150
Bo’yoq turlari
Har bir bo’yoqning fasad uchun
ishlatishga mos keladigan
taraflari bor. Vinil bo’yoq asta-sekinlik bilan o’z o’rnini akril
bo’yoqlariga bo’shatib berdi. Vinil bo’yoqlar suvda eritiladi.
Biroq
bunday bo’yoq bilan bo’yalgan yuzada mog’or paydo bo’lishining
xavfi bor hamda kimyoviy moddalar zarar yetkazishi mumkin.
Akril bo’yoqlarining asosini organik smola tashkil etadi.
Bo’yalgandan keyin rangi ham, yorqinligi ham uzoq turadi.
Akril-
silikonli bo’yoqlar bu ikki tur bo’yoqlaning xususiyatlarini o’zida
mujassamlashtiradi. Bunday bo’yoqlar tashqi ta’sirlarga va
ishqalanishga chidamlidir.
1
-
rasm. Bo’yoqlar.
Silikonli bo’yoqlarning asosiy fazilati - gidrofob xususiyatga ega
ekanligi, ya’ni yomg’ir suvini o’zidan itarib, devorga singib ketishiga
yo’l qo’ymaydi. Bu narsa fasadlarni yemirilish va ifloslanishdan
himoya qiladi. Silikatli bo’yoqlar ob-havo sharoitiga bardoshli, ularga
zamburug’ va mog’or xavf sololmaydi. Biroq bu bo’yoqni
keyingi
bo’yash jarayonida ketkazish qiyindir.
Polikremniyli bo’yoq - silikatli bo’yoqning mukammallashgan
turidir. U yuqori darajadagi havo o’tkazish xususiyati hamda namlikka
chidamliligi bilan ajralib turadi. Sementli bo’yoq suv bilan eritiladi. U
yaxshi
sifatga ega, biroq asosan pastel, ya’ni
och aralash tusdagi
ranglari taqdim qilingan.
151
Duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar va bo’yoqlar turlari,
xususiyatlari hamda ishlatilish sohalari duradgorlikda yasaladigan
buyumlarning barcha tirnoqli birikmalari yelim bilan birlashtiriladi.
yelim yog’och to’qimalari orasidagi bo’shliqlarga kirib qotadi va shu
tariqa yelimlanayotgan sirtlar son-sanoqsiz
iplar bilan tikilgandek
bo’ladi. Bunda o’zaro biriktirilayotgan sirtlar orasida yupqa yelim
plyonkasi vujudga keladi. Duradgorlik
buyumining mustahkamligi
ana shu plyonkaning qattiqligiga bog’liqdir. Shuningdek,
yelimlashning
mustahkamligi
yopishtirilgan
sirtlarga
yelim
eritmasining
bir xil singishi, ana shu sirtlarning zichlashib turishiga
ham bog’liq bo’ladi. taxta yelimi va kazein yelimi duradgorlikda eng
ko’p ishlatiladi.