235
muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z
mulkiy
javobgarligi
ostida
daromad
(foyda)
olishga
qaratilgan
tashabbuskorlik faoliyatidir. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-
maydagi O‘RQ-328-sonli yangi tahrirdagi «Tadbirkorlik faoliyati
erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonuni, 3-modda Tadbirkor
ishlab chiqarishning boshqa asosiy omillari – yer (tabiiy resurslar),
kapital (ishlab chiqarish vositalari) va mehnat resurslarini o‘zaro
biriktirib, ularning bir-biriga muvofiq harakatini ta’minlab, yangi
mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishni amalga
oshiradi. Tadbirkor – tadbirkorlik layoqatiga, ya’ni qandaydir turdagi
tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish
jarayonini tashkil eta
olish borasida bilim, ko‘nikma va tajribaga ega shaxs.
Tadbirkorlikning asosiy jihatlari agar tadbirkor bo‘lishni
istasangiz,
siz
o‘zingizda tadbirkorlikning asosiy jihatlarini
shakllantirishingiz zarur bo‘ladi. Ular quyidagilar:
1. Tashabbuskorlik. Aynan tadbirkor o‘z g‘oyasini amalga
oshirib, foyda olish maqsadida iqtisodiy resurslarni o‘zaro biriktirish
orqali yangi mahsulot va xizmatlar yaratish tashabbusini ilgari suradi.
2. Tavakkalchilik. Tadbirkor o‘z faoliyatini qanchalik puxta
rejalashtirishidan qat’i nazar, uning muvaffaqiyatli
amalga oshishi
kafolatlanmagan. Faoliyat davomida uning natijasiga salbiy ta’sir
ko‘rsatuvchi juda ko‘p xavf-xatar (risk)lar paydo bo‘lishi mumkin.
Tadbirkor – bu turli xavf xatar, muammo va to‘siqlardan
cho‘chimasdan, o‘z maqsadiga erishishda tavakkalchilikka bora
oluvchi shaxs hisoblanadi.
3. Mas’uliyat. Tadbirkorning tashabbusi va tavakkalchiligi ortida
uning mas’uliyati, ya’ni o‘zining xatti-harakati uchun mol-mulki va
resurslari bilan javobgar bo‘lishga tayyorligi turadi.
4. Yangilikka intilish. Tadbirkorlikning mazmunida yangilikka
intilish, ya’ni o‘z faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishda yanada
yuqori natijalarga erishish uchun muayyan yangilik va o‘zgarishlar
kiritib borish muhim o‘rin tutadi.
Tadbirkorlikning
ahamiyati siz
o‘z oila a’zolaringiz turmush sharoitining yuqori darajada bo‘lishini
xohlaysizmi? Bu sharoit va imkoniyatlarning aksariyat qismi
tadbirkorlik faoliyati orqali yaratilishini hech o‘ylab ko‘rganmisiz?
Tadbirkorlik har bir insonni muayyan daromad bilan ta’minlab, uning
o‘z ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, turmush darajasini oshirishga
imkon yaratadi. Agar jamiyatda tadbirkor insonlar ko‘p bo‘lsa, unda
236
tinchlik va oso yishtalik, barqarorlikka
intilish shunchalik kuchli
bo‘ladi. Tadbirkorlik yaxshi rivojlangan jamiyatda yaratuvchanlik,
ilm-ma’rifat va saxovat yetakchi o‘rin tutadi. Tadbirkorlik o‘z
faoliyatidan to‘lanadigan soliq va ajratmalar orqali davlat budjeti
daromadlarini ham ta’minlaydi. Budjet mablag‘lari qanchalik ko‘p
bo‘lsa, jamiyat a’zolariga xizmat qiluvchi shart-sharoitlar (uy-joylar,
yo‘llar, tibbiyot muassasalari, o‘quv maskanlari va boshqalar)ni
yanada yaxshilash imkoni paydo bo‘ladi. Demak, tadbirkorlikning
ahamiyati
uning har bir shaxs, jamiyat va davlatning imkoniyatlarini
kengaytirishi orqali namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra, mamlakatimizda
tadbirkorlik faoliyati davlat tomonidan muhofaza qilinadi va qo‘llab-
quvvatlanadi.
Tadbirkorlik
faoliyati
turlari
iqtisodiy
faoliyat
turli
ko‘rinishlarda amalga oshiriladi. Masalan, biz turli mahsulotlar (non,
kiyim, o‘quv qurollari, avtomobil, uy va boshqalar)ni ishlab chiqarish
bilan xizmat ko‘rsatish (maishiy xizmat, ta’lim xizmati, sog‘liqni
saqlash, maslahat berish va boshqalar)ni farqlaymiz. Shunga ko‘ra,
iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan
holda tadbirkorlik faoliyati turlari o‘zidagi jarayonlar shakli va
mazmuni hamda ularni amalga oshirish usullariga ko‘ra farqlanadi.
Tadbirkorlik faoliyati xizmat ko‘rsatish, vositachilik faoliyati, iste’mol
tovarlari ishlab chiqarish, moliyaviy operatsiyalar
kabi sohalarda
nisbatan samarali amalga oshadi. Tadbirkorlik faoliyatining
yo‘naltirilganligi, kapitalni kiritish obyekti va aniq natijalariga ko‘ra
tadbirkorlik turlari farqlanadi.
Tadbirkorlik turi – tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishi, kapital
kiritish sohasi va faoliyat natijasiga ko‘ra farqlanuvchi belgilar tizimi.