|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti Pdf ko'rish
|
bet | 178/189 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 4,62 Mb. | | #148361 |
Bog'liq 13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867CVibratsiy, tebranish, titrash – mexanik tebranish – o‘lchash
asboblari va boshqa qurilmalarning ayrim qismlarini katta yoki
kichik kenglik bilan tebranishi.
Vizir(nishonga oladigan asbob) – biror narsaga qarashga moslangan
tirqishli yoki teshikli moslama.
Xolgul parma – pichoqchilikda ishlatiladigan parma bo’lib, u pichoq
dastasiga hol o’rnini o’yishda ishlatiladi. Dastasi yog’ochdan, o’zi
po’latdan uchi ayri bo’ladi. Uni ko’z parma deb yuritilib, uni
kamonchaga solib aylantirib ishlatiladi.
Val – aylanuvchi qismlarni tutib turish hamda aylanma xarakatni
uzatish uchun xizmat qiluvchi detal.
Xususiylashtirish – mulkka egalik huquqining davlatdan xususiy
shaxslarga o’tishi.
Yassi o’yma – eng ko’p qo’llaniladigan o’yma turidir. Bu o’yma
taxminan 1—1,5 sm chuqurlikda bo’lib, uning relyefiga har xil
pardoz beriladi. Tosh, yog’och, mis va boshqa o’ymakorlikda yassi
o’yma juda kam qo’llaniladi.
O‘lchash – maxsus texnik vositalar yordamida fizik kattaliklar
kiymatlarini tajriba yuli bilan topish demakdir. Umuman
o‘lchashlar normallashtirilgan ulchovshunoslik tavsifiga ega
bo‘lgan texnik vosita, ya'ni o‘lchash vositasi (o‘lchov vositasi)
yordamida amalga oshiriladi.
O‘lchash aniqligi – o‘lchash kattaligining xaqiqiy qiymatlariga
o‘lchash natijalarini yaqinligini aks ettiruvchi o‘lchash sifatidir.
O‘lchov birligi – o‘lchash natijasi ko’rsatilgan birlikda ifodalangan va
o‘lchash xatoligi berilgan extimollikda ma'lum bo‘lgan o‘lchash
holatidir. O‘lchamlar zanjiri deb bir detalni (detal zanjiri) yoki bir
nechta detalni (yig‘ma zanjiri) o‘qlari va sirtlari joylashuvi
aniqligini bildiradigan va berk kontur hosil qiladigan o‘lchamlar
yig‘indisiga aytiladi.
O‘lchov vositasi – o‘z navbatida o’lchov, o‘lchash o’zgartgichlari,
o‘lchash asboblari, o‘lchash axborot tizimi va o‘lchash qurilmalari
kabi turkum (gurux) larga bo‘linadi.
|
| |