78
Korrelyatsion bog’lanishni tekshirishda ko`zlanadigan ikkinchi vazifa bir
hodisaning o`zgarishiga qarab, ikkinchi hodisa qancha miqdorda o`zgarishini
aniqlashdan iborat. Afsuski, korrelyatsion tahlil usuli - korrelyatsiya
koeffitsientlari bu haqida fikr yuritish imkonini bermaydi. Regression tahlil deb
nomlanuvchi boshqa usul mazkur maqsad uchun xizmat qiladi.
Regressiya so`zi lotincha regressio so`zidan olingan bo`lib,
orqaga
harakatlanish degan luaviy ma`noga ega. Bu atamani statistikaga kirib kelishi
ham korrelyatsion tahlil asoschilari F.Galton va K.Pirson nomlari bilan
bog’liqdir.
Regression tahlil amaliy masalalarni echishda muhim ahamiyat kasb etadi.
U natijaviy belgiga ta`sir etuvchi belgilarning samaradorligini
amaliy jihatdan
etarli darajada aniqlik bilan baholash imkonini beradi. SHu bilan birga
regression tahlil yordamida iqtisodiy hodisalarning kelajak davrlar uchun
istiqbol miqdorlarini baholash va ularning ehtimol
chegaralarini aniqlash
mumkin.
Regression va korrelyatsion tahlilda bog’lanishning regressiya tenglamasi
aniqlanadi va u ma`lum ehtimol (ishonch darajasi) bilan baholanadi, so`ngra
iqtisodiy-statistik tahlil qilinadi.
SHu sababli ham Tenglama tipini aniqlash uchun bog’lanish haqidagi
ma`lumotlarni
grafiklar orqali tasvirlab, ularni sinchiklab tekshirish zarur.
Ammo bu yo`ldan foydalanmasdan, birmuncha regression va korrelyatsion tahlil
quyidagi 4 bosqichdan iborat bo`ladi:
masala qo`yilishi va dastlabki tahlil;
ma`lumotlarni to`plash va ularni o`rganib chiqish;
bog’lanish shakli va regressiya tenglamasini aniqlash;
regressiya tenglamasini baholash va tahlil qilish.