|
Ma’ruza №2 Mavzu. Mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari
|
bet | 53/57 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 1,1 Mb. | | #139259 |
Bog'liq maxsulotdan mavzulat obshiy royhatAMALIY ISH №13
MAVZU: MAHSULOT SIFATINI NAZORAT QILISHNING RADIOTO‘LQINLI. RADIOTO‘LQINLI NAZORAT USULLARINI TAHLIL QILISH. RADIOTO‘LQINLI NAZORAT USULI TURLARINI O‘RGANISH.
Mahsulot sifati sinashdagi muammolar. Mahsulotlarni ishlab chiqarishda ularni real sharoitlarda ekspluatatsiyasi odatda maxsus nazorat va sinov bo’limlarida laboratoriya sinovlari o’tkazish bilan modellashtiriladi. Laboratoriya va ishlab chiqarish sharoitlarida ta’sir qilayotgan faktorlarni quyidagilarga bo’lish mumkin: mexanik, iqlimiy, biologik va kosimik sinovlar. Sinovlarning aloxida bo’limini ishonchlilikka sinash tashkil qiladi. Sinov natijasida mahsulotning sifati aniqlanadi.
Mahsulot sifatini aniqlab beruvchi barcha xususiyatlarni ikki sinfga bo’lishimiz mumkin: 1) Juda qisqa vaqt ichida aniqlanadiganlar (mahsulotning tashqi ko’rinishi, ularning geometriyasi, massasi), shuningdek vaqt davomida xech qanday o’zgarishlarsiz kechadigan mahsulotning ayrim parametrlari; 2) Mahsulot yuklama ostida ishlayotganda ta’sir qiluvchilar. Oxirgisiga misol qilib ISning yuza xolati bo’lishi mumkin. Uni quyidagi parametrlar yordamida baxolash mumkin: teskari tok va p-n-o’tishni teshib o’tuvchi kuchlanish, ushbu xolat yuzadan tok oqib o’tishga yoki yuza rekombinatsiyasi tezligi va vaqt davomida yuklama ostida o’zgaradi. Nuqmonlarga ega bo’lgan mahsulot ayrim vaqt yuklama ostida ishlaganda nuqson nomoyon bo’lsa, bunday mahsulotlarni potentsial ishonchli deyish mumkin. Mahsulotlarni sinashdan maqsad poientsial ishonchli mahsulotlarni aniqlash, chunki nuqsonli mahsulotlar dastlabki parametrlarni nazorat qilish va o’lchash natijalari va ularni NTX talablariga mos kelmasligi bo’yicha brak qilib chiqarib tashlash mumkin. SHuning uchun potentsial ishonchli mahsulotlarni sifatini qabul qilish masalalarini ko’rib o’tamiz.
Mahsulotni ishonchliligi deganda – belgilangan vaqt ichida parametrlarini o’rnailgan chegaralarida qiymatlarini saqlab turishi tushuniladi, bundan tashqari belgilangan funktsiyani berilgan rejimlarda va qo’llash sharoitlarida texnik xizmat ko’rsatish, qayta ta’mirlash, saqlash va transportirovkani xarakterlovchi xususiyatlar tushuniladi. Ishonchlilik murakkab xususiyat xisoblanadi, u mahsulotni nimaga mo’ljallanganligi va qo’llanilish sharoitiga ko’ra quyidagi xususiyatlar yig’indisidan tashkil topadi: ishchi faoliyatni buzilmasligi, umrboqiylik, qayta ta’mirlanishga loyiqligi va saqlanuvchanlik. Ushbu ibora qayta tiklanuvchan (qayta ta’mirlashga loyiq) va qayta tiklanmas (qayta ta’mirlashga loyiq bo’lmagan) mahsulotlarga joriy. Mahsulotning bir qismi qayta tiklanuvchan mahsulotlarga tegishli bo’ladi. CHunki ularni tayyorlash bo’yicha yig’ish operatsiyalari qaytuvchan, mahsulot konstruktsiyasini loyixalash imkoni mavjud va ishdan chiqqan elementlarni almashtirish imkoniyati bor. SHu vaqtning o’zida miso uchun intergal sxemalar – qayta tiklanmas mahsulotlar xisoblanadi. Ko’p xollarda brak bo’lgan IS lar materiallarini va elementlarini qisman almashtirish imkoniyati yo’q. mahsulotlarni mikrominiatyurizatsiyalash darajasiga nafaqat tugunlar, balki butun elektron qurilmalar integral texnologiyada bajarilmoqda va barcha mahsulotlar katta darajada qayta tiklanmas turiga kirib qoladi.
