153
To’ldirgichlar lok-bo’yoq materiallar
tarkibiga quruq qoldiq
miqdorini
oshirish
va
asosiy
tarkiblarni
tejash
maqsadida
qo’shiladigan kukunsimon inert moddalardir. Ular erituvchilarda va
parda hosil qiluvchi moddalarda erimaydi va bo’kmaydi.
To’ldirgichlar o’zining kimyoviy tarkibiga ko’ra bir necha gruppaga
bo’linadi: oksidlar, gidroksidlar,
karbonatlar, silikatlar va sulfatlar.
Oksidlar (qumtuproqli to’ldigichlar). Bu gruppadagi materiallarning
asosiy qismi bo’lib, kremniy oksid SIO
2
-qumtuproq xizmat qiladi.
Ular tabiiy va sintetik bo’lishi mumkin. Tuyilgan chang ko’rinishdagi
kvars va diatomit tabiiy qo’mtuproqdir. Adabiyotlarda diatomitlar
kizelgur, infuzor tuproq degan nomlar bilan ham yuritiladi. A-175, A-
300, A-380 markali aerosil va ADEG markali aerosillar (TU 601-
923-74) eng ko’p tarqalgan sun’iy qumtuproqlarning tipik vakillaridir.
Yuqori disperslik ularning o’ziga xos xususiyatidir.
Silikatlar. Bu gruppalarga mansub to’ldirgichlarga kaolin va
yanchilgan talk kiradi. Kaolin - oq rangli kukunsimon modda.
U eng
arzon to’ldirgichdir. Kaolin moyli emallar va bo’yoqlarda,
shuningdek, shpatlyovka, g’ovak to’ldirgichlar tayyorlashda keng
qo’llaniladi. Kaolin tarkibli parda qatlamlar qotganidan keyin yaxshi
jilvirlanadi. Yanchilgan talk tog’ jinslarining maydalangan mahsuloti
bo’lib, uning kimyoviy tarkibi asosan magniy silikatdan 3MgSiO
3
-
5N
2
O iboratdir. U oq rangli kukun. Talk bo’yoqlarnipg oquvchanligini
rostlash,
parda qatlamni kirishishga, tirnalishga bo’lgan puxtaligini
oshirish uchun qo’shiladi. Talk grunt va shpatlyovka tarkibida ham
bo’ladi. Parda hosil qiluvchn moddalar va pardozlash tarkiblarining
boshqa komponentlarini eritish uchun ishlatiladigan suyuqliklar
erituvchilar deb ataladi. Erituvchilar yordamida pardozlovchi tarkiblar
ishga yaroqli holatga keltiriladi.
Shunday erituvchilar borki, ular
tarkibning boshqa komponentlarnga nisbatan kimyoviy aktiv bo’ladi.
Masalan, stirol poliefir loklarga qo’shilganda reaksiyaga kirishadi va
parda hosil qiluvchiga aylanadi. Parda hosil qiluvchi moddalarni
(asosiy komponent) mustaqil ravishda eritmasdan uning eritmasini
oson suyultiradigan suyuqliklar erituvchilardan farqli ravishda
suyultiruvchilar deb ataladi. Shartli
ravishda shunday deb ataladi,
chunki bir parda hosil qiluvchi modda uchun suyultirgich boshqa
parda hosil kiluvchi modda uchun erituvchi vazifasini o’tashi
mumkin. Yuzaga surkalgan lok-bo’yoq qoplamalar suyuq holatdan
qattiq holatga o’tganda erituvchilar va suyultiruvchilar parda
154
qatlamdan chiqib (bug’lanib) ketadi. Lok-bo’yoq materiallar
tarkiblarida erituvchilar miqdori 80% gacha bo’lishi mumkin. Lok-
bo’yoq material tarkibidan qancha ko’p eritgich molekulalari burlapib
ketsa, bu tarkiblar shunchalik foydasiz bo’ladi,
atmosferaga shuncha
ko’p zaharli moddalar ajralib chiqadi. Tarkibida kimyoviy aktiv
erituvchilari bo’lgan lok-bo’yoq materiallar eng tejamli va eng
zararsiz hisoblanadi, masalan stirol tarkibli poliefir loklari atigi 3-4%
erituvchi - stirolni yo’qotadi, xolos. Erituvchilarga qator talablar
qo’yiladi: ular lok-bo’yoq materialdagi parda hosil qiluvchi moddani
yaxshi eritish, lok-bo’yoq parda
qatlamidan tez uchib ketish
xususiyatiga ega bo’lishi, yong’in chiqishi jihatidan xavfliligi va
zaharligi juda past, himoya qatlamida hid bo’lmasligi, uncha qimmat
va kamyob bo’lmasligi lozim. Organik erituvchilar yengil, o’rtacha va
qiyin uchuvchan bo’ladi. Yengil uchadigan erituvchilarning qaynash
temperaturasi 60-80°C, o’rtacha uchadiganiniki 80-110°C, qiyin
uchadiganiniki esa-110°C dan ortiq bo’ladi. Pardozlash muddatini
qisqartirish uchun lak-bo’yoq tarkibidagi
erituvchi miqdori tez
bug’lanib ketsa ham yaxshi emas, bunda parda qatlamda oq dog’lar
(nuqtalar) paydo bo’ladi. Shu sababli tez bug’lanadigan erituvchilarga
sekin bug’lanadigan erituvchilar qo’shib aralashtiriladi. Erituvchilar
a’zosining asosiy vazifasidan tashqari pardozlash mashina
uskunalarini yuvib tozalash uchun ham ishlatiladi Erituvchilar.
Amilatsetat 115-150°C da qaynaydigan,
nok essensiyasi hidi
keladigan rangsiz, tiniq suyuqlik. Chaqnash temperaturasi 25°C;
zichligi 0, 860-0,888 g/sm3. Unda nitrotsellyuloza yaxshi eriydi. Shu
sababli u nitroloklar uchun muhim erituvchi bo’lib hisoblanadi.