jarayonini kuzatish ularning xarakteri, nutq faoliyati, histuyg‘
usi, ekstravertivligi yoki
intravertivligi, qiziquvchanligi va ruhiyatining boshqa xususiyatlarini aniqlash demakdir.
Tashqi kuzatishda ba’zan tafakkur bo‘yicha ham ma’lumotlar olish: ish ustidagi kayfiyatini,
fikrning muayyan ob’ektga yo‘naltirilganini, tashqi qo‘zg‘atuvchilarta’siriga berilmaslikni,
chehradagi tashvish va iztirobni, ko‘zdagi g‘ayritabiiylikni, shuningdek, sinchkovlik, teranlik,
termulish kabi ruhiy holatlarni kuzatib, tafakkurning kechishidagi o‘zgarishlarni aniqpash
mumkin. Bo‘lardan tashqari, qo‘lning titrashi, asabiylashish, nutqning bo‘zilishi, hissiyotning
beqarorlashuvi ham inson ruhiyatidagi o‘zgarishlar bo‘yicha ma’lumot beradi.
Psixologiya fanida o‘zini o‘zi kuzatishdan (introspeksiyadan) ham foydalaniladi. Ko‘pincha
tajribali psi
xolog yoki malakali mohir o‘qituvchi, salohiyatli rahbar o‘zini o‘zi kuzatish orqali
ilmiy xulosa chiqara biladi. Masalan, o‘z tafakko‘rini kuzatib o‘zidagi emotsional o‘zgarish
haqida, shuningdek, tafakkurning ichki mexanizmlari vujudga kelishi va kechish
i to‘g‘risida
ma’lumot oladi. Natijada tafakkurning sifati, mazmuni, mohiyati va qay tarzda, qanday tezlikda,
qay shaklda ro‘y berishini kuzatadi.
Chet el psixologiyasida o‘zini o‘zi kuzatishning inson ruhiyatini o‘rganishdagi rolini
ifodalovchi ilmiyamali
y materiallar to‘plangan. Introspeksiya yo‘nalishining yirik namoyandalari
o‘zlarini o‘zlari kuzatganlar va to‘plagan materiallarini tahlil qilib, umumiy psixologik
qonuniyatlarni yaratishga harakat qilganlar. Lekin inson turli vaziyatlarda o‘zini bir xil
boshqara
olmaydi va shuning uchun bu metodning ilmiy ahamiyati unchalik katta emas.
Shunday qilib, kuzatish metodining qulay va samarali jihatlari bilan birga zaif gomonlari
ham mavjud. Shu sababli insonning murakkab psixikasi boshqa metodlardan foydalanib tadqiq
qilinadi.