I Bob. Tuproq evolutsiyasi va biogeotsenozdagi ahamiyati haqida.
Litosfera(litos-tosh, sfera-shar, qobiq)deganda yerning 30-80 km. qalinlikdagi qattiq qobig’i tushuniladi. Jamiyat rivojlanadigan asos- yer po’stida mikroorganizmlar 3-5km chuqurlikkacha uchraydi. yer usti va yer osti hozirda faol o’zlashtirilgan. Hozirda litosferada yer osti qazilmalari 10 km.gacha bo’lgan chuqurliklardan olinishi mumkin. XXI asrga kelib insoniyat litosferaga mislsiz ta’sir ko’rsatmoqda. Shaharlar ostida yer osti shaharlari bunyod qilingan, chiqindixonalar, omborxonalar mavjuddir. yer ostida yadro quroli sinovlari o’tkaziladi.
Yer resurslari insonlar hayotida hal qiluvchi rol o’ynaydi. yer insonlar bevosita yashaydigan asos, qishloq ho’jalik mahsulotlari etishtiriladigan zamin hisoblanadi.
Quruqlikning umumiy maydoni 148000 mln.ga ni tashkil qiladi. Shundan 4060mln.ga(28%) ni o’rmonlar, 2600 mln.ga(17%)ni o’tloq va yaylovlar, 1450 mln.ga(10%) haydaladigan yerlar va 6690 mln.ga(45%)ni-cho’l, chala cho’llar, muzliklar, shahar, qishloqlar Erlari va boshqa maqsadda foydalanadigan yerlardir. yer yuzida dehqonchilik maqsadlarida ishlatiladigan yerlar mavjud Erlar hududining 10%ni tashkil qiladi va dunyo aholisi jon boshiga 0,5 ga dan to’g’ri keladi.
|