Ishonchlilik mahsulot xususiyati bo’lib, loyixalash va tayyorlash davrida xosil qilinadi. Ishonchlilik ko’rsatkichlari bo’yicha sinashda baxolanadi va ekspluatatsiya talablari bilan solishtiriladi.
Asboblarni real sharoitda sinashining adekvat sharoitlari. mahsulotlarni ekspluatatsiyasini tadqiqotlari, taxilili va tajribasi shuni ko’rsatadiki, ekspluatatsiya sharitlarida xisob kitob yo’llari yoki laboratoriya va ishlab chiqarish sharitlarida o’tikazilgan sinovlardan olingan natijalar ishonchlilik ko’rsatkichlari orasida katta farq borligini ko’rsatmoqda. Ushbu vaqt uchta sabab bilan tushuntiriladi:
1. Mahsulotga laboratoriyaga sharoitida ta’sir qilayotgan ta’sirlar tashqi ta’sirlarga mos kelmasligi;
2. Ishdan chiqishni aniqlashni turli uslubiyatlarini mavjkdligi, bu laboratoriya sinovlarida va ekspluatatsiyada turli ishdan chiqish kriteriyalarini qo’llanishi;
3. Mahsulotlarni ekspluatatsiya qilish rejimi bilan sinash rejimlarini mos kelmasligi.
Mahsulotlarni sinash sharoitlariga real ekspluatatsiya sharitini mos kelishi muammosini yuqorida ko’rsatib o’tilgan farqlarni kamaytirish yo’li bilan xal qilish mumkin. Bunda asosiy muammo birinchi gurux sabablarini minimizatsiyalash. Bu modellashtirilayotganda tashqi ta’sirlar darajasi real ta’sirlar mos kelish darajasi ko’p faktorli ekspluatatsiya sharoitlari xaqidagi ma’lumotlar butunligi bilan emas, balki (o’z ichiga oluvchi) sinov moslamalari (sinov stendlari yoki kameralari, ya’ni sinov sharoitini tasvirlab berish uchun xizmat qiluvchi qurilmalar), sinov-o’lchov apparatlari, moslama va jixozlarni o’z ichiga oluvchi sinov qurilmalari uchun qo’llanilayotgan texnik imkoniyatlar bilan bog’liq. Mahsulotlarni murakkablashuvi bilan sinash uchun qo’llaniladigan qurilmalarga qo’yiladigan talablar ortib boradi, lekin oxirgilarning takomillashuvi nafaqat murakkab texnik balki iqtisodiy muammo xam bo’ladi.
Kamdan-kam xollarda elektron vositalarni sinashni real ekspluatatsiya sharoitlariga mos kelish muammosi, sinash jarayonida yuklamani oshirish bilan va tezkor ishdan chiqish uchun mahsulot sinov parametrlarini qattiqroq qilib tanlash yo’li bilan xal qilinadi. Ammo bunda quyidagi xolatni nazarda tutish kerak bo’ladi. Xar bir mahsulot qandaydir mustaxkamlik bilan xarakterlanadi, ya’ni tashqi ta’sir kuchlariga aks ta’sir ko’rsatish qobiliyati. Faraz qilayli, mahsulot qandaydir P mustaxkamlikga ega, va G yuklama ta’siriga tushmoqda. P>G gacha, mahsulot o’z ishchi qobiliyatini saqlaydi. Bir turli mahsulotlarning mustaxkamligi bir xil bo’lishi mumkin emas. Materiallarning turli nuqsonlari va texnologiya mustaxkamligini kamaytiradi. P-G=>0 tengsizlik bajariladigan xolatlar uchun ishdan chiqish bo’lmaydi, bu yerda - xar qancha kichik kattalik. Mahsulotni uzliksiz ishlash extimolligi xar qanday vaqt momentiga P va G kattaliklar qiymatlariga bog’liq xolda aniq taqsimlanishga ega:
,
bu yerda φ() - taqsimlanish funktsiyasi.
