• Xususiyat
  • Mahsulot sifat ko‘rsatkichi
  • Ishlab chiqarish mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlari




    Download 1,1 Mb.
    bet2/57
    Sana17.01.2024
    Hajmi1,1 Mb.
    #139259
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
    Bog'liq
    maxsulotdan mavzulat obshiy royhat

    Ishlab chiqarish mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlari


    YUqorida aytib o‘tganimizdek, sifat deganimizda mahsulotni qo‘llanilishiga binoan aniq extiyojlarni qanoatlantirishga yaroqliligi sababli kelib chiquvchi xususiyatlar yig‘indisi. Ushbu iboradan quyidagi savol kelib chiqadi, mahsulot sifatining boshlang‘ich xarakteristikasiga uning qaysi xususiyati oligan. Xususiyat – bu mahsulotning ob’ektiv xususiyati bo‘lib, uni yaratishda, ekspluatatsiyasida yoki iste’molida nomoyon bo‘ladi. Har bir aniq mahsulot turi ko‘plab turli va turfa xil xususiyatlarga ega. Ularning yig‘indisi mahsulotni boshqa turdagi mahsulotlardan ajratib olish imkonini beradi.Mahsulotning barcha xususiyatlarini oddiy va murakkabga ajratish mumkin. Oddiy xususiyatlar qatoriga avtomobilьning yuk ko‘tara olishini va tezligini, dvigatelь quvvatini, mahsulot massasini va x.k.larni kiritish mumkin. Murakkab xususiyatga misol qilib ob’ektni ishonchliligini aytish mumkin, chunki u oddiy xususiyatlar yig‘indisidan tashkil topgan: umurboqiylik, saqlanuvchanlik, ta’mirlana olinuvchanlik, ishdan chiqmaslik.Mahsulotning xar bir xususiyatini yoki bir nechta xususiyatining nomoyon bo‘lish darajasi sifat ko‘rsatkichlari yordamida baxolanadi.Mahsulot sifat ko‘rsatkichibu mahsulotni sifatini tashkil etuvchi bitta yoki bir nechta xususiyatlarining sonli xarakteristikasi, bu asosan uni ishlab chiqish, ekspluatatsiya yoki iste’mol sharoitiga qo‘llanilishida ko‘rib o‘tiladi.Mahsulot sifatining ko‘plab ko‘rsatkichlari uning parametrlari funksiyalari xisoblanadi. Masalan, parmaning umur boqiylik ko‘rsatkichi yo‘naltiruvchi lentochkaning eniga – geometrik parametrga va parma materialining mexanik xarakteristikalariga – struktura parametrlariga bog‘liq. Lekin ko‘plab xollarda bunday bog‘lanishni borligini va ko‘rinishini o‘rnatish nixoyatda murakkabdir.

    “belgi”, “parametr” va “sifat ko‘rsatkichi” tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi 2.1 – rasmda ko‘rsatilgan.
    Mahsulotning har bir turi o‘zining sifat ko‘rsatkichlari nomenklaturasi xarakterlaydi. Ko‘p maqsadli mahsulotlarda ushbu nomenklatura juda ko‘p sonli bo‘lishi mumkin. Mahsulot sifatining ko‘rsatkichi turli birliklarda ifodalanishi mumkin (masalan, km/soat, ishdan chiqish soatlarida, ballarda), shuningdek o‘lchovsiz ham bo‘lishi mumkin.
    Mahsulotni xususiyatlaridan bitta xususiyatini xarakterlovchi sifat ko‘rsatkichi mahsulotni yagona sifat ko‘rsatkichi deb nomlanadi. YAgona sifat ko‘rsatkichlariga misol qilib quvvat (dvigatelьni), koloriyalik (yonilg‘i), ishdan chiqishgacha ishlash.

