• Tayanch tushunchalar
  • Mavzuni mustahkamlash uchun savollar




    Download 1,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet28/70
    Sana30.05.2024
    Hajmi1,35 Mb.
    #257452
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70
     
    Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
     
    1.
    Ekspertimental psixologiyaning rivojlanish bosqichlarini sanab bering. 
    2. Bixeoviorizm maktabi haqida nimalarni bilasiz ? 
    3. Psixoanaliz maktabi namoyondalari kimlar ? 
     
     
    6- MAVZU. O'ZBEKISTONDA PSIXOLOGIYANI RIVOJLANISHI VA
    ISTIQBOLLARI. 
    Reja:
    1. O'zbekistonda pedagogik va psixologik laboratoriyalar ochilishi 
    2. Institutlar ochilishidagi olimlarning xizmatlari 
    3. O'zbekistonda psixologiya rivojiga katta hissa qo'shgan olimlar 
    Tayanch tushunchalar:
    Kasallik diagnostikasi, kasallarni davolash, psixologik xizmat, 
    neyropsixologiya, tibbiyot psixologiyasi, laboratoriya, psixonevrologiya, pedagogik-psixologik 
    markazlar, eksperimental laboratoriyalar, psixonevrologik kasallik. 
    Dastlabki pedagogik va psixologik markazlar 1918 yili Toshkent va keyinchalik Chimkent 
    shahrida tashkil qilingan. Pedagogik muzey va pedagogik laboratoriya universal o'quv tarbiya 
    muassasasi bo'lib ta'lim tarbiya bilan bog'liq bo'lgan hamma vazifalarni qamrab oladi. Buning 
    yordamida ta'lim metodlari ishlab chiqarilgan, shu yerning o'zida sinalgan va respublikaning 
    boshqa o'quv muassasalariga tarqatilgan. Ishning bunday tashkil qilinganligi tadqiqot qilishga 
    imkon bergan. Pedagogik laboratoriya haqida nizomda shunday deyilgan: bu joy pedagogik fikr 
    va ishning markazi bo'lishi lozim. Shuning uchun pedagogik ishning har bir yangiligini o'qitishda 
    laboratoriyada to'plangan boy tajribadan foydalanish imkoniyati berilishi kerak, bu imkoniyat 
    bevosita maktablarga berilishi lozim. Boshqa laboratoriya va kabinetlar bilan bir qatorda 
    pedagogik laboratoriya va pedagogik muzeyda eksperimental psixologik laboratoriyasi ham 
    mavjud bo'lib, bu yerda turli xil psixologik tajribalar amalga oshirilgan. 1919 yili 1 aprelda 
    Kavman Xorvat maorif komissariga xat yo'llab, davlat ko'zi ojiz, gung, ruhiy kasal va psixik 
    taraqqiyoti hamda psixikasi muvozanatsiz bolalarni o'z tarbiyasiga olishi zarurligini ta'kidlagan. 


