O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti psixologiya va sotsiologiya kafedrasi




Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/70
Sana30.05.2024
Hajmi1,35 Mb.
#257452
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   70
Muloqot jarayonining tomonlari. 
 
Odamlar munosabatga kirisharkan, ya’ni biron kimsaga savol, iltimos, buyruq bilan 
murojaat qilarkan, biron narsani tushuntirarkan yoki ta’riflarkan, boshqa bir kishiga ta’sir 
o‘tkazishni, undan o‘zi xohlagandek javob olishni, topshirikning ijro etilishini,
shu paytga qadar 
tushunmaganini tushunib yetishni zarurat tarzida o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
Munosabat 
maqsadlari odamlarning birgalikdagi faoliyati ehtiyojlarini aks ettiradi Bu xod quruq 
safsatabozlik, ya’ni fatik munosabat (lotincha, ya’ni nodon so‘zidan olingan), kommunikatsiya 
vositalarining birgina munosabat jarayonining o‘zini hosil qilishdan iborat yagona maksad yo‘lida 
tuturuqsizlik bilan foydalanilishini mustasno etmaydi. Gogolning Xlestakovi tomonidan o‘ylab 
topilgan va uniyag «Pushkin bilan» bema’nilarcha «dialogi» ayni ana shundaydir: «Xo‘sh, Pushkin 
jo‘ra, ishlar 
q
alay endi?»—
«Shunaqa jo‘ra, —
ba’zan o‘ziga o‘zi javob qaytaradi u, —
endi 
hammasini aytaversam...» Agar munosabat fatik harakterda bo‘lmasa, u albatta ba’zi natijalarga 
erishilishini boshqa odamlar xulq-
atvori va faoliyatining o‘zgartirilishini ko‘zlaydi yoki, har holda, 
ehtimolda tutadi. Bu o‘rinda munosabat shaxslararo birgalikdagi harakat, ya’ni odamlarning 
birgalikdagi faoliyati jarayonida tarkib topadigan aloqalari va o‘z
aro bir-
birlariga ta’sirining 
yigindisi sifatida yuzaga chiqadi. Shaxslararo o‘zaro birgalikdagi harakat odamlarning bir
-
birlariga ta’siriga javobnniig vaqtga izchil yoyilgan tarzini ifoda etadi: A. individning B. individ 
xulq-
atvorini o‘zgartiradigan xatt
i-
harakati unda javob reaksiyasini paydo qiladi, o‘z navbatnda 
bu xulq-
atvoriga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Birgalikdagi faoliyat va munosabat ijtimoiy odamlarning birgalikdagi harakati q
oidalar va o‘zaro 
munosabatlarini q
at’iyan belgilab ko‘yadigan hamda jamiyatda udum bo‘lgan xulq
-atvor 
namunalari asosida amalga oshiriladigan ijtimoiy nazorat sharoitida yuz beradi. 
Jamiyat-
ijtimoiy qoidalar sifatida qabul qilgan, ma’qul topadigan, udumga aylangan va 
tegishli vaziyatda turgan har bir kishidan bajarilishini kut
ayotgan namunalarning o‘ziga xos 
sistemasinn yaratadi. Ularning buzilishi qoidadan chetga chiqadiganlarning xulq-atvori 
to‘g‘rilanishini ta’mii
-
laydigan ijtimoiy nazorat mexanizmlari (ma’qullamaslik, ta’na qilish, 
jazolash)ni o‘z ichiga oladi.
Qoidalarning mavjudligi va qabul qilinishi haqida biron kishining 
barcha boshqa odamlar xulq-atvoridan farq qiluvchi xatti-harakatiga atrofdagilarning bir xilda 
munosabat bildirishi dalolat bzradi. Ijtimoiy qoidalar doirasi bexad darajada kengdirki, ular 
mehnat intizomi, harbiy burch va vatanparvarlik talablariga javob beradigan xulq-atvor 
namunalaridan to odoblilik qoidalariga qadar hammasini o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy qoidaga mos 
keladigan xulq-
atvorga po‘lat erituvchining o‘z ish joyidagi eng yukori unumga erishuvi 
ham, 

Download 1,35 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   70




Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti psixologiya va sotsiologiya kafedrasi

Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish