• III-bob Tuproqda o’simliklarning tarqalishi
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya kafedrasi




    Download 199,04 Kb.
    bet13/29
    Sana20.03.2021
    Hajmi199,04 Kb.
    #13311
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
    Geobiontlartuproqda doim yashovchi yomg’ir chuvalchang­lari (Lymbricidae) va qanotsiz hasharotlar (Aptervgota) vakillari.

    Geofillar — bu guruhga rivojlanishning bir sikli yoki fazasi tuproqda o’tadigan hayvonlar, ularga hasharotlardan chigirtkalar (Acridoidea), qator kurtlar (Carabidae, Elateridae), pashshalar hisoblanadi.



    III-bob Tuproqda o’simliklarning tarqalishi

    Biosferada organizmlarning hayotiy jarayonlarini normal amalga oshirishi uchun atrof muhitning barcha omillari turli darajada ta’sir ko’rsatadi, ahamiyatga ega. Tuproqning tirik organizmlar (mikroorganizmlar, zamburug’lar, hayvonlarva inson ) ning hayotida katta ahamiyatga ega shu bilan bir qatorda yashil belbog’ hisoblanadigan o’simliklarning ham biosferada mavjudligini, ularning o’sishi, rivojlanishi ozuqa zanjirida ishtirok etishi va tabiatning abiotik omillari bilan bog’lanishini tuproqsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. O’simliklar o’sish va rivojlanish oziqlanish va boshqa hayotiy jarayonlarini tuproq orqali amalga oshirar ekan , tuproqning xususiyatlari o’simliklarning hayotiy xususiyatlariga ta’sir etmay qolmaydi. Biz quyida tuproq muhiti , uning tarkibi va turli xususiyatlari o’simliklarga ko’rsatadigan ta’siri, tuproq xususiyatlariga nisbatan o’simliklarda hosil bo’lgan moslanishlarni ko’rib o’tamiz.
    3.1. Tuproqning kislotali muhitiga o‘simliklarning munosabatlari

    Tuproq (kislotali, neytral, ishqorli) eritmasi tuproqdagi mikro­or­ganizmlar holatiga va miqdoriga va ular orqali yashil o‘simliklarning oziqlanish rejimiga katta ta’sir ko‘rsatadi.

    Tuproqning kislotali muhiti (erkin vodorod ionlarining ko‘pligi) aktiv bo‘lishi mumkin, uning aktivligi pH ning kattaligiga bog’liq.

    pH – 7 bo‘lsa bu neytral reaksiyali muhit bo‘lib bunda vodorod, karbo­nat angidrid ionlari bir xil bo‘ladi.

    Kislotali muhitli tuproqlarda pH – 7 dan past va ishqorli muhitli tuproqlarda pH – 7 dan ortiq bo‘ladi.

    Tuproq eritmasining reaksiya chegarasi katta bo‘lib, u pH – 3-3,5 dan (torfli tuproqlarda) pH – 10-11 gacha borishi mumkin (sho‘rxok er­larda) tuproq eritmasining reaksiyasi iqlim, o‘simliklar, jinslar, si­zot suv­lari, relef, o‘g’itlar va shu kabi boshqa omillarga bog’liq bo‘ladi. SHu­ning uchun tundra va o‘rmon zonasining tuproqlari ko‘pincha kislotali eritmaga ega, chunki bu yerlarda issiqlik etishmasligi va na­mlikning or­tiqchaligi o‘simlik qoldiqlari parchalanayotganda ko‘pincha kislotalar­ning ko‘p ajralib chiqishini ta’minlaydi. SHimoldan ja­nubga borgan sari tuproq eritmasining kislotali muhiti kamayib bo­radi va issiq dasht va ayniqsa, Markaziy Osiyoning cho‘l zonalarida ki­slota kamroq hosil bo‘ladi, hosil bo‘lgan kislotalar ham ohak yorda­mida neytralla­shadi, chunki bu tuproqlarda ohak hosil qiluvchi jins­lar ko‘p. SHuning uchun ham dasht zonasining tuprog’i neytral, cho‘l zona­sining tuprog’i esa ishqorli muhitga ega bo‘ladi.

    SHunday qilib yuqori konsentratsiyali vodorod, alyuminiy, marga­nets ionlari va tuproq eritmasidagi kalsiy miqdorining kamligi tu­proqning kislotali muhitini ta’minlaydi. Ana shu kislotali muhitga nisbatan o‘simliklarning munosabatlari turlicha bo‘ladi.

    Masalan, torf mohi kislotali (rH - 3,5) muhitda yaxshi o‘sib rivoj­lansa, arpa pH -6-7 da yaxshi o‘sadi va rivojlanadi. pH ning 4 dan 6 gacha ko‘tarilishini M.S.Avdonina (1965) ma’lumotiga qaraganda uning hosi­lini 26,4% ga oshiradi. Vegetatsion idishlarda olib borilgan tajriba­lar shuni ko‘rsatadiki pH ni 4 dan 6,5 ko‘targanda bahorgi bug’doyning umumiy massasi 70,6 % ga, doni esa 138,6 % ga oshgan.

    Lavlagi va kartoshka kalsiyli tuproqni talab qilsa, javdar o‘sim­ligi kislotali tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Tuproq eritmasi muhitiga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra o‘simliklar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

    Atsidofil o‘simliklar - kislotali tuproqda o‘suvchi indikator o‘simliklar. Bu guruh o‘simliklarga botqoqlikda o‘suvchi torf moxi, botqoq bagulnigi (Sedum), botqoq klyukvasi (Oxycocus auadripetohis), o‘tloqlarda o‘suvchi belaus, brusinka, chernikalar ham kiradi.

    Neytral muhitli tuproq o‘simliklari. Bu guruhga eng muhim em-xashak o‘simliklaridan o‘tloq ovsyanitsasi, o‘tloq timofieevkasi, se­barga, toѓ sebargasi, sariq beda (M. falcafa), Sibir borsheviki, zira va shu kabilar kiradi.

    Bazifil o‘simliklar - ishqorli muhitli tuproq o‘simliklari - indikatorlari. Bularga dasht va cho‘l zonasida o‘suvchi o‘simliklar kiradi. CHo‘l mintaqasining qumli tuproqlarida psammofitlar deb atalgan o‘simliklarning ekologik guruhi tarqalgan bo‘lib, ularga singrenlar, oq saksovul, qandim, quyonsuyak, shuvoqlar, qizilchalar, selinlar, ilaklar misol bo‘la oladi.

    Psammofit o‘simliklarning barglari ensiz, qattiq yoki odatda reduksiyalashgan (saksovulda), meva va uruѓlari qumda o‘rmalab yoki shamol yordamida tarqaladi va sharsimon ko‘rinishda bo‘ladi.

    Tuproqning ma’lum kimyoviy elementlarga boyligini ko‘rsatuvchi o‘simliklar – indikator turlar deyiladi. Masalan, plaun alyuminiyga boy tuproqlarda, astragal selenli, itqumoq ruxli, shuvoq, oddiy qaraѓay va makkajo‘xorilar oltinga boy tuproqlarda o‘sadi.

    Indifferen o‘simliklar. Bularning tipik vakili landish o‘simligi hisoblanadi. Bunday o‘simliklar tuproqning kislotali va ishqorli muhitlarida ham o‘sa oladi.


    Download 199,04 Kb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




    Download 199,04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya kafedrasi

    Download 199,04 Kb.