O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti psixologiya va sotsiologiya kafedrasi




Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/70
Sana30.05.2024
Hajmi1,35 Mb.
#257452
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   70
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
“Torganayzer”
 
Ushbu usul yordamida metodlarni qiyosiy tahlil qiling. 
Tashkiliy guruh metodlari 
Afzalliklari 
Kamchiliklari 
Empirik guruh metodlari 
Afzalliklari 
Kamchiliklari 
Standartlashtirilgan metodlar 
Afzalliklari 
Kamchiliklari 
Psixologiyada test deb, o‘rganilayotgan xususiyatning 
rivojlanganlik darajasini, miqdoriy va 
sifat ko‘rsatkichlarini birbiriga taqqoslash imkonini beruvchi standartlashtirilgan psixodiagnostik 
metodikaga aytiladi. Metodikaning standartlashtirilishi tushunchasining ma'nosi shundan iboratki, 
u voqea, hodisalard
an boshlab sinaluvchiga beriladigan ko‘rsatmalar, hisoblash usuli, olingan 
natijalarni sharhlash bilan tugaydigan, butun jarayonning hammasi, hamma vaqt va har joyda bir 
xil qo‘llanilishiga aytiladi.
Testlar yordamida olingan baholar, agar test to‘g‘ri qo‘llanilgan bo‘lsa, test qachon, qaerda, 
qanday qilib va kim tomonidan qo‘llanilganidan qat'i nazar ularni birbiri bilan tenglashtirish, 
Metodikalarnistandartlashtirishmezonlari 
Matematikstatistikqayta
ishlanganlik
Ijtimoiypsixologikme`y
orlar 
Tanlanmato’plamdagisinal
uvchilarningko’rsatkichlari


taqqoslash deb Yuritiladi. Har xil psixodiagnostik metodikalarda testlarning validlik, ishonchlilik, 
aniqlik va bir xilli
k mezonlariga juda qat'iy talablar qo‘yiladi.
Testlarning ko‘plab turlari mavjud va ularni qo‘llanish asoslariga qarab bir necha guruhga 
bo‘lish mumkin: test predmetligi bo‘yicha (sifati bo‘yicha, ya'ni aynan sifatni testlar yordamida 
baholash); testlarda 
topshiriqlardan foydalanishning alohida xususiyati; materiallar bo‘yicha 
sinaluvchiga talablar; ob'ekt bo‘yicha baholash. Predmetligi bo‘yicha testlar intellektual shaxsiy 
va shaxslararo testlarga bo‘linadi. Testlarda topshiriqlardan foydalanishning alohid
a xususiyati 
bo‘yicha amaliy, obrazli va so‘zli testlar. Test materiallarining tavsifi bo‘yicha sinaluvchiga 
talablar, blankali va apparaturali testlarga bo‘linadi. Ob'ekt bo‘yicha baholash –
protsessual testlar, 
Yutuqqa erishish testi, holat va xususiyatlar testi. 
Intellektual testlar shaxsning aqliy faoliyati rivojlanganlik darajasi va ularni alohida bilish 
jarayonlarini (idrok, diqqat, xayol, xotira, nutq) baholashda qo‘llaniladi.
Shaxs testlari insonning barqaror individual xususiyatlari, xattiharakatlarini aniqlash, bunga: 
temperament, xarakter, motivatsiya, emotsiya va qobiliyatlarni aniqlovchi testlar kiradi. Bundan 
tashqari, shaxsni har tomonlama, shaxs holatini kompleks baholash alohida xususiyatining 
rivojlanganlik darajasini baholash testlari ham mavjud. Bunga Kettell, MMPI va boshqa testlar 
kiradi. 
Xususiy testlar yordamida, shaxsning alohida belgilari, motivlar, emotsiyalar, masalan 
xarakter aktsentuatsiyasi, xavotirlik, lokus nazorati, Yutuqqa erishish motivi, tajovuzkorlik va 
boshqalar aniqlanadi. 
Shaxslararo testlar har xil ijtimoiy guruhlarda odamlarning munosabati sifatida ijtimoiy-
p
sixologik o‘zo‘zini attestatsiya qilish testi.
Amaliy testlar o‘ziga topshiriq va shakllarni qamrab oladi, bunda sinaluvchi aniq predmet 
materiallari ularni alm
ashtiruvchi materiallar bilan ko‘rgazmaliharakatli reja asosida amaliy ish 
bajaradi. 
Obrazli testlar obrazlar, surat, rasm, sxema va tasavvurlar bilan mashqlarni o‘zi ichiga oladi.
Verbal testlar so‘zli topshiriqlardan iborat, ular tushunchalarni aniqlash,
xulosa chiqarish, 
har xil so‘zlarning ma'nosini anglash va taqqoslash hamda bu so‘zlar bilan har xil mantiqiy 
operatsiyalarni bajarishni o‘z ichiga oladi.
Testlarda qo‘llaniladigan ko‘pgina topshiriqlar kompleks xarakterga ega va bu testlarda 
amaliy, naza
riy, obrazli va verbal topshiriqlar mujassamlashgan. Bu odamning real hayotdagi ko‘p 
vazifalari kompleks xarakterga ega ekanligi bilan bog‘liqdir. Shuning uchun ham, testlar, kishining 
real hayotdagi Yutuqqa erishish imkoniyati va xulqini aytib berish uchu
n o‘tkaziladi.
Blankali testlar 

