ijtimoiy faktlardir,
deb ilova lozim».
Demak har qanday ishlab chiqarish odamlarning birlashu vini taqozo etadi. ishlab
chiqarmoq uchun odmlar birlashmog‘i lozim —
marksizm shunday ta’lim beradi. Lekin
kishilarning hech qanday birligi unga jalb etilgan odamlar o‘rtasida bog‘lanish o‘rnatilmagan va
ular o‘rtasida tegishli xajmixat likka erishilmagan bo‘lsa, birgalikdagi to‘laqonli faoliyat yuritma
olmaydi. Masalan, o‘qituvchi o‘quvchilarga biron
-
bir narsani o‘rgata olishi uchun, ular bilan
munosabatga kirishishi shart.
Munosabat
—
odamlar o‘rtasida birgalikdagi faoliyat
ehtiyojlaridan kelib chiqadigan
bog‘lanishlar rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir.
Munosabat birgalikda faoliyat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida axborot ayirboshlanishini o‘z
ichiga oladi. Bunday axborot ayirboshlanishi munosabatning kommunikativ jihati sifatida
ta’riflanishi mumkin. Odamlar munosabatga kirisharkan munosabatning eng muhim vositalaridan
biri sifatidagi tilga murojaat kiladilar.
Munosabatning ikkinchi jihati -
munosabatga kirishuvchilarning o‘zaro birgalikdagi
harakati
—
nutq
jarayonida faqat so‘zlar
bilan emas, balki harakatlar, xatti-harakatlar bilan ham
ayirboshlashdan iborat. Univermag kassasi oldida hisob-kitobni amalga oshirarkan, xaridor bilan
sotuvchi hatto ulardan birontasi h
ech qanday so‘z ishlatishmasa ham o‘zar
o munosabatga
kirishadi; xaridor kassirga harid qilingan narsa uchun tovar cheki va pul taqdim etsa, sotuvchi chek
urib qaytimini sanab beradi.
Nihoyat, munosabatning uchinchi jihati munosabatga karishuvchilarning bir-birlarini idrok
eta olishlarini taqozo qilishidir. Masalan, munosaba
t bo‘yicha sheriklardan biri boshqasini ishonsa
bo‘ladigan, aqlli, tushunadigan, tayyorgarlik ko‘rgan kishi sifatida idrok etishi yo idrok etmasligi,
yoki oldindanoq u hech narsasi tushunmaydi va xabar qilingan narsaning faxmiga yetmaydi, deb
hisoblashi juda muhimdir. Shunday qilib, yagona munosabat jarayonida shart ravishda uchta
jihatni -
kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (o‘zaro birgalikda harakat qilish) va perseptiv
(o‘zaro birgalikda idrok etish) jihatlarni alohida ko‘rsatish mum kin.
Ana shu
uchta jihatning birligi holida o‘rganilayotgan munosabat birgalikdagi faoliyatni
va unga jalb etilgan odamlarning o‘zaro birgalikdagi harakatlarini tashkil etish usuli sifatida
maydonga chiqadi.
Munosabat qonuniyatlarini bilish hamda munosabat o‘rnatish m
alakalari va
qobiliyatlarni rivojlantirish pedagog uchun ayniqsa muhimdir. Negaki, uning kasbiga ko‘ra
vazifasi ham agar u o‘quvchilarni o‘zi bilan birgalikdagi faoliyatga unumli jalb qila bilgan,
tarbiyaning maksadlari va vazifalariga javob beradigan tarz
dagi o‘zaro birgalikdagi harakat va
o‘zaro hamjihatlikni yo‘lga qo‘ya olgan, ya’ni to‘laqonli pedagogik munosabatni o‘rnata olgan
taqdirdagina muvaffaqiyatli hal etilishi mumkin.
Amalga oshirilishi shakllari jaxatidan qaraladigan pedagogik munosabat
—
pedagog va
ta’lim olayotganlarning o‘zaro birgalikdagi harakati usullari sistemasidir.
