Tuproqning tuz rejimiga o‘simliklarning reaksiyasi




Download 199,04 Kb.
bet14/29
Sana20.03.2021
Hajmi199,04 Kb.
#13311
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
3.2Tuproqning tuz rejimiga o‘simliklarning reaksiyasi.

Makro va mikro elementlarningo‘simliklar uchun ahamiyati

Tuproq eritmasidagi makro va mikro elementlarni o‘simliklarning hammasi ham bir xilday qabul qilolmaydi. Tuproqda mikroelementlar juda kam miqdorda bo‘ladi. SHu sababli ba’zan ularni kimyoviy analiz bilan ham aniqlash qiyin. SHunga qaramasdan o‘simliklar bu xil mikro­elementlarni tuproqdan olib o‘z tanasida saqlash xususiyatiga ega. Masa­lan, qoqio‘tdoshlar, ayiqtovondoshlar oilalariga kiruvchi o‘simliklar tar­kibida litiya ko‘proq, astragal, selen, el, ѓo‘za barglarida marganets ko‘p uchraydi. Suvdagi suvo‘tlarda yod va brom ko‘p uchraydi. Masalan, Laminariya o‘simligi tarkibida yodning miqdori 0,1-0,5% uchragan holda dengiz suvida esa bu ko‘rsatgich 0,000005% ga teng. Karamgullilar va soyabon­gullilar oilalariga kiruvchi o‘simliklarda olitingugurtning miqdori boshqa oila vakillariga qara­ganda 5-10 barobar ko‘pdir. Rux (Viola) binafsha tarkibida uchrasa lav­lagi, kartoshka, paxta tarkibida kaliy, magniy, tilog‘och va sho‘radoshlar oilasi vakillarida ko‘pincha soda ko‘proq uchraydi.

T.F.Morozovning (1943) yozishicha daraxtsimon o‘simliklar o‘t o‘sim­liklariga qaraganda mineral moddalarni 10-15 barobar kamroq qabul qilishadi. Daraxt o‘simliklar fosfor va kaliyni juda ham talab etgan­liklari sababli ular qishloq xo‘jalik ekinlari o‘smaydigan unumsiz tu­proqlarda ham bemalol yashayveradilar. Bunday holatga, ayniqsa, qaraѓay o‘ta chidamlidir.

O‘simliklarning yoshi o‘tishi bilan ularning mineral moddalarga bo‘lgan talabi o‘zgarib boradi. Daraxtsimon o‘simliklarda azot va mine­ral moddalarga bo‘lgan talabi ularning o‘sishi davrida kuchli bo‘lsa g‘al­lasimon o‘simliklarda esa naychalash va boshoq hosil bo‘lishi davrida bo‘ladi. Yem-xashak o‘simliklarida bu ko‘rsatkichga talab gullash va gul­lashdan oldin kuzatiladi. Tuproq unumdorligiga nisbatan o‘simliklar quyidagi guruhlarga bo‘linadi.

1. Evtrof o‘simliklar - unumli tuproqlarda o‘suvchi o‘simliklar (yasen, zarang, dub va boshqa daraxt o‘simliklar).

2. Oligotroflar o‘simliklar – tuproq unumdorligiga kam talabchan o‘simliklar. Bu guruhga daraxtlardan oddiy qaraѓay kiradi.

3. Mezotrof o‘simliklar - kam unumli tuproqlarda o‘suvchi o‘simliklar bu guruhga o‘tloq va o‘rmon zonasinig o‘simliklari kiradi.

O‘simlik uchun eng muhim kimeviy elementlar bular azot, fosfor va kaliydir. SHuning uchun o‘simliklarga o‘ѓit berganda kompleks, ya’ni NPK (azot, fosfor, kaliy) beriladi.

Azot o‘simliklarda oqsil, nuklein kislotalari va xlorofil tarkibiga kirganligi sababli u hamma o‘simliklar uchun eng kerakli muhim element hisoblanadi. Azot etishmasa o‘simliklar bargi och yashil rangda bo‘ladi. Bundan tashqari o‘simliklarni o‘sishi va rivojlanishini tezlashtiruvchi va moddalar almashuvida aktiv ishtirok etuvchi garmonlar tarkibida ham bo‘ladi. O‘simliklar uchun azotning manbai nitratlar, am­moniy tuzlari va azot to‘plovchi bakteriyalar hosil qiladigan biolo­gik azotlardir. Azot etishmaganda ѓallasimon o‘simliklarda quyidagi o‘zga­rishlar bo‘ladi: poyalari ingichka, barglar kichik va daѓal, ularning hu­jayralari mayda va hujayra po‘sti qalin bo‘ladi. YOsh barglar och yashil rangda, biroq qarigan barglar sariq, qizil ranglarga kira boshlaydi. O‘simlik­ning o‘sishi va tuplanishi juda sust bo‘ladi. Bu hollarda azot berish tav­siya etiladi.

Azotning ko‘pligi ham o‘simliklarga zarar keltiradi. Ya’ni azot ko‘p bo‘lib, kaliy va fosfor etishmasa o‘simliklarda yupqa po‘stli katta va ko‘p suvli barglari hosil bo‘ladi. Bu o‘simliklar bargida azot konsen­tratsiyasi kuchli bo‘lib, bu xil o‘simliklar sovuqqa chidamsiz va hasharotlar tomonidan ko‘proq zararlanadi.