sinaluvchida test materiallari sifatida har xil shakldagi blankalarda 
foydalaniladi, masalan, rasmlar, sxemalar, jadvallar va savolnomalar. 
Apparaturali testlar 

bu shunday testlarki, unda test natijalarini qayta ishlash va ko‘rsatish 
uchun har xil turdagi apparaturalar qo‘llaniladi, masalan, audio va videotexnika, elektron hisoblash 
mashinalari.
Protsessual testlar yordamida qandaydir bir p
sixologik xulqiy jarayon o‘rganiladi va unga 
aniq miqdoriy va sifatiy tahlil beriladi, masalan, materiallarni esda olib qolish jarayoniga, 
individlarning guruhda shaxslararo hamkorlik jarayoni tahlilini misol sifatida keltirish mumkin. 
Yutuqqa erishish testlari kishining qandaydir bir faoliyatida, bilish sohasining qandaydir bir 
turida Yutug‘ini baholashda qo‘llaniladi, masalan, tafakkurning mantiqiyligi, diqqatning 
barqarorligi, verbal tafakkurning rivojlanganlik darajasi. 
Holatlar va xususiyatlar testlari shaxs psixologik sifatlarining barqarorligini diagnostika 
qilish bilan bog‘liqdir, masalan, shaxs xislatlari, temperament xususiyati, qobiliyatlari va 
boshqalar.
Proektiv testlar maxsus guruhga ajratiladi. Proektiv test kishining u yoki bu psixologik 
si
fatini to‘g‘ridanto‘g‘ri emas, balki bavosita baholaydi. Bunday baholash kishining ko‘p ma'noli 
ob'ektlarni qanday qabul qilishi va talqin qilishining analizi natijasida olinadi. Bunga: surat 
sYujetining noaniqligi, shaklsiz dog‘lar, tugallanmagan jumlalar
va boshqalar kiradi. Bunday 