Bunda, avvalo, axborot
ayirboshlash, o‘qituvchi tomonidan turli xildagi kommunikativ vositalar yordamida o‘quvchi bilan
o‘zaro hamjihatlik va o‘zaro munosabatlar o‘rnati
lishi munosabatning mazmunini tashkil etadi.
Pedagog faoliyatining didaktik va xususan tarbiyaviy vazifalarini o‘qituvchi bilan
o‘quvchilar kollektivi o‘rtasidagi sermaxsul munosabat jarayonini tashkil etmasdan turib yetarli
darajada unumli tarzda amalga o
shirib bo‘lmaydi. Shu tariqa pedagog faolivtida munosabat,
birinchidan, xususan o‘quv vazifalarini xal etish vositasi sifatida, ikkinchidan tarbiyaviy jarayonni
ijtimoiy-
psixologik jihatdan ta’minlov
-
chi sistema sifatida, uchinchidan, o‘qituvchilar va
o‘quvchilar o‘rtasida tarbiya va ta’limning muvaffaqiyatli olib borilishiga imkon beradigan o‘zaro
munosabatlarning muayyan sistemasini tashkil etish usuli sifatida va nihoyat, to‘rtinchidan,
buningsiz maktab o‘quvchisining individga xos xususiyatlarini tarbiy
alab
bo‘lmaydigan
jarayon sifatida maydonga chiqadi.
Pedagogik munosabat deganda pedagog va o‘quvchilar kollektivi o‘rtasida o‘zaro
birgalikdagi harakatning mazmunan axborot ayirboshlashdan, o‘kuv
-
tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish va
o‘zaro hamjihatlikni
tashkil etishdan iborat sistemasi, usullari va malakalari tushuniladi. Pedagog
ushbu jarayonning tashabbuskori sifatida maydonga chiqadi va uni tashkil etadi hamda unga
boshchilik qiladi.
Pedagogik munosabat, bir tomondan, o‘quv
-tarbiya
jarayonining
hissiy-
holati
bo‘lib,
ikkinchidan esa, uning
bevosita mazmuniy ta’rifi sifatida
namoyon bo‘ladi.
Munosabatning birgalikdagi faoliyat bilan aloqasi aniq ravshandir. Lekin shunday savol
tug‘iladi: munosabat birgalikdagi faoliyatning bir qismi, tomoni, jiha
ti hisoblanadimi yoki
munosabat va ziddiyat ikkita mustaqil, to‘laqonli jarayonmi?
Kishi birgalikda faoliyat ko‘rsatayotganda zaruriyatga ko‘ra boshqa odamlar bilan
birlashishi, ular bilan muomalaga kirishishi, ya’ni aloqa o‘rnatishi, o‘zaro hamjihatlikka
erishishi,
kerakli axborot olishi va javob tarikasida axborot berishi lozim va hokazo.
Bu o‘rinda munosabat
faoliyatning bar tomoni, bir qismi, uning eng muhim informativ jihati, kommunikatsiya (birinchi
turdagi munosabat) sifatida namoyon bo‘ladi.
Lekin odam kommunikatsiya sifatida munosabatni
o‘
tarkibiga olgan faoliyat jarayonida
biron narsa yaratib (asbob yaratib, fikr bildirib, hisoblar qilib, mashinani tuzatib va shu kabilarni
amalga oshirib), shu bilangina cheklanib qolmaydi; u yaratilgan buyum orqali
o‘zini, o‘zining
xususiyatlarini, o‘zining individualligini boshqa odamlarga «uzatadi», o‘zini boshqa odamlarda
(shu jumladan, faoliyat maqsadlariga erishish uchun u aloqa bog‘laydigan odamlarda ham va hatto
«o‘zga odam» sifatida o‘zida ham) davom ettirad
i.
Yaratilgan narsa (qurilgan bino, aniq she’riy satr, o‘tqazilgan daraxt, yaratilgan yoki ijro
etilgan qo‘shiq)—bu, bir tomondan, faoliyat mavzui bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa vosita sifatida
namoyon bo‘ladiki, kishi uning yordami bilan ijtimoiy hayotda o‘zini qaror toptiradi.