    Mahsulotni bir nechta xususiyatini ifodalovchi sifat ko‘rsatkichlari kompleksli deb nomlanadi.
    2.2 – rasmda bir jinsli va ko‘p jinsli mahsulotlarning xarakterlovchi xususiyatlar soni bo‘yicha sifat ko‘rsatkichlarining sinflanishi keltirilgan.Mahsulotni kompleks sifat ko‘rchatkichiga misol sifatida tayyorlik koeffitsientini ko‘rib chiqamiz, u ayrim turdagi mahsulotlar uchun quyidagi formula yordamida xisoblanadi:
    (2.1)
    bu erda: - mahsulotni ishdan chiqishgacha o‘rtacha ishlashi (ishdan chiqmaslik ko‘rsatkichi); - ishchi xolatini tiklay olishini o‘rtacha vaqti (ta’mirlashga loyiqlik ko‘rsatkichi).Tayyorlik koeffitsienti mahsulotni ikkita xususiyatini xarakterlaydi: to‘xtovsiz ishlashni va ta’mirlashga yaroqlilikni. O‘z navbatida:
    (2.2)
    bu erda: - ishdan chiqgan joyni topish uchun sarflanadigan o‘rtacha vaqt; - ishdan chiqishni yo‘qotish uchun sarflanadigan o‘rtacha vaqt.Formuladan ko‘rinib turibtiki, ta’mirlashga yaroqlilik – mahsulotni va kabi oddiy xususiyatlarga nisbatan murakkab xususiyatdir. Demak, ga nisbatan ko‘rsatkichni yagona sifatida ko‘rishimiz mumkin, va ga nisbatan esa – kompleks sifatida ko‘rishimiz mumkin.Iqtisodiy nuqtai nazardan mahsulot xususiyatini optimal yig‘indisini aniqlashni imkonini beruvchi kompleks sifat ko‘rsatkichlar turi bu mahsulotni integral sifat ko‘rsatkichi xisoblanadi, u mahsulotni ekspluatatsiyasi yoki iste’molining summar foydali effektiga mahsulotni yaratishga va ekspluatatsiyasi yoki iste’molgi ketgan xarajatlar yig‘indisini nisbatini ifodalayji:
    (2.3)
    bu erda: - mahsulotni ekspluatatsiya qilishdan keldan foydali effekt summasi (masalan, aniq vaqt oralig‘ida stanokni ishlash vaqti – yil, oy va x.k., yuk avtomabilini ishlash vaqtdi davomida kapital remontgacha yurish vaqti tonna - kilometr); - mahsulotni yaratishga ketgan sarf xarajat summasi (loyihalash, tayyorlash, montaj va boshqa bir vaqtni o‘zida sarflanadigan xarajatlar); - eksplutatsiya xarajatlarining summasi (texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va boshqa joriy xarajatlar).Mahsulot sifatini integral ko‘rsatkichi effektiv sifat ko‘rsatkichi xisoblanadi, u o‘z tarkibida mahsulot sifati va unga erishishga ketgan xarajat va uni ekspluatatsiyasi va iste’moli xaqida muxim ma’lumotlarni mujassamlashtirgan. SHu sababdan unda mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi barcha faktorlar, shu faktorlarga ketgan barcha xarajatlar xisobga olinadi.Mahsulot sifatini integral ko‘rsatkichi muxim xususiyatlarga ega: u optimal foydali effektda va unga erishish uchun optimal sarf xarajatlarda maksimumga erishadi. Demak, mahsulot sifatini ko‘tarish uchun sarf xarajatlarni oshirish mahsulotni integral sifat ko‘rsatkichi oshganigacha ma’noga egadir. Mahsulot sifati dinamikasini analiz qilishda, sifatni oshirish yo‘llarini aniqlashda, ishlab chiqarishga mahsulotni olib kelish masalasini xal qilishda uni qo‘llash muximdir.Mahsulot sifatini integral ko‘rsatkichi bilan bir qatorda, unga qarama qarshi bo‘lgan kattalik, effekt birligiga solishtirma xarajatlar qo‘llanilishi mumkin.Mahsulot sifatini baholash uchun qabul qilinadigan echim bo‘yicha mahsulot sifati ko‘rsatkichini belgilovchi ko‘rsatkich deb nomlanadi. Mahsulot sifatini kompleks belgilovchi ko‘rsatkichi umumlashgan deb nomlanadi. Mahsulot xususiyatlarini aniq guruxiga tegishli bo‘lgan kompleks ko‘rsatkich gurux ko‘rsatkichi deb nomlanadi (2.1 – rasm).Mahsulot sifatini taqqoslash uchun asos qilib olingan mahsulo sifati ko‘rsatkichining qiymati mahsulot sifati ko‘rsatkichining baza qiymati deb nomlanadi. Baza qiymatlari sifatida mahsulot sifati xaqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lgan eng yaxshi milliy va chet el mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlari qiymatlarining namunalari olinishi mumkin.mahsulot sifati ko‘rsatkichining nisbiy qiymat ko‘rsatkichi baxolanayotgan mahsulotning sifat ko‘rsatkichi qiymatiga ushbu ko‘rsatkich baza qiymatiga nisbati bilan aniqlanadi va o‘lchovsiz kattaliklarda yoki protsentlarda ifodalanadi.

    CHetga chiqishi xisobga olinadigan normativ xujjatlar bilan reglamentlangan mahsulot sifati ko‘rsatkichi qiymati nominal qiymat deb nomlanadi. Normativ xujjatlar tomonidan o‘rnatilgan chegaralar orasida bo‘lgan mahsulot sifati ko‘rsatkichining faktik qiymatini nominal qiymatidan chetga chiqishi mahsulot sifatini yo‘l qo‘yilgan ko‘rsatkichi xisoblanadi. Faktik qiymat ko‘rsatchini o‘rnatilgan chegaradan chiqishi mahsulotda nuqson borligini biladiradi.Ruxsat etilgan chetga chiqish quyidagilar bilan xarakterlanadi, masalan, bukilgan joylarning chuqurligi va maydoni, mahsulot ustidagi tirnalganliklar, shuningdek ularning soni, agar ularning soni chegaraviy chegaraviy, - yuqori yoki kichik reglamentlangan qiymatlar sonidan ortib ketmasa. Ushbu xolatda ruxsat etilgan chetga chiqishlar soni xisobga olinadigan nominal qiymatlar nolga tenglashadi.Bo‘sh vaqtda. Zavodda mahsulotlar partiyasi nazorat qilinmoqda, ularning ichida yaroqli va yaroqsizi mavjud. Ushbu partiyadagi brak mahsulotlar ulushi noma’lum. Lekin u umuman aytganda noma’lum kattalik emas. Agar ushbu partiyadagi mahsulotlarni barini tekshirib chiqishga xalal bermasa, brak ulushini aniq topish mumkin. SHuning dek, partiyadan tanlangan mahsulotni nazorat qilish unchalik katta bo‘lmagan ma’lumotni yig‘ish mumkin, tasodifiy tanlovni qo‘llasak xaqiqiy manzarani buzishi mumkin.g‘indidan olingan bitta tanlovni, ushbu yig‘indidan u yoki bu qiymatni xarakterlovchi qiymatni qanday baholash mumkin degan muammo kelib chiqadi. Bunda muammo turli xolatlarda vujudga kelishi mumkin. Ma’ruza №3


    Download 1,1 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




    Download 1,1 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarish mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlari

    Download 1,1 Mb.