• Biolat yeyish turlari
  • Ma’ruza №2 Mavzu. Mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari




    Download 1,1 Mb.
    bet13/57
    Sana17.01.2024
    Hajmi1,1 Mb.
    #139259
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   57
    Bog'liq
    maxsulotdan mavzulat obshiy royhat

    Biologik tasirlar. Mahsulot joylashgan biologik ta’sirlar muxiti ta’sir qilayotgan biologik faktorlar yig’indisi bilan aniqlanadi. Biologik faktorlar (biofaktor) – bu ob’ektni ishlash faoliyatini buzilishini keltirib chiqaruvchi organizmlar yoki ularning birlashuvi. NTX da ko’rsatilgan chegaraga biofaktorlarning ta’siri ostida mahsulot parametrlarining chiqib ketish xodisasi – biologik lat yeyish (biolat yeyish) deb nomlanadi.
    Biolat yeyish turlari. Biolat yeyishlarni taxlil qilganda, ularni to’rta turga ajratish mumkunligi namoyon bo’ladi (6.1-rasm): 1) mahsulot organizmlar bilan kontakt qilganda mexanik buzilishlar; 2) ekspluatatsion parametrlarni yomonlashuvi; 3) biokimyoviy buzilish; 4) biokarrorziya.
    Mahsulotlarni mexanik buzilishlari asosan mikroorganizmlar tomonidan keltirib chiqariladi, ya’ni mikroorganizm gabarit o’lchamlari mahsulot gabarit o’lchamlariga teng. Kontaktdagi mikrobuzilishlar to’qnashuv, mahsulotni kemirilishi va yo’qotilishi natijasida xosil bo’lishi mumkin,misol uchun qushlarni samolyot va radiolokatsion stantsiya antennalari bilan to’qnashuvi, materiallarni kemiruvchi tomonidan kemirilishi (kalamush, quyon, olmaxon va x.k.), shuningdek jag’lari ochiq xashoratlar (asosan termitlar va chumaliklar). Mahsulot va materiallarni yo’qotilishi asosan organizmlarni oziqlanish jarayonida ro’y beradi.
    Mahsulotlarni ekspluatatsion parametrlarini yomonlashuvi biokirlanish, bioifloslanish va bioo’sib ketish tufayli vujudga keladi. Biokirlanish deb organizmlarni ajralishi va ularning xayot faoliyatining mahsulotlari ularning ta’siri natijasida suv bilan uviydi yoki xavodagi namlikni tortib olish natijasida mahsulot parametrlarini o’zgarishiga olib keladi. Mahsulotlarni bioifloslanishi qo’ziqorin va bakteriyalarning sporalari, o’simliklari, urug’lari, qushlar axlatlari, organizm ajratmalari, o’layotgan organizmlar mavjudligi bilan bog’liq. Mahsulot yuzasini bakteriyalar, qo’ziqorinlar, suv o’tlari, molyuskalar va boshqa organizmlar bilan o’sib ketishi metall korroziyasini kuchaytiradi.
    Biokimyoviy buzilish – eng ko’p tarqalgan biolat yeyish turi, shu bilan bir vaqtning o’zida o’rganish murakkab bo’lgan tur, chunki asosan mikroorganizmlar tomonidan keltirilib chiqariladi, ular mikroskopik o’lchamlarga ega va qurollanmagan ko’zsiz ularni aniqlash murakkabdir. Ushbu buzilishlarnii ikki turga bo’lish mumkin. mikroorganizmlar oziqlanishi jarayonida materiallarni biologik iste’mol qilinishi va shu vaqtning o’zida ajralib chiqayotgan moddalarning kimyoviy ta’siri. Biologik iste’mol natijaviy mahsulotni fermentlari orqali dastlabki kimyoviy buzilish bilan bog’liq, ayrim xollarda faqat bitta komponent buziladi (odatda past molekulyar birikmalar, misol uchun plastifikatorlar, stablizatorlar). Bunday buzilish fizik-kimyoviy korroziyaga yo’l ochadi, materialni termodinamik xususiyatlarini buzilishiga olib keladi va ekspluatatsion yuklamalar ta’siri ostida mexanik buzilishi vujudga keladi.
    Material chegarasidagi fizik - kimyoviy korroziya amino - va organik kislotalar ta’siri ostida kelib chiqadi, shuningdek gidroliz mahsulotlari. Biokorroziya deb nomlanuvchi biolat yeyish turi asosida mikroorganizmlar ta’siri ostida metallarda kechadigan korroziyaning elektrokimyoviy jarayoni yotadi.
    Biofaktor biolat yeyish manbasi sifatida. Mahsulotlarning ishdan chiqishining katta qismi (50%  80%) mikroorganizmlarni (bakteriyalar, po’panak zamburug’lari va x.k.) ta’siri bo’yicha kelib chiqadi, ularning rivojlanishi va xayot faoliyati tashqi ta’sir faktorlari bilan aniqlanadi: fizik (atrof muxit namligi va xarorati, bosim, radiatsiya va x.k.), kimyoviy (muxit tarkibi va reaktsiyasi, uning oksidlanish-qayta tiklanish ta’siri), biologik. Mikroorganizmlarning faoliyatiga katta ta’sir ko’rsatuvchi faktorlar bu xarorat va namlikdir.
