127
14.2. Val va o`qlarni ta`mirlash
Val va o`qlar o`ta yuqori yuklanish, tiqilib qolish, ishqalanish,
moylash sifati pastligi yoki umuman moylanmasligi,
hamda
ishqalanish yuzasiga begona jismlarning tushib qolishi natijasida
yeyiladi. Yeyilish va nuqsonlarning xarakterli turlari quyidagilar: val
egilishi, bo`yinchasining yeyilishi, rezba va moylash teshiklarining
ishdan chiqishi,
darz ketishlar, shponka ariqchasining yeyilishi,
buralish deformatsiyasiga uchrashi va b.
Zarbali yuklamada ishlayotgan val diametrining 5 % gacha,
zarbasiz yuklamada ishlayotgan val o’lchamining 10 % gacha yelilsa,
yoki val buralish deformatsiyasiga uchrasa, unda val ta’mirga yaroqsiz
hisoblanadi. Ta`mir markaziy teshiklarni parma bilan tiklashdan
boshlanadi. Ozroq ovallikni, timdalanishni ishqalash yordamida
yo`qotiladi. Agar val bo`yinchasining oldingi o`lchamiga
keltirish
kerak bo`lsa, unda avvaliga tokarlik dastgohida mexanik ishlov berish
yo`li bilan tekislanadi, shundan keyin epoksid elim yoki presslash
bilan vtulkalar o`rnatiladi va yana mexanik ishlov beriladi. Shu
maqsadda yana metallizatsiya, metallni eritib quyish, xromlash va
boshqa usullarni qo`llash mumkin. Shponka ariqchasi yeyilsa bu
ariqchaga metall eritib quyiladi va yuzasi tokarlik dastgohida mexanik
ishlov
beriladi, undan keyin frezerlik dastgohida ariqcha turgan
yuzaning qarama-qarshi yuzasida yangi shponka ariqchasi ochiladi.
Bu usullar valda egrilik bo`lmagan holda qo`llaniladi, aks holda,
dastlab egrilik to`g`rilanadi. To`g`rilash sovuq yoki issiq holatda
tokarlik dastgohida ko`targich va boshqa uskunalar yordamida yoki
pressda
bajariladi
Transport vositalarning texnik holatini o`zgarishi uning tarmoq
va mexanizmlarini ishlash sharoiti, tashqi muhit ta`siri va
avtomobillarni saqlashga hamda tasodifiy omillarga bog`liq. Tasodifiy
omillarga avtomobil detallarini yashirin nuqsonlari konstruktsiyani
toliqishi
va
boshqalar
taalluqlidir.
Ekspluatatsiya
sharoitida
avtomobillarni texnik holatini o`zgarishiga asosiy sabablardan
yеyilish,
plastik deformatsiya, charchashdan shikastlanish, korroziya
(zanglash) hamda detal materialini fizik-kimyoviy o`zgarishidir
(eskirishi).