Ekiladigan bug’doy, arpa, javdar, suli va shu kabi boshqa don ekin­lari azot o‘ѓitlariga nisbatan o‘rtacha talabchan bo‘ladi. Azot ko‘p be­rilsa o‘simliklarda gullash va don etilishi kechikadi, hosil ka­mayadi. Bi­roq makkajo‘xori, jo‘xori va shu kabi boshqa xil don ekinla­rining gul­lashi don etilishi va hosildorligi azot ko‘p berilganda to‘lishadi va or­tadi.

Azot qand lavlagi bargining o‘sishini tezlashtirsa ham uning ildiz mevasidagi qand miqdorini pasaytiradi.

Fosfor - xuddi azotdek o‘simliklar uchun eng muhim kimyoviy ele­ment bo‘lib, u ham nuklein kislotalar tarkibiga kiradi. YOsh meristi­matik hujayralarda keksa hujayralarga qaraganda fosfor ko‘p bo‘ladi. Bundan tashqari fosfor modda almashinish va fotosintez jarayonla­rida ham muhim rol o‘ynaydi. YUqori energiyaga ega fosforlar ko‘pincha ATF da bo‘ladi. Fosfor etishmasa o‘simliklarning rivojlanishi su­sayadi. Ya’ni ildiz, poya va barglari rivojlanmaydi. Poyasi ingichka, barglari daѓal bo‘lib, rangi ko‘k yashil bo‘ladi, Antotsion pigmentlari­ning ko‘pligidan barglari ba’zan bronza rangda bo‘ladi. To’planish in­tensivligi va meva beradigan poyalari keskin qisqaradi. Fosfor ko‘pincha o‘simliklarga ekishdan yoki ko‘chatni o‘tkazishdan oldin beri­ladi.

Kalsiy etishmasa ildiz yaxshi rivojlanmaydi. To‘qimalar tarki­bida kalsiy ko‘payib ketsa, o‘simliklarning magniy va kaliy element­larini pasaytiradi. Kalsiyga bo‘lgan talabga ko‘ra o‘simliklar quyidagi gu­ruhlarga bo‘linadi:

Kalsiefillar - kalsiy ko‘p bo‘lgan tuproqlarda o‘sadigan o‘sim­liklar (bo‘takuz, astra, daraxtlardan buk, tilog’och, oddiy archalar).

Kalsiefoblar - kislotali tuproqda o‘suvchi o‘simliklar (torf mox­lari, choy, kashtan).

Kalsiyga nisbatan indefferent o‘simliklar (befarq o‘simliklar). Bular kislotali tuproqda ham, ohakli tuproqlarda ham o‘saveradi (lan­dish).

Magniy. Xlorofil va ribosomalarning tarkibiga kiradi. U o‘simlik­larda fosfatlarning aktiv harakatida ishtirok etadi.

Temir. Bu tuganak bakteriyalarning erkin azotni o‘zlashtirish jarayo­nini tezlashtiradi. Tok, mevali daraxtlarda dekorativ o‘simliklarda te­mir etishmasa ularda xloroz kasalligi paydo bo‘ladi. YA’ni ularning barglari och - sariq yoki pur-pur rangga kirib qoladi.

Mikroelementlar. Azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy va shu kabi makroelementlardan tashqari o‘simliklarga kam miqdorda kerak bo‘lgan mikroelementlar ham bor. Bularga marganets, bor, kumush, rux, kobalt va boshqalar kiradi. Bu elementlar tuproqda ko‘p miqdorda uchrasa o‘simlik­lar uchun zaharli ham bo‘lishi mumkin, shuning uchun ular o‘simliklarga gektariga grammlar ba’zida kilogramm bilan beriladi.

Marganets. Bu nafas olish va fotosintez jarayonlari uchun zarur ele­ment. Barg va ninasimon o‘simliklar bargidagi xloroplastlarda marga­netsning miqdori, ayniqsa, ko‘p bo‘ladi. Nafas olish va fotosintez jarayo­nida ishtirok etuvchi fermentlar tarkibida ham marganets ko‘p bo‘ladi. Marganets aminokislotalar, proteinlar, vitaminlar, polepeptidlar va shu kabi boshqa xil birikmalarni sintez qilishda ishtirok etadi (YA.V.Peyve, 1974).

Bor. Bu oqsillar, nuklein kislotalar, lipidlar, polisaxaridlarga o‘xshash biopolemerlar hosil qilishda ishtirok etadi. (E.A.SHerstnev, 1974). Bu biopolimerlar hujayraning muhim komponentlari bo‘lmish hujayra membranalari, ribosomalarning tarkibiy qismiga kiradi. De­mak, bor etishmasa bu strukturalarning hosil bo‘lishi buzi­ladi va sekin asta o‘simliklar o‘sish va rivojlanishdan to‘xtab halok bo‘lishadi.

Mis. Bu ko‘pchilik fermentlar tarkibiga kirib nafas olishni kuchay­tiradi, mis etishmasa fermentlar va nafas olish aktivligi pa­sayadi, nuklein kislotalar biosintezi susayadi (Paribak, 1974) va hokazo. Ko‘pchilik begona o‘tlar madaniy o‘simliklarga qaraganda ko‘proq o‘z to‘qimalarida mis to‘playdi. SHuning uchun ham AQSH da mak­kajo‘xori ekish uchun erni tayyorlaganda avval begona o‘tlar o‘stirilib, keyin haydab tashlanadi. Ko‘pincha gektariga 7-10 kg mis berish maqsadga muvofiqdir.

Mis oksidlanish va qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etuvchi fer­mentlar tarkibida bo‘ladi.

SHo‘rlangan tuproqda o‘suvchi o‘simliklarning ekologik xususiyatlari


Download 199,04 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Download 199,04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tuproqning tuz rejimiga o‘simliklarning reaksiyasi

Download 199,04 Kb.