ob'ektlarni tahlil qilish va baholashi kishi ongsiz ravishda o‘zo‘zining «proektsiyasini» ko‘rsatib 
berishi deb Yuritiladi. 
Bu guruh testlariga, Rorshax testi, Tematik Appertseptiv Test (TAT) va boshqalar kiradi. 
Proektiv testlar sinaluvchining yashirin va anglanilmagan psixologik xususiyatlarini 
psixodiagnostika qilish zarurati tug‘ilganda qo‘llaniladi.
Psixodiagnostik eksperiment metod sifatida kamdankam voqelikda, asosan, kishining zarur 
psixologik sifatini boshqa usullar bil
an aniqlash va baholash imkoniyati bo‘lmaganda qo‘llaniladi.
Protsessual testlar, tadqiqotchini sinaluvchida kechayotgan psixik va xulqiy jarayonlarning 
xususiyatlari qiziqtirganda qo‘llaniladi, Yutuqqa erishish testlari esa kishining qobiliyati, 
ko‘nikma va malakalarini baholash vazifasini o‘taydi.
Intellekt testlaridan kishining intellektual taraqqiyotining umumiy ko‘rsatkichini aniqlash va 
miqdoriy baholash zarurati tug‘ilganda foydalaniladi.
Psixodiagnostik metodlar singari testlarga ham qat'iy talablar 
qo‘yiladi:
1. Testning ijtimoiymadaniy adaptatsiyasi. 
Bu so‘zlar tuzilmasi, test topshiriqlari va test baholari hamda sinaluvchiga berilayotgan test 
topshiriqlari ushbu jamiyat madaniyati milliy qadriyatlariga mos bo‘lishi zarur degan ma'noni 
anglatadi. M
asalan, Evropada tuzilgan test boshqa bir mamlakatda birinchi marta qo‘llanilayotgan 
bo‘lsa va bu mamlakatda intellekt strukturasi so‘zmantiqiy bo‘lmasa, balki obrazli amaliy 
tafakkurli bo‘lsa, test albatta ijtimoiymadaniy moslashtirilgan bo‘lishi shart. 
Agar test 
moslashtirilmagan holda, ya'ni qanday bo‘lsa shundayligicha qo‘llanilsa, u holda biz juda past 
natijalar olamiz va natijalar ushbu mamlakatda yashovchi kishilarning tafakkuri taraqqiyotining 
ko‘rsatkichiga mos kelmaydi. Ba'zan buning aksi, ya'ni ushbu mamlakatda so‘zmantiq tafakkuri 
asosiy rolga ega bo‘lsa
y
u, test topshiriqlari amaliy tafakkurga oid bo‘lsa, u holda biz aqliy 
taraqqiyotning noadekvat ko‘rsatkichiga ega bo‘lamiz.
2. Test topshiriqlarining sodda tuzilganligi va bir ma'noliligi. 
Ushbu 
talabga binoan, testning so‘z va boshqa topshiriqlarida ya'ni, so‘z, rasmlar kishilar 
tomonidan har xil idrok qilinishi va tushunilishi momentlari bo‘lmasligi kerak.
3. Test topshiriqlarini bajarishda vaqtning chegaralanganligi. 
Bunda psixologik test topshiriqlarini bajarishda vaqt 1,52 soatdan oshmasligi lozim, chunki 
kishi o‘zining ish qobiliyatini Yuqori saviyada uzoq muddat ushlab turishi juda mushkuldir.
4. Ushbu test uchun me'yorlarning mavjudligi. 
Test me'yorlari deb, ushbu test reprezentativliginin
g o‘rtacha ko‘rsatkichi tushuniladi, ya'ni 
ko‘p odamlardan to‘plab olingan ko‘rsatkichlarning o‘rtacha ko‘rsatkichi bilan individning 
ko‘rsatkichi taqqoslanib, uning psixologik taraqqiyoti baholanadi. Test me'yorlari asosan, 
sinaluvchilarning yoshi, jinsini aniq bilgan holda, katta tanlama guruhidan olingan test 
natijalarining o‘rtacha bahosi va keyinchalik ularning yoshi, jinsi va bir qancha relevant 
ko‘rsatkichlarini differentsiyalash bilan aniqlanadi.
Test me'yorlari 

bu kishilar taraqqiyotining o‘rtacha ko‘rsatkichi. Har qanday me'yor, 
o‘lchov ham vaqti bilan o‘zgarib turadi, chunki ishlar davomida kishilarning ham psixologik 
taraqqiyotida o‘zgarishlar bo‘ladi, masalan, XX asrning birinchi choragida kishilarning 
intellektual taraqqiyotiga qo‘yilgan me'yorlar, shu asrning oxirgi choragida qo‘yilgan me'yorlarga 
to‘g‘ri kelmaydi chunki ushbu yillar mobaynida kishilarning aqliy taraqqiyot ko‘rsatkichlari ancha 
Yuqorilagan. 
Bundan tashqari, empirik qoidalar mavjud bo‘lib, unga ko‘ra kamida har besh yilda test
me'yorlari qayta ko‘rib chiqilishi shart, asosan bu intellektual testlarga taalluqlidir.
Test me'yorlariga qo‘yilgan talablardan tashqari, test o‘tkazishni, natijalarni qayta ishlash va 
tahlil qilishning qat'iy qoidalari mavjud. Bular quyidagilardir:
U y
oki bu testni qo‘llash uchun psixolog test bilan tanishib chiqib, o‘zida boshqa bir kishida 
sinab ko‘rishi kerak. Bu testni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan xatoliklarning oldini olish imkonini 
beradi. 
Sinaluvchi test topshiriqlarini bajarishidan oldin va 
ko‘rsatmalarni yaxshi tushunib olishi 
uchun oldindan tayyorgarlik ko‘rib qo‘yish.Test o‘tkazish vaqtida, sinaluvchilar mustaqil ishlashi, 