SHuning uchun ta’sir qiluvchi yuklamaning chegaraviy qiymatini shu turdagi barcha mahsulotlar uchun bir – xil qilib o’rnatiladi va ma’lum bo’lgan taqsimlanish qonuniyatiga binoan mahsulot uchun yuklamani chegaraviy qiymatini belgilashadi. Lekin mahsulot mustaxkamligi uning eskirishi va vaqt o’tishi bilan yemirilishi natijasida kamayadi, shuni ta’kidlash kerakki ushbu jarayon unga qo’yilayotgan yuklamaga xam bog’lik. Sinov davrida yuklama qancha yuqori bo’lsa, sinov davrida mahsulotni buzilishiga olib keluvchi yoki tezkor eskirishi va unda sodir bo’layotgan fizik – kimyoviy jarayonlarni tezlashishi natijasida ekspluatatsiya vaqtida buzilishiga olib keluvchi kuchlanishni tezkor yig’ilishi sodir bo’ladi. Kerakli zaxira bilan tanlangan va iste’molchiga mahsulotni ekspluatatsiya qilish davrida tavsiya qilingan yuklama chegaraviy ruxsat etilgan yuklama deb ataladi. CHegaraviy ruxsat etilgan yuklama eksperimental yo’llar bilan o’rnatiladi va ko’plab faktorlarga bog’liq bo’ladi (tashqi muxit, yuklama turi va x.k.). Mahsulotni sinashda va ekspluatatsiya davridagi chegaraviy ruxsat etilgag yuklamani o’rnatish bo’yicha qilinadigan ishlarni 9.1-rasmda tasvirlangan sxema bo’yicha amalga oshirish mumkin.
Kafolatlangan vaqt ichida mahsulotni berilgan ishonchlilik ko’rsatkichlarini ta’minlash nafaqat to’g’ri tanlangan chegaraviy ruxsat etilgan yuklamaga bog’liqdir, balki past darajada bo’lsa ham to’g’ri tanlangan mahsulot parametrlarini ruxsat etilgan o’lchov chegaralariga bog’liq. Ko’p xollarda ishlab chiqarish zaxirasi deb nomlanuvchi zaxirlar bo’yicha normalar TTU normalari bo’yicha mos kelmaydigan mahsulotlarni yetkazishi oldini olish uchun kerak bo’ladi. SHuning uchun mahsulot ishlab chiqarishga qo’llaniladigan qurilmalari kichik o’lchov xatoliklariga ega bo’lishi kerak. Aks xolda mutloqo yaroqsiz mahsulotlar yaroqli mahsulot sifatida o’tib ketadi va qavbul qilish sinovlarida ishdan chiqish mumkin.
1-rasm. Mahsulotni sinash va ekspluatatsiyalashda chegaraviy ruxsat etilgan yuklamani o’rnatish bo’yicha bajariladigan ishlar yig’indisi.
Sifat parametrlariga o’rnatiladigan normalar nafaqat nazorat o’lchov qurilmalariga bog’liq bo’ladi. Ishlab chiqarishda doimo parametrlar qiymatlarini texnologik nomunosibligi kuzatiladi, bu xolat texnologik ishlab chiqarish xususiyati va natijaviy material va texnologik jixozlar parametrlarining sochilganligi bilan tushuntiriladi. Bundan tashqari yuqori ta’kidlab o’tilganlik tashqi muxit va ularga ta’sir qilayotgan yuklama bilan bog’liq mahsulotda kechadigan fizik-kimyoviy jarayonlar ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. SHuning uchun, ishlab chiqaruvchi mahsulotni berilgan ishonchliligini ta’minlash uchun iste’molchiga topshirishdan avval mahsulotga qo’yiladigan normalarni belgilab berishiga majbur bo’ladi.