Negaki, bu
narsa boshqa odamlar uchun yaratilgandir. Shu narsa orqali odamlar urtasidagi munosabat bevosita
o‘aksini topadi, ijod kilayotganlarga va bajarayotganlarga ham, iste’mol kilayotganlarga va
o‘zlashtirayotganlarga ham bab
-ba
ravar tegishli bo‘lgan umumii narsani ishlab chikarish
tariqasidagi munosabat hosil bo‘dadi.
Kapitalistik jamiyatda, undan ilgariroq feodal va quldorlik jamiyatlarida mehnat samaralari
ajratib olinishi natijada odamlar urtasidagi umumii narsani ishlab chiqarish sifatidagi munosabat
tusilib va yemirilib turganligi qayd etish kerak.
Yaratilgan narsada o‘z mehnatini aks ettirgan holda
uning bunyodkori bu narsa kniga mo‘ljallangan bo‘lsa, o‘shanda o‘zini davom ettirishga umid
boglay olmasdi. Negaki, bu narsa or
qali boshqalarga uning o‘zi emas, balki uning xo‘jayini o‘zini
kursatar edi. Kishilarning munosabati, o‘zaro bir
-
birini tushunishi, o‘zaro bir
-birini xurmat qilishi
ana shu tariqa boshidanok buzilardi. Ekspluatatsiya va kishi shaxsini allakimlarning iqtisodiy
rejalari va manfaatlarini ko‘zlagan holda ezish yo‘q bo‘lgan va mehnat samaralari ularni bunyod
etuvchilarniki bo‘lgan jamiyatda ahvol tamomila o‘zgarib ketadi.
V. A. Suxomlinskiy shunday deb yozgan edi: «Inson o‘zini avvalo insonda qoldiradi.
Bizning umrboqiyligimiz ham ana shundadir. Hayot kechirishning oliy baxt-saodat ekanligi va
mohiyati ham ana shundadir. Inson ruhi hayvonning hayot kechirishidan shunisi bilan ham farq
qiladiki, biz o‘z naslimizni davom ettirarkanmiz, unga o‘z go‘zalligimizni, ide
allarimizni,
yuksaklikka va olijanoblikka sodiqligimizni qoldiramiz. Siz uzingizni odamda qanchalik chuqur
aks ettira va namoyon qila olsangiz, siz fuqaro sifatida shunchalik boy-badavlat erursiz va sizning
shaxsiy hayotintiz shu qadar bax
tiyor bo‘lardi».
O‘
zligini boshqalarda davom ettirish sifatidagi munosabat esa ikkinchi turga oid
munosabat hisoblanadi. Agar bir turga oid munosabat (kommunikatsiya tarzidagi munosabat)
birgalikdagi faoliyatning bir tomoni sifatida yuz bergan bo‘lsa, o‘zining muhim tomon
ekanligi
sifatida ikkinchi turga munosabat ijtimoiy kimmatga ega bo‘lgan va shaxsan ahamiyatga molik
narsani ishlab chiq
arish bo‘yicha birgalikdagi faoliyatni yuzaga chiqaradi.
Bu o‘rinda bogliqlik
o‘zgaradi va endi faoliyatning o‘zi munosabatning bir jiha
ti, qismi, zarur sharti sifatida maydonga
chiqadi.
Munosabatning o‘zaro birgalikda harakat qilish va faoliyat ko‘rsatish jarayonida odamlarni
birlashtiradigan umumii narsa ishlab chiqarish tarzida tushunilishi ana shu umumii narsa avvalo
munosabat vositasi sifatidagi tildan iborat ekanligini bildiradi. Til munosabatga kirishuvchilar
o‘rtasida aloqa bog‘lanishini ta’minlaydi. Negaki, uni bu maksad uchun tanlangan so‘zlar
mohiyatiga ko‘ra kodlashtirgan holda axborotni ma’lum qilayotgan kishi ham, bu mohiyatni
ng
kodini ochgan, ya’ni uning ma’nosimi oshkor etgan va ana shu axborot asosida
o‘
xulk-atvorini
o‘zgartirgan holda bu axborotni qabul qilayotgan kishi ham tushunadi.
