|
Statistika fanining predmeti va usuliBog'liq Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika1.2. Statistika fanining predmeti va usuli.
Ommaviy-ijtimoiy hodisalar deyilganda quyidagilar tushuniladi:
Birinchidan, iqtisodiy hodisalar tushuniladi. eng avvalo bu erda moddiy
ne`mat ishlab chiqarish ko`zda tutiladi. Statistika iqtisodiy hodisalar miqdorini,
ijtimoiy taraqqiyot negizi – iqtisodiy qonun va qonuniyatlarni aniq vaqt va joy
sharoitida qanday miqdoriy bog’lanish va nisbatlarda yuzaga chiqayotganligini
o`rganadi. Bu o`rinda u ishlab chiqarishni uning ikki tomoni – ishlab
chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarini bir butunligida olib
tekshiradi.
Ikkinchidan, madaniy va ta`lim-tarbiya sohasidagi hodisalar tushuniladi.
Statistika ularni ham miqdor jihatdan o`rganadi. Jumladan, u madaniy-ma`rifiy
munosabatlarning, o`quv yurtlarining, maktab, bog’cha, kutubxona va
hokazolarning rivojlanishini o`rganadi.
Uchinchidan, siyosiy va mafkuraviy hodisalar tushuniladi. Barcha bo`lib
o`tgan va bo`layotgan qurultoylar, plenumlar, sessiyalar, saylovlar, ulardagi
qatnashchilarning soni, ovozlarning taqsimlanishi (ish tashlashlar, namoyishlar)
kabilar ana shunday hodisalar turkumiga kiradi.
To`rtinchidan, tabiiy hodislar tushuniladi. Tabiiy ofatlar, ya`ni zilzila,
suv toshqinlari, do`l yog’ishi, yong’in, portlash kabi hodisalar statistika fanining
o`rganish ob`ekti hisoblanadi.
Ma`lumki, tabiat va jamiyatda uchraydigan har qanday hodisa o`zining
sifat va miqdor tomoniga ega.
Sifat deyilganda hodisaning ichki qiyofasi va aniqligi, uning
rivojlanish qonuni va qonuniyatlari bilan bevosita bog’liq bo`lgan tub
mohiyati tushuniladi.
Miqdor deyilganda hodisaning u yoki bu xususiyati va belgisining
yuzaga chiqish me`yori, soni va darajasida ifodalangan uning tashqi
qiyofasi, aniqligi tushuniladi.
Quyidagi tushunchalar ham statistika fani va uning usuli bilan
chambarchas bog’liqdir.
Qonun va qonuniyatlar. Qonun – bu ikki hodisa o`rtasidagi ichki va
zaruriy bog’lanishdir.
Qonuniyat deyilgada ko`pincha hodisalardagi takrorlanish, ketma-
ketlik, izchillik va tartib tushuniladi.
7
Hozirgi zamon fani namoyandalari ob`ektiv borliqning ikki turdagi
qonuniyatlari to`g’risida fikr yurtadilar: dinamik va statistik qonuniyatlar.
Faqat alohida hodisalarda ro`y beradigan qonuniyatlar dinamik
|
| |