|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti psixologiya va sotsiologiya kafedrasi
Savolnomali psixodiagnostik metodlar maxsus standart bo‘yicha tanlab olingan savollarga
yozma og‘zaki javoblarni tahlil qilishdir. Ushbu metodning bir necha turi mavjud: anketa,
savolnoma, intervYu. Sinaluvchi savollarga javob berishidan tashqari, o‘zi haqida ma'lumot
berishi anketa metodi deb aytiladi.
Sinaluvchiga beriladigan savollar majmuasi savolnoma metodi deyiladi. Bu savollar ochiq
va yopiq usulda bo‘ladi.
Standartlashtiri
lgan javoblarga, sinaluvchi o‘ziga mos javobni berishi yopiq savollar
deyiladi. Masalan: «ha», «yo‘q», «bilmayman», «roziman, rozi emasman», «aytish qiyin».
Sinaluvchi mustaqil ravishda hohlagan javobni berishi ochiq savollar deyiladi, bu javoblar
yopiq savollardan farqli ravishda, faqat sifatiy tahlil qilinadi.
Bundan tashqari, savolnomali psixodiagnostik metodlar shaxs sifatlarini to‘g‘ridanto‘g‘ri
aks ettiruvchi savollar hamda to‘g‘ridanto‘g‘ri yo‘naltirilmagan savollar usulida bo‘lishi mumkin.
To‘g‘ridanto‘g‘ri yo‘naltirilgan savollarga sinaluvchi o‘zida u yoki bu psixologik sifatlarning
ko‘rinishlari bor yo‘qligi haqida javob beradi. To‘g‘ridanto‘g‘ri yo‘naltirilmagan savollar,
sinaluvchidagi o‘rganilayotgan xususiyatga to‘g‘ridanto‘g‘ri yo‘naltirilmagan bo‘lib, ammo uning
shaxs sifatining bu xususiyati psixologik taraqqiyotini o‘rganishga qaratilgan bo‘ladi. Masalan,
shaxs sifatlaridan «xavotirlanish»ni diagnostika qilish uchun savollarga murojaat qilamiz
(bezovtalik, o‘ychanlik):
Ochiq savol: «Kuchli
xavotirlanish holatiga tushib qoladigan hodisalar haqida gapirib
bersangiz».
Test predmetligi bo’yicha intellektual shaxsiy va
shaxslararo testlar.
Testlarda topshiriqlardan foydalanishning alohida
xususiyati bo’yicha amaliy, obrazli va so’zli testlar.
Materiallar bo’yicha sinaluvchiga
talablar, blankali va
apparaturali testlar
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti psixologiya va sotsiologiya kafedrasi
|