(E.G‘),
uning mohiyatini yoritish uchun boshqa manbaga murojaat
qilish haqiqatga yaqinroq ma’lumot berishi ehtimol. Chunki psixologiya fani yaqqol inson fazilati,
muayyan taraqqiyot xususiyatlari, mexanizmlari, qonuniy
atlari, o‘ziga xoslik, alohidalik,
yakkahollik tabiati yuzasidan bahs yuritadi. Psixologiya fanini taxdil qilishda uning qay fan sohasi
bilan aloqasini aniqlashdan ko‘ra ilmiy va kundalik turmush psixologiyasi o‘rtasidagi munosabat
to‘g‘risida mulohaza yuritish maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki, har qanday fan negizida
odamlarning turmush va amaliy tajribasi muayyan darajada o‘z aksini topgan bo‘ladi. Masalan,
kimyo predmeti moddalarning xususiyatlari, ularning zichligi, og‘irligi, o‘zaro birikuvi
to‘g‘risidagi
kundalik turmush bilimlariga suyanadi, matematika fani sonlar, miqsoriy
munosabatlar, geometrik shakllarning xossalari, trigonometrik funksiyalar haqidagi inson
tasavvurlari asosiga quriladi. Lekin psixologiya yuzasidan ana shunday mulohazalar yuritish yoki
bildirish mumkin emas, chunki, uning zamirida tubdan boshqacha o‘ziga xoslik yotadi. Har qaysi
shaxs kundalik turmushning o‘ziga xos psixologik bilimlarini egallagan bo‘lib, o‘z saviyasi,
salohiyati bilan turlicha kamolot ko‘rsatkichiga egadir, hatto turmush tajribasida to‘plangan
bilimlar ilmiy psixologik bilimlardan ustunroq turishi ham mumkin (Qari bilganni
—
pari bilmas).
Chunki yirik yozuvchilar (shaxslararo munosabat va muomala, muloqot xususiyatlari yuzasidan
kuzatuvchanlikka egadirlar), vrachlar,
o‘qituvchilar, ruhoniylar, savdogarlar uzluksiz ravishda
kishilar bilan muomalaga kirishishlari natijasida ularning ichki dunyosi va xulqatvoriga oid
bilimlar bilan yuksak darajada qurollangandirlar. Lekin har qanday insonda ham ozmi yoki ko‘pmi
psixologi
k bilimlar mavjuddir, buning dalili sifatida odamlarning bir birlarini tushunishlari, ta’sir
o‘tkazishlari, xulqatvor oqibatini oldindan bashorat qilish, kishining yakkahol xususiyatlarini
hisobga olgan holda unga yordam ko‘rsatishni ta’kidlab o‘tishning o‘zi kifoya.
Endi kundalik turmushning psixologik bilimlari bilan ilmiy psixologik bilimlar o‘rtasidagi
tafovutlar yuzasidan mulohaza yuritish ayni muddaodir. Kundalik turmushga oid psixologik
bilimlar, dastavval, yaqqol va alohida olingan holat, vaziyatni
o‘z ichiga qamrab oladi. Masalan,
sinchkov bola o‘z muddaosiga yetish uchun otasiga, onasiga, buvasiga, opasi hamda akasiga har
xil uslub bilan ta’sir o‘tkazadi, turlicha vositalardan foydalanadi. U ko‘zlangan maqsadiga erishish
uchun katta yoshdagi odamlarning individualtipologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ish
tutadi. Kundalik turmushga oid psixologik bilimlar aniq vaziyatga qaratilganligi, biror shaxsga
yo‘naltirilganligi bilan ilmiy psixologik bilimlardan farq qiladi.
Ilmiy psixologiya esa muayyan metodlar, vositalar, uslublar, usullar, operatsiyalar
yerdamida ma’lumotlar to‘plash va ularni umumlashtirishga intiladi, izlanayotgan ob’ektning
xususiyati, holati, munosabati, bog‘lanishi kabilarni aks ettiruvchi ilmiy tushunchalar, ta’riflar,
qonuniyatlar, xossalar yordamida psixologik mexanizmlar kashf qilishga harakat qiladi.
Odatda, shaxsning xususiyatlari, sifatlari, fazilatlari, xislatlari, xulqatvorlari, xattiharakatlari
bo‘yicha turmush sharoitidagi bilan fan olamidagilar (hatto ilmiy tushunchalar, atamalar) o‘zaro
o‘xshab ketsada, lekin ilmiy psixologik mazmun, mohiyat, majmua o‘zining tuzilishi, tarkibi,
aniqligi, mantiqan izchilligi, ma’noning yig‘iqligi bilan keskin ajralib turadi.
Yuqorida yuritilgan mulohazalar kundalik turmush tajribasida
to‘planadigan psixologik
bilimlar bilan ilmiy bilimlar orasidagi dastlabki (birinchi) farqni sharxdashga yo‘naltirilganligi
bois alohida ahamiyat kasb etadi. Lekin shu narsani yoddan chiqarmaslik kerakki, turmushga oid
amaliy psixologik bilimlarga asoslanmasdan turib, ilmiy psixologik nazariyalarni yaratish mumkin
emas. Holbuki shunday ekan, amaliy bilimlar genetik kelib chiqishi nuqtai nazaridan birlamchi
hisoblanadi.
Shu narsani alohida ta’kidlab o‘tish zarurki, kundalik turmush psixologik bilimlari aks
ariyat
hollarda farosatlilik, sezgirlik, topqirlik xususiyati asosida intuitiv tarzda namoyon bo‘lishi
kuzatiladi. Buning asosiy sababi shuki, ko‘pincha egallanayotgan bilimlar hayotiy tajribada
uchragan voqelikka nisbatan munosabat, amaliy sinovlar negizida vujudga keladi, keyinchalik
undagi ayrim dag‘allik va nuqsonlar silliqlanadi. Shuning uchun unday psixologik bilimlar maxsus
uslublar yordamida qabul qilinadi, ammo mantiqiy tahlil qilinmasdan turib to‘g‘ridanto‘g‘ri
muomala tizimiga uzatiladi.
Turmushd
a uchraydigan go‘daklarning har xil shakldagi har xashalari va ularning maqsadga
erishish istaklari kundalik hayotiy tajribalarning sinovlarida toblanadi, sezgir bolalar katta
yoshdagi odamlarning zaif va mustahkam tomonlarini puxta o‘rganadilar, bu borada
muayyan
qarorga kelganlaridan so‘ng har qaysi shaxsga yakkahol yondashishini amaliyotga tatbiq qilib
ko‘radilar. Ana shu tariqa amaliy psixologik bilimlar ma’lum tizimga kiritiladi, ularning barqaror
xususiyat kasb etganlari esa turmushda qo‘llanila boshl
anadi.
Ijtimoiy hayotda (muhitda) juda ko‘p uchraydigan, ayniqsa, o‘qituvchilar, murabbiylar,
trenerlar, rahbarlar, vrachlar faoliyatida namoyon bo‘luvchi ta’limiy, tarbiyaviy, tibbiy uslub
arzimas ijobiy siljishni payqash imkoniyatini yaratadi. Amaliy faoliyatda erishilgan ushbu samara
psixologik tahlilga muhtojdir, chunki uni keltirib chiqaruvchi ob’ektiv yoki sub’ektiv omillarni
dalillash ancha mushkuldir. Buning uchun o‘zgalarga ta’sir o‘tkazish usuli, ularda ichki
imkoniyatga ishonch tuyg‘usini uyg‘otish qo‘zg‘ovchisi, ta’sirga beriluvchanlikni kuchaytiruvchi
motivlar (fransuzcha topTqo‘zg‘atuvchi sabab ma’nosini bildiradi) tabiatini chuqur tahlil qilish
kerak. Faqat mana shu yo‘l bilangina siljishning psixologik ma’no kasb etishini dalillash mumkin,
holos.
Hayotiy psixologik bilimlarning ilmiy psixologik bilimlardan farqi shundan iboratki, ilmiy
jihatdan asoslangan bilimlar anglashilgan, mantiqiy puxta, oqilonalik xususiyatiga ega bo‘ladi.
Ilmiy psixologik bilimlar faraz va g‘oyalarni ilgari surish daqi
qasidan boshlaboq shakllana boradi,
ulardan kelib chiqadigan oqibatlarni mantiqan tekshirish bilan yakunlanadi. Bunda ham olg‘a
surilgan g‘oyalar tekshirish jarayonida bironbir tasdiqyoki inkor ma’nosiga erishsagina ilmiy
psixologik bilimlar tizimiga kiritiladi.