    Xuddi shu maqsadda butun bir maxsus muassasalar tizimini tashkil etishni taklif etgan. Xorvatning 
    taklifi bir necha yo'nalish bo'yicha diqqatga sazovordir.
    Birinchidan, bu kompleks xarakterdagi ish bo'lib, biron bir psixonevrologik kasallik 
    nazardan chetda qolmagan. Ikkinchidan, bu rejada qattiq ketma-ketlikning bir necha bosqichi 
    nazarda tutilgan. 
    1. Kasallik diagnostikasi (tadqiqot darajasi); 
    2. Kasallarni davolash (amaliy tibbiy darajasi); 
    3. Kasallarni tarbiyalash va ta'lim berish (amaliy ta'lim darajasi). 
    Birinchi darajani psixologik laboratoriya, ikkinchi darajani maxsus davolash muassasasi
    uchinchi darajani maktablar amalga oshirishi ko'zda tutilgan. Turkistondagi muassasalardan biri 
    «o'zbek davlat ilmiy tadqiqot instituti», hozirgi Qori Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy 
    tadqiqot instituti 1929 yili tashkil qilingan bo'lib, hozirgi kunga qadar bu institute o'qitishning 
    pedagogik kontseptsiyalarini, maktab va maktabgacha tarbiya muassasalarida ta'lim- tarbiya 
    nazariyasini yaratuvchi yagona markaz hisoblanadi. 30-yillar boshlarida institut
    tarkibida quyidagi kabinetlar mavjud bo'lgan: 
    1. Sotsial gigiena. 
    2. Iqtisod. 
    3. Pedalogo pedagogik. 
    4. Psixologik laboratoriya. 
    Institut tashkil bo'lgan vaqtdan boshlab yerli xalq xususiyatlari va ijtimoiy muhitni chuqur 
    tadqiq qilish, bolalarning psixologik ijtimoiy-madaniy xususiyatini hisobga olgan holda darslarni 
    yaratish bilan shug'ullandi. Institut faoliyatining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat edi: 
    1. Ilmiy eskpeditsiyalar uyushtirish; 
    2. Bolalar xarakterini o'rganish; 
    3. Pedagogik kadrlar tayyorlash. 
    Ushbu institutning faoliyati Bendrikov, Zavarova, Yusupov, Tokanaev, Debenzov, 
    Mirsharipov, Muhiddinov kabi olimlarning nomlari bilan chambarchas bog'liq. 30 yillarda bu 
    institutda jahon psixologiya faniga katta hissa qo'shgan olimlardan biri Aleksandr Romanovich 
    Luriya ishlagan. U institut doirasida o'tkazgan tadqiqotlari asosida keyinchalik “Bilish 
    jarayonlarining tarixiy taraqqiyoti haqida” degan asarini nashr qildi. O'zbekistonda psixologiya 
    fanining shakllanishiga katta hissa qo'shgan olimlardan yana biri P.Ivanov hisoblanadi. 1927 yil 
    Samarqanddagi o'zbek pedagogika institutida (pedakademiya) eksperimental psixologiya 
    laboratoriyasini tashkil qilgan. 1940 yilda u pedagogika institutlari talabalari uchun 
    psixologiyadan birinchi o'quv qo'llanmasini nashr qilgan.
    Keyinchalik 1934 yili Samarqand pedagogika institutining o'zbek davlat universitetiga 
    aylanishi munosabati bilan Ivanov o'z laboratoriyasi bilan Nizomiy Nomidagi Toshkent Davlat 
    pedagogika institutiga ko'chib o'tadi. Pedagogika o'quv muassasalarida ilmiy pedagogik 
    potentsialning yetishmasligi tufayli dastlabki psixologiya darslari tarjimonlar yordamida olib 
    borilgan keyinchalik bu tarjimonlarning o'zlari mustaqil ravishda psixologiyadan o'zbek tilida 
    ma'ruzalar o'qiy boshlashgan. Aliasqar Usmonov, Toxiriyxon Askarxo'jaev, Bayburova, 
    Rahmatova va boshqalar psixologiya o'qituvchilari bo'lishgan. Ivanovning (1891-1968 yillar) 
    psixologiyadan 75 dan ortiq ilmiy ishlari nashr qilingan. Uning 1927 yilda nashr qilingan 
    «Umumiy pedagogika» bo'yicha qisqa ocherk, «maktabshunoslik» tarbiyaning umumiy metodlari 
    40-yillar va 54-
    yillarda «Umumiy psixologiya», 62
    -
    yilda «Ta'limning psixologik asoslari» kabi 
    asarlari


