239
TR (total revenue) – mahsulotni sotishdan olingan yalpi daromad
(tushum); TC (total cost) – umumiy xarajatlar. foyda – korxona pul
daromadlaridan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan
musbat farq.
Yuqoridagi
misolda
ko‘rsatib
o‘tilganidek,
sizning
korxonangizda daftar ishlab chiqarishning bir oylik xarajatlari 60 mln.
so‘mni tashkil etgan bo‘lsin. U holda,
korxonangizning bir oylik
foydasi 40 mln. so‘m (100 mln. – 60 mln.) ga teng bo‘ladi. Shu
o‘rinda ta’kidlash joizki, foydaga erishish uchun pul daromadlari
xarajatlardan ko‘p bo‘lishi, ya’ni ular o‘rtasidagi farq ijobiy
ahamiyatga ega bo‘lishi lozim. Chunki ayrim holatlarda xarajatlar pul
daromadlaridan
oshib ketib, natija manfiy ko‘rsatkichga ega bo‘lishi
ham
mumkin.
Ushbu
holat
zarar
deb
ataladi.
Masalan,
korxonangizning bir oylik pul tushumi 100 mln. so‘m bo‘lgani holda,
xarajatlaringiz 110 mln. so‘mni tashkil etsa, siz foyda o‘rniga 10 mln.
so‘mlik zarar ko‘rgan bo‘lasiz. Shuning uchun korxona xarajatlarini
doimiy ravishda nazorat qilib borish muhim hisoblanadi.
Foydaning taqsimlanishi sizning korxonangizning dastlabki
moliyaviy natijasi yalpi foyda ko‘rinishida bo‘ladi. Yalpi foyda – bu
yalpi daromad yoki tushumdan ishlab
chiqarish xarajatlarining
farqidir. Biroq siz hali yalpi foydani to‘liq o‘z ixtiyoringizga ko‘ra
ishlata olmaysiz. Buning uchun, avvalo, korxona yalpi foydasini
taqsimlash zarur bo‘ladi.
Birinchi navbatda yalpi foydadan boshqa
iqtisodiy subyektlarga
turli to‘lovlar amalga oshiriladi. Bu to‘lovlarga boshqalarning yer va
binolaridan foydalanganlik uchun ijara haqi,
qarzga olingan pul
mablag‘lari uchun to‘lanadigan foizni kiritish mumkin. Bundan
tashqari, korxonalar davlat va mahalliy hokimiyat organlari budjetiga
soliqlar to‘laydilar, turli xayriya va boshqa fondlarga mablag‘lar
kiritadilar. Mablag‘larning qolgan qismi korxona sof foydasini tashkil
etadi.