Hayotiy psixologik bilimlarning ilmiy psixologik bilimlar bilan qieslanishini davom ettirsak,
unda ular o‘rtasidagi tafovutlar yanada yaqqolroq ko‘zga tashlana boshlaydi. O‘zidan o‘zi
ma’lumki, hayot psixologiyasida to‘plangan bilimlarni meros sifat
ida bevosita qoldirish yoki
ularni yosh avlod ongiga qaysidir yo‘l bilan uzatish imkoniyati o‘ta cheklangandir. Chunki keksa
(katta) avlod tomonidan yaratilgan turmush psixologiyasini yosh avlod to‘g‘ridanto‘g‘ri qabul qila
olmaydi. Har bir yosh yakkahol ravishda hayotiy psixologik bilimlarni shaxsiy tajribasidan
o‘tkazganidan keyingina ularning to‘g‘riligiga ishonch hosil qiladi. Ana shu boisdan keksa yoki
katta avlod bilan yosh avlod o‘rtasida yuz beradigan nizolar, tushunmovchiliklar uzluksiz,
to‘xtovsiz
ravishda davom etayotganligi sababli abadiyat qonuniyatlariga aylanib ketgandir.
Avlodlar o‘rtasidagi
qarama-q
arshiliklar, anglashilmovchilik to‘sig‘i, hayot dialektikasini vujudga
keltirib, mangulik muammosiga aylanib qolgan insof, iymon, nafosat, adolat, erk tushunchalari
atrofidagi bahslarni davom ettirishga puxta zamin hozirlaydi. Ilmiy psixologik bilimlar bundan
farqli o‘laroq tajribalarda, ilmiy tushunchalar va qonuniyatlarda yanada oydinlashadi, so‘z va
alomatlar orqali, nutq yordamida muayyan yozma nutq manbalarida qoldiriladi. Shuning uchun
ularning yoyilish ko‘lami keng, tarqalish sur’ati tezdir.
Kundalik turmushda to‘planadigan psixologik bilimlar kuzatishlar, mulohazalar u yoki bu
yaqqol holatga nisbatan qarorga kelishlar zamiriga quriladi. Ilmiy psixologik bilimlar tashxis
qilish, sinash, tajriba (eksperiment) o‘tkazish orqali bir voqelikni bir necha marta takroran
tekshirishlar yordamida umumlashtiriladi. Agarda kundalik turmush psixologiyasining
materiallari tabiiy ravishda ro‘y bergan vaz
iyat, holat, voqelik kabilarni tahlil qilish natijasida
yuzaga kelsa, ilmiy psixologik bilimlar keng qamrovli tajriba ma’lumotlariga tayanadi. Tajribalar
esa bir necha bosqichlardan, qismlardan tashkil topgan holda vaziyatlar tabiiy ko‘rinishini kutib
o‘ti
rmasdan, balki zarur sharoit yaratiladi.
Shu faktni (omilni) yana bir marotaba ta’kidlash o‘rinliki, ilmiy psixologiyada katta
hajmdagi materiallar, shu jumladan, qonuniyatlar, xususiyatlar umumlashtiriladi, insonning ichki
imkoniyati, iste’dodi, ishchanligi, qobiliyati yuzasidan umuminsoniy tavsifga ega bo‘lgan teran
xulosalar chiqariladi. Buning natijasida odam psixikasini aniqlash, bashorat qilish, ayrim ruhiy
nuqsonlarni tuzatish, noxush kechinmalarning oldini olish imkoniyati tug‘iladi, bu esa ijtimoiy
,
ijtimoiy-p
sixologik bog‘lanishlar mohiyatini oqilona tavsiflash uchun xizmat qiladi. Ijtimoiy va
yakkahol turmush og‘irliklari va tashvishlarini kamaytirish, akdiy hamda jismoniy zo‘riqishlarni
pasaytirish, shaxslararo nizolarni bartaraf etish singari
sa’yharakatlarni faqat ilmiy psixologik
materiallarga asoslangan holda amalga oshirish mumkin.
