|
MA’RUZA №7
MAVZU: MAHSULOT SIFATI KO’RSATKICHLARINI ANIQLASH VA SIFAT DARAJASINI BAHOLASH USULLARI
|
bet | 14/57 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 1,1 Mb. | | #139259 |
Bog'liq maxsulotdan mavzulat obshiy royhatMA’RUZA №7
MAVZU: MAHSULOT SIFATI KO’RSATKICHLARINI ANIQLASH VA SIFAT DARAJASINI BAHOLASH USULLARI
REJA:
7.1. Kosmik ta’sirlar.
7.2. Yer oldi fazosidagi kosmik nurlanishlar.
7.3. Kosmik fazoning termo vakuum faktorlari.
Tayanch iboralar: ta’sir, vakuum, magnit, gazlar, chang, gravitatsiya, yuldizlar aro, yadrolar, galaktika, kosmik nurlanish, korpuskulyar nurlanish, quyosh nurlari, radiatsion xalqa.
Kosmik ta’sirlar. Mahsulotlarni qo’llashda kosmik ta’sirlar quyidagi faktorlarning yig’indisi bilan xarakterlanadi: elektromagnit va korpuskulyar nurlanishlar, vakuum chuqurligi, issiqlik oqimi, vaznsizlik, meteor zarrachalari, planeta va yulduzlarning magnit va gravitatsion maydonlari va x.k. Ushbu faktorlarni o’rganishda uchta muxit ajraladi: yulduzlararo, planetalararo, planeta va ularning sputniklarining atmosferasi. Yulduzlar orasidagi muxit yulduzlararo gazlar va changning mayda qattiq zarrachalari. Gaz chang bilan teng asosda aralashib ketgan. Quyosh yonidagi yulduzlararo muxit planetalararo muxitga aylanadi, u o’z navbatida quyosh sistemasidagi planetalarning orasini to’ldirib turadi. Planetalar orasidagi muxit quyosh tojining kengayish moddalaridan tashkil topgan – vodorodni ionizatsiyalangan atomlari (90% atrofida va geliy atomlaridan (9% atrofida).
Biz uchun katta qiziqish Yer atmosferasi tashkil qiladi, asosan uning tashqi qismi – ekzosfera. Balandlik bilan Yerning atmosfera parametrlari o’zgaradibuni 7.1-jadvalda ko’rish mumkin.
Xarorat gaz zarrachalarining kinetik energiyasini xarakterlaydi, u esa o’z navbatida kosmik ob’ektlarga o’rnatilgan mahsulotlarning ochiq yuzalariga xech qanday ta’sir ko’rsatmaydi.
Balandlik bilan Yer atmosferasining parametrlarini o’zgarishi
Balandlik, km
|
Bosim, Po
|
Zichlik, g/sm3
|
Xarorat, K
|
Zarrachalar kontsentratsiyasi, sm-3
|
Vakuum xaraktkris
|
Dengiz satxi
|
1,33*105
|
1,2*10-3
|
293
|
2,7*1019
|
-
|
2*102
|
8,5*105
|
3*10-13
|
1200
|
7*109
|
CHuqur
|
3*102
|
1*10-5
|
2,5*10-14
|
1500
|
8*108
|
5*102
|
4*10-7
|
3*10-16
|
1600
|
2,5*107
|
1*103
|
4*10-9
|
1,5*10-18
|
1600
|
1,5*105
|
Juda chuqur
|
2*103
|
8*10-10
|
2*10-19
|
1800
|
2*104
|
3*103
|
5*10-10
|
1*10-19
|
2000
|
1*104
|
5*103
|
4*10-10
|
4*10-20
|
3000
|
4*103
|
10*103
|
2,5*10-10
|
1*10-20
|
15000
|
1*103
|
O’ta chuqur
|
20*103
|
1*10-10
|
2*10-21
|
50000
|
1*102
|
30*103
|
2,5*10-11
|
6*10-22
|
1*105
|
10
|
60*103
|
1,5*10-11
|
2,5*10-22
|
2*105
|
3-4
|
Er oldi fazosidagi kosmik nurlanishlar. Kosmosdagi mahsulotlarni ekspluatatsiyasi sharoitlari mahsulotga ta’sir qilayotgan korpuskulyar nurlanish bilan xarakterlanadi. Energiyasi yuqori bo’lgan elementar zarrachalar oqimi, asosan asosan protonlardan, shuningdek geliy yadrolari va og’ir elementlar yadrolaridan tashkil topgan va Yerga Galaktikaning olis soxalaridan izotropsimon bo’lib yetib keladi. Bu dastlabki kosmik nurlar. Ular xavoning atom yadrolari bilan to’qnashib Yer atmosferasidagi ikkilamchi nurlanishni vujudga keltiradi, u esa tarkibida barcha ma’lum bo’lgan elementar zarrachalarni o’z ichiga oladi.
Birinchi kosmik nurlarda galaktik nurlar, ular kuyosh sistemasining tashqarisidan keladi, va Quyosh aktivligi bilan bog’liq bo’lgan Quyosh nurlari. Dastlabkilar zarrachalarning energiyasi yuqoriligi (1021 eV gacha) va zarrachalar oqimining zichligi kichikligi (1...2 sm-2*s-1) bilan xarakterlanadi. Quyoshning kosmik nurlari Quyosh tomonidan faqat xromosfera bilan to’qnashuvda vujudga keladi, lekin shu vaqtning o’zida quyosh toji plazmasining radial oqimi planetalar aro fazoda doimiy bo’ladi. Quyoshning kosmik nurlanishining zarrachalari energiyasi quyosh shamolining energiyasidan ko’p marta katta (≤1010 eV).
Қуёш шамоли
Магнитосфера чегараси
7.1 – rasm. Yerning radiatsion xalqalarining strukturasi (kesim yarim kunlik meridianga mos keladi). I – ichki xalqa, II – kichik energiyaga ega bo’lgan protonlar xalqasi, III – tashqi xalqa, IV – kvazi ushlab turish zonasi, N va S – Yerning magnit qutibilari, R – Yer radiusi.
1958 yilda Yerning radiatsion xalqalari kashf etilgan, ular o’z tuzilishiga ko’ra yuqori kinetik energiyaga ega bo’lgan zaryadlangan zarrachalar (elektronlar, protonlar, - zarrachalar va boshqa kimyoviy elementlarning og’ir yadrolari) yig’indisining stabil soxasiga o’xshaydi, ular Yerning magnit maydoni ta’siri tufayli ushlanib turadi. Yerning radiatsion xalqalari murakkab tuzilishga ega (7.1 - rasm).
Odatda ichki va tashqi radiatsion xalqalarni ajratish mumkin, shuningdek kichik energiyali protonlar xalqasi va kvazi ushlab turish zonasi. Ichki xalqa yuqori energiyali protonlar mavjudligi (20 ... 800 MeV) bilan xarakterlanadi. Ushbu xaqada bundan tashqari 20 keV ... 1MeV energiyali elektronlar xam mavjud. Tashqi radiatsion xalqada 40 ... 100 keV energiyali elektronlar mavjud, quyosh aktivligi yuqori bo’lgan davrda esa yuqori energiyali elektronlar (1 MeV va undan yuqori) xam bo’ladi. Kichik energiyali protonlar xalqasida 0.03 ... 10 MeV energiyali protonlardan tashkil topgan. Kvazi ushlab turish zonasi tashqi xalqadan kegin joylashgan. U murakkab fazoviy strukturaga ega.
Ko’rib o’tilgan Yerning radiatsion xalqalari tabiiy xisoblanadi. SHu bilan bir vaqtning o’zida sun’iy xalqalar xam mavjud, ular asosan atmosferaning tashqi qatlamlarida yadroviy protonlar ro’y berganda xosil bo’ladi va asosan elektronlardan tashkil topadi. Elektronlar manbasi yadrolarning bo’linishini β parchalanishi xisoblanadi. Portlashning quvvati, xarakteri va joyiga binoan sun’iy radiatsion xalqalar turli fazoviy joylashuvga, intensivlikga va yashash vaqtiga ega bo’ladilar.
Ionizatsiyalovchi nurlanish (neytronlar, protonlar, elektronlar, γ – nurlar va x.k.) defektlarga olib keladi, bu esa nurlanayotgan materialning atomlarini ionizatsiyasi va strukturaning o’zgarishi bilan bog’lik. Nurlanishni modda bilan ta’sirlashuvi 7.2 – rasmda tasvirlangan.
Meteor zarrachalari yulduzlar aro va planetalar aro muxitni tshldiradi. Meteorlarni Yerga nisbatan tezligi 12...72 km/s, Quyoshga nisbatan esa 30...40 km/s ni tashkil qiladi.
|
| |