    Bakteriyalar – mikroorganizmlarning eng ko’p tarqalgan va eng ko’p sonli gurixidir, ular bir xujayrali tuzilishga ega. Bakteriyalar juda tez ko’payishadi va muxitni tez o’zgaruvchan fizik, kimyoviy va biologik sharoitlariga tez moslasha olidilar. Buning sababi, ular ozuqa manbalarini transformatsiyalash uchun kerak blgan fermentlarni adoptiv xosil qilishidir. Bakteriyalarda sporalarni xosil bo’lishi ko’payish jarayoniga bog’liq emas, balkim tashqi muxitni o’zgaruvchan sharoitlarida tirik qolishga moslasha olish qobiliyatidir (ozuqa manbasining yetishmasligi, qurib ketish, rN muxitning o’zgarishi va x.k.), shuni aytish joyizki bitta xujayradan faqat bitta spora xosil bo’la oladi. Bakteriyalarning ko’payishi xujayralarning bo’linishi natijasida amalga oshiriladi.
    Po’panay zamburig’lari, mikroorganizmlar ichida yetakchi o’rinlarni egallaydi, bakteriyalarga nisbatan murakkabroq tuzilishga ega. Zamburug’lar xujayralari cho’zinchoq shaklga ega va gif – iplariga o’xshab ketadi. Zamburug’larning aloxida xususiyatlari – ularning ko’payish turlarini xilma – xilligi: mitsellar, parchalar, oidiyalar, konidiyalar. Po’panay zamburug’larining ko’p qismi uchun optimal ko’payish shartlari: yuqori namlik (85% dan ortiq), xarorat +20 ... 30 0S va xavoning almashmasligi. Materiallarni bakteriyalar va zamburug’lar bilan bosib ketishi katta axamiyati sporalarni tekkiz yuzada adsorbtsiyalana olishi.
    Mahsulot elementlari va materiallariga mikroorganizmlarning ta’siri quyidagicha kelib chiqadi: o’zlarining mikroskopik o’lchamlari sababli giflar va sporalar materialning chuqurliklari va yorig’lariga kirib oladi, ularda o’sib rivojlanib mitseliylarni xosil qilishadi, substrakt bo’yicha tez tarqaladi, massa o’zgarishini xosil qiladi. Mahsulotlarni mikroorganizmlar bilan o’sib ketishi materialning kimyoviy tarkibi va material tuzilishi, atrof muxit mikroflorasi, xavodagi ifloslanishlar (organik va anorganik) darajasi, iqlimiy sharoitlarga bog’liq. Zamburug’lar dastlab o’zlari uchun ozuqa manbasi mavjud bo’lgan materiallarni zabt etishadi. Bu natural tolalar, oqsil xujayralari, uglevodorodlar, plastmassalar,kraskalar, eritgichlar va x.k. Ushbu materiallarni uglerod va energiya manbasi sifatida qo’llab, zamburug’lar qurilmalarni yaroqsizlikga olib keladi. Lekin buzilishlarga tarkibida xech qanday ozuqa manbasi bo’lmagan materiallar xam tushadi. Misol uchun optik shisha yuzasini mitsellar bilan qoplanib ketishi. Zamburug’ qoplamasini olib tashlagandan so’ng shishada uning izlari qoladi, mitseliylarga o’xshab ketadi. Bu xolat metobolizm mahsulotlarini shishani parchalashidan, ushbu moddalarning eng agressiv va organik kislotalar (limon, uksus, vino, olma va x.k. xisoblanadi).
    Organik kislotalar va boshqa metobolitlar yuqori o’tkazuvchanlikka ega bo’lib, materiallarni xajmiy va yuza qarshiligini pasayishiga, lak-kraska qoplamlarini buzilishiga sabab bo’ladi. Ushbu kislotalar bakterialarga nisbatan ko’proq ziyon yetkazadi va korroziya boshlanishiga sabab bo’ladi.
    Zamburug’lar ta’siri ostida plastmassalarni eskirish intensivligi ancha ortadi, ayrim stekloplastiklarning mustaxkamligi esa 200...300% pasayadi. Po’panak zamburug’larni elektrizolyatsion materiallarda rivojlanishi ularning dielektrik xususiyatlarini yomonlashtiradi. Bosma platalar yuzasida po’panaklarni xosil bo’lishi (qo’ziqorinlar, xujayralarda 90% namlik yuqori bo’ladi) tok o’tkazuvchi qismlarni kisqa tutashuvga olib keladi.
    Elektronika sanoatida o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, tayyor bo’lgan mikrosxemalarning 45%da 19 xil po’panak zamburug’larining sporalari mavjud. Ularning manbasi ishchilar qo’llari, texnologik vositalar va xonalardagi xavolarda bo’ladi.
    Xashoratlar ichida eng katta zarar keltiruvchilar bu termitlar – “oq chumalik”, ular ozuqa yo’lida in qurish va urug’lanish joyi yo’lidagi har qandaymaterial va mahsulotlarni zararlantirishi mumkin. Tirkichlar, chuqurliklar va boshqa yashirish joylarni mavjudligi xashoratlarni o’ziga jalb qiladi. G’adir-budir yuza ularni tez xarakatlanishi uchun qulay. Sovuq predmetlarga xashoratlar uchirmaydi, issiqlari esa ularni jalb qiladi. Termitlar dastlab materiallarda tkichkina soxani xosil qilishadi, so’ngra ularni chaynashadi, natijada bioifloslanish va biozararlarni vujudga keltiradi.
    Emirilishga birinchi o’rinda tarkibida tsellyuloza bor bo’lgan materiallar (daraxt, karton, qog’oz) va penopoliuritendan qilingan yumshoq sintetik materiallar va mahsulotlar, penopolistiral, tsellyuloza yig’ilgan fenoplastlar, natural kauchuk asosidagi rezinalar, shisha matolar to’g’ri keladi.

    Download 1,1 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   57




    Download 1,1 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’ruza №2 Mavzu. Mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari

    Download 1,1 Mb.