Shuning uchun psixologiyaning turli sohalari (yosh psixologiyasi. pedagogik psixologiya,
tibbiyot psixologiyasi, sotsial psixologiya va boshqalar)da o‘tkazilgan
tadqiqot ishlari ilmiy asosda
psixika, psixik holat, psixik hodisa, psixik jarayon, psixik funksiya, psixik xususiyat, ijodiyot,
faoliyat, ong, xulq, muomala singari tushunchalar bo‘yicha materiallar to‘plab beradi, shuningdek,
psixik aks ettirishning (fiz
ik, fiziologik, psixik, ong, o‘zini o‘zi anglash) moddiy asoslari,
mexanizmlari yuzasidan qonuniyat ochishga imkon yaratadi, hatto insonning o‘zligini anglash va
boshqarish sari yetaklaydi.
Endi psixologiya fanining predmeti to‘g‘risidagi savolga javob ber
ishga harakat qilaylik.
Ma’lumki,
psixologiya
tarixida
bu
muammoni
tahlil
qilishga
bag‘ishlangan
sonsanoqsiztadqiqotlar mavjuddir. Lekin ular haqida batafsil fikr yuritmoqchi emasmiz, chunki bu
narsa navbatdagi paragrafda berilishi rejalashtirilgan.
«Psixologiya» (yunoncha r5usNe1o§o$) so‘zini o‘zbek tiliga tarjima qilsak, u «jon», «ruh»
haqidagi «fan, ta’limot» degan ma’no anglatadi. Biroq hozirgi davrda «jon» tushunchasi o‘rniga
«psixika»ni qo‘llashda davom etmoqdamiz. Lingvistik nuqtai nazardan «jon», «psixika»
tushunchalari aynan bir xil ma’noni bildiradi. Lekin «psixika» tushunchasi bugungi kunda
«jon»dan kengroq ko‘lamga ega bo‘lib, ham ko‘zga ko‘rinuvchi, ham ko‘zga ko‘rinmovchi
tomonlarini o‘zida aks ettiradi. Psixikaning tarkibiy qismlari faoliyat,
xulq, muomala yaqqol
namoyon bo‘lish xususiyatiga ega bo‘lsa, bilish jarayonlari, psixik holatlar, ichki kechimalar,
ijodiy rejalar, ilmiy farazlar miyada mujassamlashgani uchun ular ko‘zga ko‘rinmaydi.
Psixologiya fanining keyingi davrdagi taraqqiyoti ula
r o‘rtasida bir talay tafovutlarni keltirib
chiqardi.
Psixika to‘g‘risida dastlabki tasavvurga ega bo‘lish uchun dastavval psixik hodisalar
mohiyati bilan tanishamiz. Odatda, psixik hodisalar deganda ichki, sub’ektiv tajriba faktlarning
(voqelikning) namoy
on bo‘lishi tushuniladi, boshqacha so‘z bilan aytganda, psixika hayotning
sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol kabi har biri alohida olingan yaqqol shakllaridan iboratdir.
Ichki, sub’ektiv tajribaning o‘zi nimani anglatadi? Insondagi quvonch yoki zerikish
tuyg‘ulari,
uning nimalarnidir esga tushirishi, bironbir xohish yoki intilish kechinmalari, xotirjamlik yoki
hayajonlanish, hadiksirash hislarining barchasi shaxsning ichki dunyosini tarkibiy qismlaridir,
ya’ni bo‘larning hammasi sub’ektiv psixik hodisala
r sanaladi.
Sub’ektiv hodisalarning asosiy xususiyati —
ularning bevosita sub’ektga taalluqliligidir.
Agar inson idrok qilsa, sezsa, fikrlasa, eslasa, xohish bildirsa, albatta ana shu hodisalarni bir
davrning o‘zida tushunib (kuzatib) ham turadi. Inson int
ilsa, ikkilansa, bir qarorga kelsa, biz
ularning barchasini sodir bo‘layotganligini anglab turamiz ham. Shuning uchun psixik hodisalar
bizning ruhiyatimizda sodir bo‘lishidan tashqari, ular bevosita ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘lib
turadi. Obrazli qilib aytganda, odamning ichki dunyosida turli hodisalar vujudga keladi, kechadi,
odatda, shaxs bunday hodisalarni harakatlantiruvchi kuchi hamda ularning tomoshabini
hisoblanadi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan sub’ektiv hodisalar xususiyatidan kelib chiqqan holda ayri
m
psixologlar psixologiya fani sub’ektiv kechinmalarning paydo bo‘lishi va ularning kechishi bilan
shug‘ullanishi zarur, uning asosiy metodi o‘zini o‘zi kuzatish (shaxsning o‘z fikrlari, histuyg‘ulari
va xattiharakatlarini o‘zi kuzatishi) bo‘lmog‘i kerak,
degan xulosaga keladilar. Lekin psixologiya
fanining keyingi davrdagi taraqqiyoti bunday cheklanganlik fanni mutlaqo ta’minlay olmasligini
tasdiqladi.