Mahsulotni konstruktiv xususiyati va ularning texnologik sochilganligiga bog’liq xolda o’rnatiladigan parametrlari bo’yicha zaxira kostruktiv texnologik zaxira deb nomlanadi. U o’lchovsiz kattalik bilan ifodalanadi. Yuqori va quyi nazorat chegaralri uchun konstruktiv texnologik zaxira koeffitsienti
KZQ=(XQ-XQTU)/(M[X]-XQ),
KZYu=(XYuTU-XV)/( XYu-M[X]).
bu yerda XQ va XYu – real taqsimotdagi parametrlarning eng kichik va eng katta ko’rsatkichlari; XQTU va XYuTU - TU da tasdiqlangan normalarning quyi va yuqori qiymatlari; M[X] – NTX da belgilangan parametrlarning o’rtacha qiymati.
SHartli kriteriyalar yordamida sinov natijalarini baxolashda mahsulotning barcha parametrlarini ko’rib o’tish shart emas. Kuzatish uchun ulardan eng ma’lumoti ko’p bo’lganini tanlash yetarlidir. Yaroqli yoki shartli yaroqsiz deb xisoblanuvchi mahsulotning parametrlari yaroqlilik kriteriyalari – parametrlari deb nomlanadi (YaKP). YaKP qiymatlarining ruxsat etilgan o’zgarish chegarasi bir tomonini yoki ikki tomonlama chegaralar bilan chegaralanadi. Bunda YaKPning minimal va maksimal qiymatlari absolyut yoki nisbiy bo’lishi mumkin.
Mahsulotlarni sinashda ekspluatatsiya sharoitiga mos kelmasligini aniqlovchi uchinchi gurux sabablari ekspluatatsiya va sinovda mahsulot ishlash rejimlari farqi bilan bog’liq. Ayrim mahsulotlar ekspluatatsiya davrida uzoq vaqt davomida ishlamay turishadi. 20 dan 60% gacha ishdan chiqish shu davrda ro’y berishi aniqlangan. IS larni tashkiliy qismi xisoblanuvchi MDM, MDP fizik strukturalar uchun to’satdan paydo bo’ladigan bardoshlilik elektr yuklama ulanganda ko’tariladi.
Boshqa tomondan, mahsulotlarni tsiklik rejimida ishlatilinishi katta xajmdagi ishdan chiqarishlarga olib keladi. Buning sababi ularning juda ko’p marotaba yoqib o’chirishdir. Bu xolat mahsulotni yoqib o’chirish sababli kelib chiqadigan o’chirish jarayoni vaqtida ularda ekstra toklar va kuchlanish ortishi ro’y beradi, ularning qiymatlari TU bo’yicha o’rnatilgan normalardan (qisqa vaqt ichida) ortib ketadi. TSiklik rejimda ishlatilishga mo’ljallangan mahsulotlarni sinovini soddalashtirish uchun sinovlar to’xtovsiz o’tkaziladi. Lekin, amaliyotda ko’rsatilishicha, yoqib/o’chirish rijimidagi katta chastotada ishlayotgan (1 soatda bittadanko’proq yoqib/o’chirish) mahsulotning ishonchliligi vaqti aniq belgilangan (misol uchun, bir sutkada 10 soat) vaqt maboynida uzliksiz ishlaydigan mahsulot ishonchliligidan ko’p marotaba past bo’lishi mumkin.
Sinov samaradorligini pasaytirish muammolari, eng avvalo mahsulotni ishonchlilik ko’rsatgichlari eksperemental ravishda tasdiqlanishi bilan bog’liq bo’lgan muammolarni eng muximlaridan biri xisoblanadi. Aslida esa, zamonaviy mahsulotlar uchun λ=10-7 soat-1 qiymatni aniqlash yoki tasdiqlash uchun 1000 mahsulotni 10 yil davomida sinash kerak bo’ladi. Bunday turdagi sinovlarning nafaqat ish xajmi va narxi katta bo’ladi,balki mahsulot ishonchliligi xaqidagi ma’lumotlar uzoq vaqt maboynida olinganligi sababli uning qiymati yo’qoladi. Bu muammoni yechimi xozirgi vaqtda uchta yo’nalish bo’yicha amalga oshirilmoqda:
1) Mahsulotni ishonchliligini matematik, fizik va fizika statistik usullarni rivojlantirish;
2) Xisoblash texnikasi va eng avvalo mikroprotsessorli texnikani keng miqqiyosda qo’llab mahsulotlar sinovini avtomatlashtirish;
3) Buzmasdan nazorat qilish usullarini rivojlantirish.