Axborotni boshqa kishiga yo‘llayotgan kishi (kommunikator) va uni kabul qilayotgan kishi
(resipient) munosabat va birgalikdagi faoliyat maqsadlariga erishish uchun mohiyatlarni
kodlashtirish va kodini ochishning bitta yagona sistemasidan foydalanishlarn, ya’ni «bitta tilda»
so‘zlashishlari kerak.
Agar kommunikator va resipient kodlashtirishning turli xil sistemalarini
qo‘llaydigan bo‘lsalar, bu holda ular o‘zaro hamjihatlikka va birgalikda faoliyat borasida
muvaffaqiyatga erisha olmaydilar. Vaviloniya minorasi qurilayotgan paytida quruvchilar
kutilmaganda «aralash
-
ko‘ralash tilda» gaplasha boshlaganliklari okibatida uning ag‘darilib
tushgan-ligi hakida Injilda keltirilgan afsona kodlashtirish va kodlarni ochish jarayonlarini bir-
biriga boglash chogida o‘zaro birgalikda harakat qilinmasligini aks ettiradi. Negaki, turli xil
tillarda so‘zlashadigan
kishilar bir-birlari bilan murosaga kela olmaydilar, bu esa birgalikdagi
harakatning amalga oshirilishini amri mahol qilib qo‘yadi. Ko‘llaniladigan belgilar (so‘zlar, imo
-
ishoralar, ierogliflar va hokazolar) zamiridagi mohiyat munosabatda ishtirok etayotgan shaxslarga
tanish bo‘lgan taqdirdagina axborot ayirboshlash mumkin bo‘ladi.
Mohiyat
—
belginpt tevarak-atrofdagi voqelikni bilishni ifoda etadigan qism sifatidagi
mazmunga ega bo‘lgan jihatidir.
Qurol odamlarnnng mehnat faoliyatini ifodalagani singari
belgilar ham ularning bilish faoliyati va munosabatini namoyon qiladi.
So‘zlar belgilari sistemasi hayot kechirish, ijtimoiy
-
tarixiy tajribani o‘zlashtirish va uzatish
vositasi sifatidagi tilni tarkib toptiradi.
Ijtimoiy tajriba jamg‘arish va uzatish vositasi sifatidagi xil mehnat jarayonida paydo bo‘lib,
hali sinfsiz jamiyat tongotaridayoq rivojlana boshlagan edi. Odamlar bir-birlariga biron muhim
ahamiyatga molik axborotni uza tish uchun aniq tovushlardan foydalana boshladilar.
Qo‘llarida biron mehnat qurolini ushlab, ko‘zlari es ushbu narsalarga karab turgan vaqtda
bir-birlari bilan munosabatga kirishish uchun aniq tovushlardan foydalanish kishilarga ayniqsa
moyillik tug‘dirgan.
Munosabatga kirishadigan odamlar o‘rtasidagi masofa anchagina olis bo‘lgan
kez
larda ham, xuddi shuningdek qorong‘ilikda, tuman tushganda chakalakzorda o‘y
-fikrni
tovushlar vositasida yetkazish qulay bo‘lgan.
Til yordamida munosabatga kirishish tufayli borliqning alohida bir kishining miyasidagi
in’ikosi boshqa odamlarnish miyasida
aks etayotgani yoki aks etgani bilan doimiy ravishda
to‘ldirilib turadi —
o‘y
-
fikrlarni ayirboshlash, axborot berish ro‘y beradi.
Munosabat chog‘ida kishi doimo muhim narsani nomuhimi dan, zarur narsani
tasodifiysidan ajratishga, yakka-
yolg‘iz narsalarning
timsolidan ularning hammasi uchun umumiy
bo‘lgan xossalarni so‘zlar yordamida barqaror aks ettirishga o‘tishga o‘rganadi. Butun boshli
narsalar doirasiga xos va shu asnoda so‘z yuritilayotgan konkret narsaga ham taalluqli muhim
xususiyatlar shu so‘z orqali o‘z ifodasini topadi.