    O'zbekistonda psixologiya fani rivojlanishiga juda katta hissa qo'shdi. SH.A. Bayburova, 
    Usmonov kabilar bevosita uning rahbarligida faoliyat ko'rsatishdi. 1959 yil uning rahbarligida 
    M.G.Davletshin, Bekboev, Muzaffarovlar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishdi. 1963 yil 
    O'zbekistonda psixologiyadan birinchi bo'lib Krasnoboev Il`ya Berovich (1896-1963) Toshkent 
    Davlat universiteti filologiya fakul`teti logika va psixologiya kafedrasi mudiri «Yuqori sinf 
    o'quvchilarida e'tiqod, axloqiy tushunchalarning shakllanishi» mavzusidagi doktorlik ishini 
    himoya qilgan. Krasnoboevning ilmiy faoliyati 20-yillarda O'zbekistonda tadqiqotlar bilan bog'liq.
    Uning rahbarligi ostida logika va psixologiya kafedrasi a'zolari: 3.Mo'minova, V.YA. 
    Maros, A. Abdusattorov, V.I.Sofer, A. Gulyamov, R.V. Gulyamovlar turli xil ob'ektlarda 
    psixologiya va logika bo'yicha ilmiy tadqiqotlarini olib borganlar. Bu tadqiqotlar O'zbekistonda 
    xalq ta'limi bilan bog'liq muammolarni hal qilishga yordam berdi. M.Vohidov (1927-1989 yillar) 
    1955 yilda Leningradda nomzodlik ishini himoya qilgan. U dastlab Andijon pedagogika 
    institutida, so'ngra Qori Niyoziy nomidagi pedagogika ilmiy tadqiqotlar institutida ishlagan.
    1966 yil Toshkent Davlat universiteti psixologiya kafedrasi mudiri etib saylangan. Zinin, 
    L.I. Sofer ishtirokida va markazning iste'dodli olimlari yordamida bu yerda o'quv eksperimental 
    laboratoriya tashkil qilingan. M.Vohidov tomonidan maktabgacha pedagogika bilim yurtlari 
    uchun, pedagogika institutlari uchun darsliklar yozilgan, oxirgi yillarda M.Vohidov, 
    A.Petrovskiylar tahriri ostidagi «Umumiy psixologiya» darsligi tarjima qili
    ngan va ayni paytda 
    milliy va mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda o'zbek tilida darslik yaratish bilan 
    mashhur bo'lgan. 
    Davletshin Muhammad Gabdulgalimovich 1923 yilda tug'ilgan. Toshkent Davlat 
    Universitetining psixologiya kafedra mudiri, psixol
    ogiya fanlari doktori, 1957 yilda ««5» va «7» 
    sinf o'quvchilarida texnik qiziqishlarning shakllanishi» mavzusida nomzodlik, 1971 yil 
    «O'quvchilarni texnik qobiliyatlar psixologiyasi» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya 
    qilgan.
    M.G.Davletshin rahbarligida, uning bevosita maslahatlari yordamida O'zbekistonda 100 dan 
    ortiq nomzodlik va doktorlik ishlari himoya qilingan. O'zbekistonda turli xil muammolar bo'yicha 
    umumiy, yosh psixologiyasi, sotsial psixologiya bo'yicha F.S. Ismoilova, D.Z. Zaynobiddinov, 
    Majidov, I.Mahmudov, L.K. Saitov, M.I. Musaeva, V.G. Gorobets, D.D. Sharipov, R.K. 
    Shohnazarov, J.U. Mavlonov, V.Majitova, M.I.Sagatov, D. Egamberdieva, G. Abdusamatov, K. 
    Sobirov, A. Sindarov va boshqa olimlar ilmiy izlanishlar olib borganlar. Bundan tashqari turli 
    mavzularda 25 ta ish himoya qilingan. Bulardan nutq psixologiyasi bo'yicha 7 ta ish: (P.P Zamin, 
    N.N. Nigmatov, A.I. Arjonova, X. Ochilova va boshqalar), xotira psixologiyasi bo'yicha 4 ta ish: 
    (P.I. Ivanov, M.V. Voxidov, X.M. Gafurova, V.P. Ivanova); diqqat bo'yicha M.X. Rahmonova; 
    ta'lim-tarbiya bo'yicha 14 ta ish (G'oziev, Qodirov, Rasulov, Usmonova, Krasnoboev, Tokareva 
    va boshkalar); 
    Mehnat psixologiyasi bo'yicha 4 ta ish (Turg'unov, Sotiboldiev, Yeliseev, Xolmatov); shaxs 
    mavzusi bo'yicha 3 ta ish (G'ofurov, Saidullaev, Shakovolov); differentsial psixodiagnostika 
    bo'yicha 1 ta ish (Madmarov); yuridik psixologiya bo'yicha 2 ta ish (Ibragimova, Zapryagaev); 
    sport psixologiya bo'yicha 3 ta ish (Gapparov, A.Gaynutdinov, R.Gaynutdinov); neyropsixologiya 
    bo'yicha 1 ta ish (Bobojonova); psixologiya tarixi bo'yicha (S.Raximov) sotsial psixologiya 
    bo'yicha 3 ta ish (Karimova, Abdumo'minov, Tursunov) va boshqa turli psixologiyani bo'limlari 
    bo'yicha ko'pgina olimlar ish olib borib, O'zbekistonga psixologiya fanini olib kirib, to'laligicha 
    ochib berdilar. 
    Hozirgi kunda O'zbekistonda psixologiya tarmoqlari kuchayib, unga katta e'tibor 
    berilmoqda. Hozirgi yetishib chiqqan barcha olimlarimiz O'zbekistondagi psixologiyani chet 


    mamlakatlar psixologiyasi kabi yuqori cho'qqiga chiqishida katta hissa qo'shishga intilmoqdalar. 
    Odamlar ongiga esa milliy psixologiya asosida, ya'ni milliylik ruhida tarbiyalab, ularni ongiga 
    psixologiyani sindirmoqdalar. O'zbekistonda psixologiya fanining hozirgi ahvoli ilgarigidan ancha 
    rivojlangan. Chunki bu fanni o'qitish bo'yicha muassasa tayyorlov kurslari va markazlar ochilib 
    kishilar ongiga yetib bormoqda. O'zbekistonda psixologiya fanini rivojlanishida B.Qodirov, 
    G'.Shoumarov, V.Karimova, M.Vohidov, M.Davletshin, E.G'oziev va boshqa olimlarning hissasi 
    katta. Hozirgi kunda psixologiya fani ham o'z tarmoqlarini rivojlantirmokda. Xulosa qilib 
    aytganda, psixologiya fanini rivoji odamlar hayotiga ya'ni yashash tarziga o'z ta'sirini 
    ko'rsatmoqda. 

    Download 1,35 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70




    Download 1,35 Mb.
    Pdf ko'rish