O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya kafedrasi




Download 199,04 Kb.
bet15/29
Sana20.03.2021
Hajmi199,04 Kb.
#13311
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Markaziy Osiyoda sho‘rlangan tuproqlar 23 mln gektarni egallaydi. SHundan 18 mln gektari Qozog’iston (Uspanov, 1942), 3 mln gektari Turkmaniston (Necheva, Nikolaev, 1962) 2 mln gektari O‘zbekistonda uchraydi (Salmonov, 1972). Ana shunday sho‘rlangan yerlarda o‘suvchi o‘simliklar galofitlar deyiladi. Galofitlar orasida ko‘pchilik o‘rinni sho‘radoshlar oilasiga kiruvchi o‘simliklar egallaydi. Kuchli sho‘rlangan yerlarda qora sho‘ra (Salikornia), sarsazan (Halocnemum)lar o‘sadi. Bulardan tashqari ana shunday sho‘rlangan yerlarda baliqko‘z, seta, xaridondon, donasho‘r, ermon-shuvoq, keyreuk va boshqa shu kabi sho‘raklar kiradi. Ular uchun poya yoki bargining etli bo‘lishi suv jamg’aruvchi to‘qimaning yaxshi rivojlanganligi ortiqcha tuzlarni maxsus bezlar yordamida tashqariga chiqarib turish kabi moslanish xususiyatlari xosdir. Kuchli sho‘rlangan yerlarda o‘suvchi galofitlar­ning hujayra shirasida tez eriy­digan tuzlar ko‘p to‘planadi va nati­jada hujayra shirasining osmotik bosimi yuqori bo‘ladi. Bu esa o‘z na­vbatida galofitlarni qurg’oqchilikka va issiqqa chidamlilik xusu­siyatini oshiradi. Galofitlar tanasi etli, ko‘p tuz to‘playdigan va or­tiqcha tuzlarni sekin asta ajratib turish xususiyatiga ega.

Yirik sho‘rhoklar. O‘rta cho‘lda, O‘zbekiston va Qozog’iston chegarasi bo‘ylab ketgan Aydar sho‘rhok (hozir Haydar ko‘li hosil bo‘lgan), Marka­ziy Qizilqumda, Mingbuloq sho‘rhoklari kabilar pastqam joylarda uch­raydi. Tipik sho‘rhok yerlarda o‘simlik deyarli o‘smaydi. Galofitlar quyidagi xususiyatlarga ega: hamma organlari etli, sukkeletli, poyasi bargsiz, ko‘pchiligining bargi yaxshi taraqqiy etmagan, masalan, solyaros, qora saksovul va shu kabi boshqa o‘simliklarda barg mutlaqo bo‘lmaydi, yoki bo‘lsa ham yaxshi rivojlanmagan.

Tuproqning hozirgi kundagi holati haqida ham bir oz to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, shuni ta’kidlash lozimki, quruqlikning turli nuqtalarida hamda hamdo‘stlikka a’zo barcha respublikalar hududlarida ekologik ahvol uncha yaxshi emas. Ayniqsa, dehqonchilik bilan shug’ullanadigan yerlarda tuproqning holati nochordir. Masalan, Respublikamizning qishloq xo‘jaligi sohasida 70 xilga yaqin turli kimyoviy moddalar ishlatilib kelingan. 1989 yilda har gektar yerga solingan kimyoviy dorilar 19,5 kg (ayrim viloyatlarda hatto 40-45 kg) ni tashkil etgan. Yiliga har gektar yerga 400-500 kg gacha mineral o‘g’itlar solingan. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, fosfor o‘g’iti bilan birgalikda tuproqqa ftor, uran, toriy, og’ir metall tuzlari ham o‘tgan. Ammo tuproqni bunday kimyoviy moddalardan tozalash texnologiyasi ishlab chiqilmagan. Aksariyat dehqon-fermer xo‘jaliklari va shirkat xo‘jalik rahbarlari va umuman dehqonlarining haligacha yuqori dehqonchilik madaniyatiga ega emasliklari ahvolni yanada murakkablashtirmoqda.


Download 199,04 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Download 199,04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya kafedrasi

Download 199,04 Kb.