Biz «gazeta» deb aytadigan bo‘lsak, qo‘dimizda
ushlab turgan gazeta varaqlarinigina nazarda tutmasdan, mazkur narsaniyag boshqa bosma
mahsulotdan farqini hisobga olgan holda uning kaysi toifadagi narsalarga tegishli ekanligini
ukdiramiz.
So‘zlar muayyan bir mohiyatga ega, ya’ni ashyoviy olamga allaqanday tarzda tegishli
bo‘ladi.
Uqituvchi u yoki bu so‘z ishlatganda uning o‘zi ham, uning tinglovchilari ham yolg‘iz
o‘sha bitta hodisani nazarda tutishadi va ularda anglashil movchilik yu
z bermaydi. Mohiyatlar
sistemasi kishyaning butun hayoti davomida rivojlanib va boyib boradi. Uni sobitqa damlik bilan
shakllantirish o‘rta ta’limning ham, oliy ta’limning ham markaziy bo‘tini hisoblanadi.
Ijtimoiy tajribada biron-bir mohiyatni anglatadiga
n so‘zlar og‘zaki kommunikatsiya
vositasi hisoblanadi. So‘zlar eshittirib yo ovoz chiqarmasdan aytilishi, yozib ko‘yilishi, yoki kar
-
sokov kishilarda biron-
bir mohiyatga ega bo‘lgan imo
-ishoralar bilan almashtirilishi (buni har bir
harf barmoqlar harakati bilan ifoda etiladigan daktilologiya va imo-
ishora butun bir so‘z yoki
so‘zlar turkumini anglatadigan imo
-ishorali nutq deb ataladi) mumknn.
Og‘zaki nutqning ikkinchi bir turi monolog nutq bo‘lib, uni bitta kishi boshqasiga yoki uni
tinglayotgan ko‘plab kishilarga karata gapiradi: bunga o‘qituvchining hikoyasi, o‘kuvchining
kengaytirilgan javobi, doklad va shu kabilar kiradi. Monologik nutq tuzilishi jihatidan juda ham
murakkab bo‘lib, fikrning tugallanganligini, grammatik qoidalarga ancha qat’iy amal kilin
ishini,
monolog aytayotgan kishining bayon etmoqchi bo‘lgan fikrda qat’iy mantiq dialogik va izchillik
bo‘lishini taqazo etadi. Monologik nutqni egallash nutqqa nisbatan katta qiyinchiliklar tug‘diradi,
uning kengaytirilgan shakllari ontogenezida (yuzaga kela boshlaganidan takomillashuviga kadar)
kechikibroq rivojlanadi, o‘quvchilarda bu nutqni shakllantirish maxsus vazifa hisoblanadi va
pedagoglar uni ta’limning qator yillari mobaynida bajarishlariga to‘g‘ri keladi. Qiynalmasdan,
bemalol suhbatlasha oladigan, lekin oldindan yozilgan tekstdan foydalanmasdan monologik
harakterga ega bo‘lgan og‘zaki axborot (doklad, keng ma’ruza va shu kabilar) bilan chiqishga
qiynaladigan katta ishli odamlar ham uchrab turishi tasodifiy hol emas. Ko‘pincha bu
o‘qituvchilarning o‘quvchilarda monologik nutqni щakllantirish ishiga yetarli e’tibor
bermaganliklari oqibati hisoblanadi.
Yo
zma nutk insoniyat tarixida og‘zaki nutqdan ancha keyin paydo bo‘ldi. U bir
-birlaridan
makon va zamon bilan ajralib turuvchi odamlar o‘rtasida muno
sabat qilish ehtiyojinii natijasi
sifatnda paydo bo‘ldi va fikr shartli sxematik suratlar yordamida ifoda etiladigan paytlardagi
piktografiyadan minglab so‘zlar bir necha o‘nlab harflar yordamida ifod
a etilayotgan hozirgi
zamon yozuviga qadar rivojlandi.
