsatgichlari.
4. Mahsulotlarni sinashni adekvat sharoiti nima?
5. Ishonchlilik farqlarinechta?
6. Mahsulot mustaxkamligi qanday kamayadi?
7. CHegaraviy ruxsat etilgan yuklama nima?
8. Mahsulot kafolatlangan ishlash vaqti nima?

Download 1,1 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Download 1,1 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sinov samaradorligini pasaytirish muammolari

Download 1,1 Mb.