Tosh – tosh o’ymakor ustalarning asosiy ish materialidir.
Tizimlilik – fan bir-biri bilan bog‘lanmagan qismlardan tashkil topgan
emas. U o‘ziga xos tartibga egadir;
To’ldirgichlar –
lok-bo’yoq materiallar tarkibiga quruq qoldiq
miqdorini oshirish va asosiy tarkiblarni tejash maqsadida
Qo’shiladigan kukunsimon inert moddalardir.
Chilmixi parma – pichoqchilikda ishlatiladigan parma turlaridan biri
bo’lib Andijonda, Marg’ilon va Qo’qonda chilmixiparma deb
yuritadilar. Namanganda chilmixiparma, Chimboyda chirmov
parma deb yuritiladi. U pichoq dastasiga chilmixlar qoqiladigan
joyni teshuvchi asbob.
Tishli g`ildiraklar – gardishiga tishlar yo’nalgan g`ildiraklar
shaklidagi detallar. Ularning tishlari bajaradigan vazifasiga
muvofiq turli shakllarda bo’ladi. Tishli g`ildiraklar aylanma
xarakatni uzatishga xizmat qiladi.
Tayanch – bir yoki bir necha detalni kerakli xolatda o’rnatish, tutib
turish uchun xizmat qiluvchi detal.
Teshik – detalning turli shakldagi o’yiqlari. Teshiklar bajarilishiga
ko’ra ochiq yoki bir tomoni yopiq, shakliga ko’ra rezbali yoki
rezbasiz, faskali, faskasiz, stilindrsimon, ovalsimon va boshqa
shakllarda bo’ladi.
Turunj – tuxumsimon, ovalsimon jimjimador har xil bezakli naqsh.
Universallik – tadqiq etilayotgan ob’ekt to‘g‘risida mavjud bilimlarni
ular qanday olingan bo‘lsa, shunday holatga taqdim etadi;
Umum ahamiyatlilik – olingan bilimlar barcha insonlar uchun
foydalidir, chunki fan tili yagona bo‘lib, u odamlarni
birlashtirishga harakat qiladi;
Vint – bir uchida rezba yo’nilgan, ikkinchi uchida kalak bo’lgan
biriktirish detali. Vintlarning kallagi chiqib turadigan. Yarim
264
yashiriladigan, yashiriladigan hamda atvyortka yoki gayka kalitlari
bilan burashga moslashtirilgan turli shakllarda bo’ladi. Vint
rezbasini biriktirilayotgan detaldagi rezbali teshikka burab kiritish
orqali maxkamlash uchun ishlatiladi.