Yozuv tufayli odamlar to‘plagan tajribani avloddan avlodga eng yaxshi tarzda yetkazish imkoni
tug‘ildi. Negaki, og‘zaki nutq yordamida o‘tkazilgan taqdirda u buzilishi, o‘zgarishi va hatto beiz
yo‘qolib ketishi mumkin edi. Yozma nutq fanda foydalaniladigan
murakkab umumlashmalarning
rivojlantirilishida, badiiy timsollar (obrazlar) ni yetkazishda muhim rol o‘ynaydn. Bolaga ta’lim
berishning dastlabki kunlaridanoq rivojlantirilishi maktabning eng muhim vazifasi bo‘lib
hnsoblanadigan yozuv va o‘quv bolaning aq
liy saviyasi kengaytiradi hamda bilimlarni egallash va
bayon qilishning eng muhim vositasi hisoblanadi. Yozma nutkdan foydalanish mumkin qadar
to‘gri ta’rif berilishiga erishish, logika va grammatika qoidalariga qat’iyroq amal qilish, mazmun
va fikrlarni i
foda etish usuli ustida chuqurroq muloxaza yuratish imkoniyatini yaratadi. Ko‘pincha
biron-
bir narsani yozib qo‘yish —
bu uni yaxshi anglab olish va eslab qolish demakdir.
Nutq o‘zining fiziologik negiziga ko‘ra eshitish va harakat analizatorlari faoli
yatini bajaradi.
Miya qobig‘ida tashqi olam tomonidan bo‘ladigan turli xil qo‘zg‘atuvchilar bilan so‘zlarning
talaffuz qilini shini boshqarib turadigan tovush paychalari, hiqildoq, til va boshqa a’zolar harakati
o‘rtasidagi muvaqkat bog‘lanishlar o‘rnatila
di. Nutq ikkinchi signallar sistemasi negizida amal
qiladi. Suz, I. P. Pavlov aytganidek, «signallar signalidir. So‘zlar bir
inchi signallar sistemasi
signallarini, olamning timsollari tarzida mavjud bo‘lgan turli
-tuman taassurotlarni xabar qilgan
holda bev
osita qo‘zg‘atuvchilar keltirib chiqaradigan ta’sirlarga turtki berishi mumkin. So‘zlar
ularning birikmalari har doim miyada birinchi signallar sistemasi signallarining
mavhumlashtirilishi, umumlashtirilishi va qayta ishlanishi natijasi hisoblanadi. munosabatdek
murakkab jarayon uni ta’min etuvchi mexanizm larning izchillik bilan harakatga keltirishga
tayanadi. Yulini programmalashtirish
—
nutqiy ifodaning, ya’ni kishi bildirmoqchi bo‘lgan
fikrning ma’naviy o‘zagini tuzish —
birinchi bosqich hisoblanadi. Buning uchun inson muhim deb
hisoblaydigan axborot ajratib olinib, yaroqsizlari, ya’ni ikkinchi darajalilari bir chetga surib
qo‘yiladi. Ikkinchi bosqich —
jumlaning sintaktik strukturasini tuzishdan iboratdir. Iboraning
umumiy tuzilishi, uning grammatik sh
akli tahmin kilib ko‘riladi, kerakli so‘zlarning qidirib
topilishini, ularni eng aniq talaffuz etadigan tovushlarning tanlanishini ta’min etadigan
mexayaizmlar ishga solinadi. Va nihoyat, jumlani ovoz chiqarib aytila boshlaydi, ya’ni nutk real
tarzda ro‘yobga chiqadi. Shunday qilib, «gapirish» jarayoni boshlanadi. Bu jarayon davomida
kommunikator uzatilishi lozim bo‘lgan axborotni kodlashtiradi. Hamsuxbat (resipient) tinglash
jarayonida olingan axborotning kodini ochadi. Bu o‘z navbatida eshitilgan nutqning
tovushlarini
bosqichma-
bosqich so‘zlar mohiyatiga aylantirishdan iborat bulib, kommunikatorning aytmoqchi
bo‘lgan so‘zi anglab yetilishini ta’minlaydn. Tinglovchining unga xabar qilingan narsann to‘g‘ri
tushunganligi kommunikator uchun faqat resipientning
o‘zi kommunikatorga aylanib
(kommunikativ rollar almashgan holda), unga xabar qilingan narsani qabul qilgani va tushunib
yetganini ma’lum kilganidan keyingina aniq
-
ravshan bo‘ladi. Dialogik munosabatda
kommunikatnv rollar navbat-
manavbat o‘zgarib turadi,
natijada sekin-asta hamjihatlik tarkib
topadi. Muloqat qilayotganlarning xatti-harakatlari va xulq-
atvori muvofiklashgan bo‘lish
ehti
moli tug‘iladi. Buningsiz birgalikda faoliyat ko‘rsatishda biron natijaga erishib bo‘lmaydi.