birbiriga halaqit bermasligini va ta'sir o‘tkazmasligini nazorat qilib turish, chunki bu test 
natijalarini o‘zgartirib
Yuborishi mumkin.Har bir test natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish 
uchun asoslangan va aniq ishlangan matematikstatistik usullarni oldindan tayyorlab qo‘yish.
Biz test turlari va uning me'yorlariga qo‘yilgan talablarni o‘rganib chiqdik, endi test 
m
e'yorlarining reprezentativligi, validligi, ishonchliligiga to‘xtalib o‘tsak.
Test tuzilishining asosiy statistik printsiplari 1980yillarda V.S.Avanesov, A.Anastazi, 
V.K.Gayda, V.P.Zaxarovlarning adabiyotlarida to‘liq yoritib o‘tilgan. Ammo ko‘rsatib o‘til
gan 
adabiyotlarda psixometrik testlarning asosiy muammosi, test me'yorlari to‘liq yoritib berilmagan. 
Bu birinchi navbatda amerikalik testolog A.Anastazining ishlariga taalluqlidir. Anastazining 
yaratgan qo‘llanmasi, g‘arb testologlari tomonidan ikkita aso
siy printsipi zaruriy tanqidiy 
muhokamalarga ega bo‘lmaydi, bular diagnostik me'yoriy sifat tarzida statistik me'yorlarning 
qo‘llanilish muammolari va normal modellarga hamma empirik ma'lumotlarning taqsimlanishi 
haqidagi ma'lumotlar muammosi.
Endi biz differentsial asosiy tushunchalar tizimi tuzilishining qisqacha kontekstini analiz 
qilib o‘tamiz:
1. Test shkalalarining statistik tabiati. Psixodiagnostikada tipik o‘lchov testi –
bu qisqa 
topshiriqlarning punktlarning ketmaketligi, sinaluvchi tomonidan topshiriqlar bajarilishi 
natijasida ularning bir xil miqdoriy tahlil qilinishi demakdir. Masalan, alohida topshiriqlardan 
tuzilgan intellektual testlarning interpretatsiya qilinishi: «echimi to‘g‘ri», «echimi noto‘g‘ri», 
«javob yo‘q» (vaqt etishmasligi sababli topshiriqni o‘tkazib Yuborilishi), shaxsiy 
savolnomalarning tahlil qilinishi: sinaluvchi tomonidan ta'kidlanishi lozim bo‘lgan javoblar 
berilishi: «tasdiqlashi», «inkor qilinishi» («rozi emasman», «yo‘q»).
Umumiy ballar kalit orqali hisoblab chiqiladi
, kalit har bir punkt bo‘yicha sonlar bilan 
ifodalanadi. Masalan, topshiriqning to‘g‘ri echimiga –
«+1», noto‘g‘ri o‘tkazib Yuborilganiga –
«0». Bunda ballar to‘g‘ri javoblarning miqdorini ko‘rsatib beradi. 
2. Psixometrikada o‘lchov muammolari va test p
unktlarining xususiyatlari. 
O‘lchov ko‘rsatkichi «etalon» hisoblanadi. Etalon bu –
o‘lchanayotgan xususiyatga berilgan 
kattalikni bir maromda saqlab turuvchi fizik ob'ektdir, differentsial psixometrikada bunday fizik 
etalonlar mavjud emas. Psixometrikada e
talon rolini testlarning o‘zi bajaradi, buni shunday 
tushunish kerakki, topshiriqning murakkabligi kishi qobiliyatiga to‘g‘ri proportsional kattalik deb 
qarash mumkin. Ya'ni, topshiriq qancha murakkab bo‘lsa, uning echimini topish uchun kishi 
qobiliyatinin
g darajasi shuncha Yuqori bo‘lishi kerak. Test punktlarining kuchi va murakkabligini 
test o‘tkazish yordamidagina aniqlash mumkin. Murakkablikni aniqlash «foizli o‘lchov» bilan 
belgilanadi, test topshiriqlariga «to‘g‘ri» javob bergan sinaluvchilar foiz bil
an aniqlanadi, ya'ni 
«foiz» qancha kichik bo‘lsa, murakkablik shuncha Yuqori bo‘ladi.
Test punktlarining xususiyatini test ballarining taqsimlanishi ko‘rsatib beradi. Agar test 
ballarining taqsimlanishi egriligi o‘ng tomonli assimetriyaga ega bo‘lsa, unda 
test murakkab 
topshiriqlardan tuzilgan, agar egrilik chap tomonli assimmetriyaga ega bo‘lsa, u holda test 
topshiriqlari sodda tuzilgan hisoblanadi va quyidagi ko‘rinishga ega:


Test 

shaxsning aqliy taraqqiyotini, qobiliyatini, irodaviy sifatlarini va boshqa psixik 
xususiyatlarini tekshirishda qo‘llaniladigan qisqa standart masalalar. 
Testlashtirish 

psixodiagnostika metodlaridan biri bo‘lib, standartlashtirilgan savol va 
topshiriqlar yordamida individual farqlarni o‘rganish, alohida shkalalar bilan o‘lchash. 
Etuklik testlari psixodiagnostika metodlaridan biri bo‘lib, konkret bilim, m
alaka va 
ko‘nikmalarning o‘zlashtirish darajasini aniqlab beradi. Etuklik testi 3ga bo‘linadi: harakat testlari, 
og‘zaki va yozma testlar. Harakat testlari mexanizmlar, materiallar asboblar bilan ishlash 
layoqatini aniqlab beradi. 
Intellektual testlar 

ps
ixodiagnostika metodlaridan biri bo‘lib, individning aqliy taraqqiyoti 
darajasini aniqlab beradi. 
Proektiv test motivatsiyaning anglanilmagan yoki to‘liq anglanilmagan shakllarini 
o‘rganishga qaratilgan va bu jihati bilan inson psixikasining tobora intim s
ohasiga kirishning 
yagona psixologik metodidir. 
«Proektiv» atamasi ilk bor Lourens Fenk tomonidan 1939 yilda qo‘llangan. Shuningdek, u 
shaxsni tadqiq etishning proektiv metodlari tasnifini ham keltiradi:
Strukturalash metodlari (Rorshaxning siyoh dog‘lari
testi, bulutlar testi, uch o‘lchamli 
proektsiya testi). 
Konstruktsiyalash metodikalari (MAR, olam testi). 
Sharhlash metodikalari (SATO, TAT, Rene Jil testi). 
To‘ldirish metodikalari (tugallanmagan gaplar, hikoyalar, One assotsiativ testi).
Katapsis metodi
kalari (psixogramma, proektiv o‘yin).
Ekspressiyani o‘rganish metodikalari (dastxat, muloqot tahlili).
Ijod mahsulini o‘rganish metodikalari (rasmli testlar, yozma ishlar va hokazo).
Bunday metodikalarning asosiy xususiyati material aniqmasligi, xayrixohlik muhiti va 
qadriyatli fikrlar mavjud emasligidir. Ular, avvalo, shaxsning munosabatlar sohasini aks ettiradi 
va maktab nevrozi uchun xos bo‘lgan maxsus reaktsiyalarni aniqlash imkonini beradi. 
Mazkur ishlar o‘quvchilarni maktab, kollej va litseylarda o‘q
ish jarayonida 
psixologikpedagogik jihatdan chuqurroq o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning individual 
xususiyatlarini, ta'lim va tarbiyadagi nuqsonlar sabablarini yoritishga yo‘naltirilgan. 
Psixodiagnostika ishlari guruhda yakka holda o‘tkaziladi. 
Bu asosda amaliy psixologlar quyidagi 
vazifalarni bajaradi:
Ongli maqsadi mavjud bolalar, umumta'lim maktablari va akademik litsey hamda kasbhunar 
kolleji o‘quvchilari, oliy o‘quv Yurti talabalarining yosh davri taraqqiyoti mezonlariga 
muvofiqligini psi
xologik tekshiruvdan o‘tkazadi. Ularning kamolot darajasini belgilaydi. 
O‘quvchilarning kasbiy yaroqliligini diagnostika qiladi. Ularning hissiyotlari, irodaviy sifatlari, 
o‘zo‘zini boshqarish imkoniyati, intellektual darajasini tekshiradi.

Download 1,35 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   70




Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti psixologiya va sotsiologiya kafedrasi

Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish