237
32.3. Moliyaviy tadbirkorlik
Moliyaviy tadbirkorlik – pul va qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi
bilan bog‘liq tadbirkorlik faoliyati.
Tadbirkorlik shakllari tadbirkorlik
turlari bilan bir qatorda,
tadbirkorlik shakllarini ham to‘g‘ri tanlash muhim hisoblanadi.
Tadbirkorlik shakli – faoliyat yuzasidan hamkorlar, boshqa
tadbirkorlar va davlat idoralari bilan munosabati jihatidan
farqlanuvchi belgilar tizimidir. Tadbirkorlikning
muayyan shakli
bozorning holati va tadbirkor ixtiyorida kapitalning mavjudligi orqali
belgilanadi. Tadbirkorlikning asosiy shakllariga yakka tartibdagi
tadbirkorlik, jamoa tadbirkorligi, korporativ tadbirkorlik kiradi.
Tadbirkorlik har bir shaklining o‘ziga
xos xususiyatlarini keyingi
mavzularda ko‘rib chiqamiz.
Yakka tartibdagi tadbirkorlikning mazmuni siz tadbirkorlikni
boshlashdan avval uni qanday shaklda amalga oshirishingizni aniqlab
olishingiz lozim. Buning uchun dastlab eng oddiy shaklni tanlash
maqsadga muvofiqdir. Bu esa yakka
tartibdagi tadbirkorlik
hisoblanadi. Yakka tartibdagi tadbirkorlik – yuridik shaxs tashkil
etmasdan xususiy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish shaklidir.
Bunday faoliyatni amalga oshirish uchun «yakka tartibdagi tadbirkor»
sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tish kifoya. Yakka tartibdagi tadbirkorlik
jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik
faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga oshirishdir.
Jismoniy va yuridik shaxs yakka tartibdagi tadbirkorga berilgan
ta’rifda jismoniy shaxs va yuridik shaxs tushunchalari uchraydi.
Shunday ekan, mazkur tushunchalarning ma’nosini bilib olish
tadbirkorlik shakllari to‘g‘risida kengroq
tasavvur hosil qilish
imkonini
beradi.
Yuridik
shaxs
– fuqarolik huquq va
majburiyatlarining subyektlari hisoblanuvchi korxona, muassasa,
tashkilotlar. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra,
yuridik
shaxs o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishda yoki operativ boshqaruvda
alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan
ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z
nomidan mulkiy va
shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lib, ularni amalga oshira
oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar
bo‘la oladigan tashkilotdir. Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki
smetaga ega bo‘lishlari kerak.
238
Jismoniy shaxs – huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi
bo‘lgan alohida fuqaroni ifodalovchi tushuncha.
U jamoaviy tuzilma
bo‘lgan yuridik shaxsdan farq qiladi: jismoniy shaxs bevosita o‘z
nomidan ish yuritadi – faoliyat yurgizishi uchun jamoaviy tuzilma –
tegishli firma yoki korxonani qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan
o‘tkazishi shart emas.