Nutqiy fikr-muloxazani kodlash
tirish va kodini ochish jarayonlari og‘zaki munosabatda
muvaffaqiyat keltiradigan aqliy markazlar va sistemalar saqlanib qolgan taqdirdagina yuz beradi.
Mabodo ushbu sistemalar ishida buzilishlar ro‘y bersa, kishi nutqida turli xildagi buznlishlar —
afaziy
alar (so‘zlashish va tushunish qobiliyatining yo‘kotilishi) sodir bo‘ladi. Ba’zi xollarda jumla
tuzish kobiliyati yo‘qolib qoladiyu, lekin nutqni tushunish qobiliyati saqlangan bo‘ladi, boshqa bir
hollarda garchi bemor so‘zlarini to‘g‘ri tanlasa ham nutqi aniq bo‘lmaydi, ya’ni dizatriya
(talaffuzdagi buzilish) paydo bo‘ladi, uchinchi bir holda fikrni bayon qilish imkoniyatlari saqlanib
qolgan taqdirda ham nutqiy fikr-
mulohazani idrok etish imkoniyati yo‘qoladi va
xokazo. XIX
asrning o‘rtalaridayok ikkita olim miyaning ba’zi bir qismlari ishidagi buzilish
nutqning ham buzilishiga olib kelishini kashf etgan edi. Jumladan, P. Braka bemorlarda chap yarim
sharning pastki peshana qismidagi burmalarn orqa tomonning uchdan bir ulushi shikastlangan
holda so‘zlarni talaffuz etishda buzilish ro‘y berishini aniqladi. Qeyinroq K. Vernike chap yarim
sharning ustki chakka qismidagi burmalari orqa tomonining uchdan bir ulushi shikastlanganda
so‘zlarni tushunishning buzilishi hollarini tavsif qilgan edi. Miya to‘qimalarining
ushbu qnsmlari
harakatlantiruvchi nutq («Broka markazi») va nutqni tushunish («Vernike markazi») «markazlari»
deb yuritila boshladi. Lekin keyinchalik, asosan sovet psixofiziologlari (A. R. Luriya, N. A.
Bershteyn, P. Q. Anoxin va boshqalar) ning ilmiy ishlari tufayli nutqning fiziologik negizi
miyaning adohida qismlari («nup markazlari») faoliyatidan ko‘ra ko‘proq yaxlit holidagi msh
faoliyatining murakkab tarzda tashkil topishidan iborat ekan ligi aniq-
ravshan bo‘ldi. Shunday
qilib, nutq funksiyalarining
jo‘shqin (ya’ni qat’iyan anatomik tarzda emas, balki harakatchan)
tarzda cheklanishi to‘trisidagi tasavvur tarkib topdiki, bu markaziy nerv sistemasining keng
ravishda kompensatsiyalab turish imkoniyatlaridan foydalanilishi munosabati bilan nutqning
buzili
shini to‘g‘rilashida juda katta ahamiyat kasb etadi.
|