Birinchi yo’nalish bo’yicha real strukturalarda ro’y berayotgan fizik – kimyoviy jarayonlarni chuqur o’rganishga asoslanib ishonchlilikni prognozlashni fizik – statistik usullari intensiv rivojlanib kelmoqda. Ushbu xolatdagi mahsulotlarni sinash uslubiyati bo’layotganda fizik – kimyoviy jarayonlarni tezlashtirishni nazarda tutadi, bu xolat mahsulot parametrlarini degradatsiyasi bilan tushuntiriladi, demakishdan chiqish vaqtini tezlashtiradi. Mahsulotning sinovi yuqori yuklamalar ostida o’tkaziladi va tezkor deb nomlanadi.
Ikkinchi yo’nalish mahsulotlarni sinash tan narxini kamayishini ta’minlaydi va shu vaqtning o’zida xisoblash texnikasi vositalari yordamida natijalarni ishonchliligini ta’minlashga yordam beradi, bu eng avvalo ko’p seriyali ishlab chiqarishda katta samaradorlikga ega.
Uchinchi yo’nalish, mahsulotning ishonchliligi va sifatini aniq baxolashni o’stirish imkonini beradi va buzmasdan nazorat qilish usullarini rivojlantirishni nazarda tutadi. Ushbu usulning diagnostik xarakteri ularni texnik amalga oshirish vaqtida bir tomondan ishonchlilikni statistik baxolash usulidan voz kechishga, ikkinchi tomondan tayyor mahsulot, materiallar va yarimfabrikantlar ishonchliligini va sifatini umumiy baxolash yoki tanlovdan amalga oshirish imkonini beradi. Buzmasdan nazorat qilish usullari perespektivdir va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ishonchliligini oldindan aytib berish uchun qulay bo’lishi mumkin.
2 – rasm. Mahsulotni ishonchliligiga sarf qilingan sarmoyani uni to’xtovsiz ishlashiga bog’liqligi: Zp – ishlab chiqarish sarfi; Ze – ekspluatatsiyaga sarf; Z - sarf summasi.
Oxirida shuni aytish kerakki, mahsulotni sifati va ishonchliligini oshirish muammosi iqtisodiyotga borib taqaladi. Talab qilinvtgvn ishonchlilik ko’rsatgichlari va soni orasida funktsional bog’liqlik mavjuddir. Agar, misol uchun, qattiq nazorat bilan tayyorlanayotgan mahsulotni yuqori sifatiga erishilsa, uning tan narxi ko’tarilib ketadi. Boshqa ekstrimal xodisa sifatida ishlab chiqarishda 100% li brak xisoblanadi. Ushbu xodisalar orasida qandaydir ptimal variant yotadi, bu esa yuqori iqtisodiy effektga olib keladi. Mahsulotni to’xtovsiz ishlash extimolligini sifatini ta’minlovchi chiqimlarini xarakterlovchi bog’liqlik 9.2-rasmda tasvirlangan, unda ko’rinib turibtiki, ishonchlilikni optimal soniy ko’rsatgichi sifatida mahsulotni ishlab chiqarishda sarflangan minimal summaga to’g’ri keladi. Lekin shunday xollar bo’ladiki agar mahsulotga ishonchliligi birinchi o’ringa qo’yilgan bo’lsa iqtisodiy sarflar ikkinchi o’ringa tushib qoladi.
Nazorat savollari:
1. Sinashdagi muammolarni sanab bering.
2. Sifat xususiyatlarini sanab bering.
3. Qisqa vaqt ichida aniqlanadigan sifat ko’rsatgichlari.
4. Mahsulotlarni sinashni adekvat sharoiti nima?
5. Ishonchlilik farqlarinechta?
6. Mahsulot mustaxkamligi qanday kamayadi?
7. CHegaraviy ruxsat etilgan yuklama nima?
8. Mahsulot kafolatlangan ishlash vaqti nima?
|
| |