Psixikaning turli shakllarda ko‘rinishi, jumladan, psixik jarayonlar, anglashilmagan holatlar,
xulqatvor, psixosomatik (yunoncha psyche
—
«jon», somoto —
«tana» ma’nosini anglatadi)
hodisalar, inson aqlzakovati va qo‘lining mo‘’jizakorligi moddiy va ma’naviy madaniyat
mahsulini yaratdi. Har qanday faktlarda (voqelikda), hodisalarda psixika namoyon bo‘ladi,
o‘zining xususiyatlarini ajratadi, faqat ular orqaligina psixikani o‘rganish mumkin.
Psixologik voqelikfakt deganda sub’ektning ichki kechinmalarining tarkibiy qismlari bilan
bir qatorda ularning ob’ektiv shakllari (xulqatvor, tana harakati, jarayoni, faoliy
at mahsuli,
ijtimoiymadaniy hodisalar) orqali psixikaning xususiyatlari, holatlari, qonuniyatlarini o‘rganish
tushuniladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, inson ongidan tashqari, unga bog‘liq bo‘lmagan holda
hukm suruvchi ob’ektiv borliq, ya’ni atrofimizdag
i narsa va hodisalar, muhit, sharoit va
boshqalarning psixikada aks etishi psixologik voqelik deb ataladi.
Shunday qilib, yuqorida biz psixologiya to‘g‘risidagi tasavvurlar, uning predmeti hamda
unga kiruvchi ilmiy tushunchalar, psixologik holatlar, voqelik yuzasidan fikr almashdik, ilmiy
psixologik materiallar o‘rtasidagi bog‘liqlik va tafovut bo‘yicha mulohaza yuritdik.
Bugungi kunda psixologiya to‘g‘risidagina emas, balki uning sohalari bo‘yicha ham boy
ilmiy materiallar to‘plangan. Jahon psixologiya fan
i tajribasidan mana bunday sohalar mustaqil
tadqiqot predmetiga ega ekanligi haqida ishonchli dalillar mavjuddir: mehnat psixologiyasi
(injenerlik psixologiyasi, aviatsiya psixologiyasi, kosmik psixologiyasi), pedagogik psixologiya
(ta’lim psixologiyasi, t
arbiya psixologiyasi, oliy maktab psixologiyasi, maxsus psixologiya,
iste’dod psixologiyasi), tibbiyot psixologiyasi (psixoterapiya, psixogigiena, psixofarmokologiya,
patopsixologiya), yuridik psixologiya (mehnat tuzatish, sud psixologiyasi, sud psixologik
ekspertizasi), harbiy psixologiya, savdo va reklama psixologiyasi, sport psihologiyasi, yosh
psixologiyasi, qiyosiy psixologiya, psixofiziologiya, eksperimental va amaliy psixologiya kabilar.
Psixologiya predmeti quyidagilarni qamrab olishi zarur:
psixologik bilish jarayonlari (sezgi, idrok, xotira va hokazo);
psixikaning shakllari (faoliyat, xulq, muomala);
psixikaning holatlari (kayfiyat, xayolparishonlik kabilar);
psixikaning hodisalari;
psixikaning xislatlari, fazilatlari, sifatlari, xossalari;
psixikaning qonuniyatlari;
psixikaning mexanizmlari;
psixik sharoit, muhit, vaziyat;
o‘zaro sababiy bog‘lanishlar;
tadqiqot metodlari, vositalari, materiallari, prinsiplari va hokazo.
Psixologiya fanining vujudga kelishi, shakllanishi, rivojlanishi to‘g‘risida batafsil ma’lumot
berish ushbu ko‘rs uchun shart emas, chunki uning psixologiya tarixi sohasi mavjuddir. Shunga
qaramasdan, psixologiya fanining paydo bo‘lishi haqidagi ayrim ilmiy materiallar, ma’lumotlar
yuzasidan qisqacha mulohaza yuritish maqsadga muvofiq.
|