• hosil
  • kriptozoa
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya kafedrasi




    Download 199,04 Kb.
    bet18/29
    Sana20.03.2021
    Hajmi199,04 Kb.
    #13311
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
    Geobiontlartuproqda doim yashovchi yomg’ir chuvalchang­lari (Lymbricidae) va kanotsiz hasharotlar (Aptervgota) vakillari.

    Geofillar — bu guruhga rivojlanishning bir sikli yoki fazasi tuproqda o’tadigan hayvonlar, ularga hasharotlardan chigirtkalar (Acridoidea), qator qurtlar (Carabidae, Elateridae), pashshalar (Tipulidae) kirib, ularning qurtlari tuproqda rivojlanib, balog’atga yetgan davri yer usti muhitida o’tadi.

    Geoksinlar guruhiga kiruvchi hayvonlar vaqtincha tuproq ichida, yer ostida yashaydi. Bularga suvaraklar (Blattedea), yarim qattiq qanotlilar (Hemiptera), qo’ng’izlar (Caratidae), so’qirlar, kemiruvchilar va boshqa sutemizuvchilar kiradi.

    Tuproqda uchraydigan organizmlar o’zlarining katta-kichikligiga qarab ham tubandagi ekologik guruhlarga bo’lingan:

    Mikrobionta — bu guruh tuproq organizmlariga asosan ko’pchilik yashil, ko’k-yashil suvo’tlar, bakteriyalar, zamburug’lar va sodda tuzilgan hayvonlar kiradi.

    Mezobiota guruhiga mayda hayvonlardan nematodalar, emxitreidlar, hasharotlarning qurtlari va kanalar, yangi dumlilar vakillari kiradi. Ular ichida nematodalar tuproqda juda ko’p tarqalgan. Masalan 1 m2 tuproq tarkibida mikroatropodlar va enxitreidlar minglab bo’lsa, nematodalar millionlab uchraydi.

    Tuproqdagi nematodalar soni 1 m2 tuproqda 1 mln. dan 20 mln. ga yetadi. Ular tuproqdagi bakteriyalar (40%), o’simlik ildizlari, tuproq suvo’tlari (2%), mayda hayvonlar bilan oziqlanadi. Turli tuproqlarda mezobiotlar biomassasi 1 — 13,5 g/sm2 atrofi- da.

    Makrobiot guruhiga tuproq qatlamlaridagi o’simlik ildizlari katta hasharotlar, yomg’ir chuvalchanglari,yer kavlovchi kalamushlar, bo’rsiqdar, sug’urlar kiradi. Tuproqda hosil bo’ladigan biomas­sa asosini o’simliklar ildizlari tashkil qiladi. Ularning 1 m2 tuproqdagi quruq og’irligi 1000 g/m2, o’rmonzorlarda esa 3000 g/m2 ga etadi. Katta yomg’ir chuvalchanglari soni 1 m2 da 300 dan ortiq.

    Makrobiotlar tuproq qatlamlarining almashlab turishida va uning qotib qolmasligida muhim rol o’ynaydi.

    Tuproqdan turli-tuman fiziologik mansub aerob va anaerob bakteriyalar, saprofitlar, nitrifikatorlar ,azotfiksatorlar va sellyulozani parchalovchilar , oltingugurt bakteriyalar . spora hosil qiluvchilar va hosil qilmaydigan bakteriyalar uchraydi. Yil fasliga qarab tuproqda mikroorganizmlarning soni o’zgarib turadi .Albatta qish fasliga nisbatan boshqa fasllarda bakteriyalarning soni ko’p bo’ladi. Ayniqsa bakteriyalar o’simliklarning ildizlari atrofida juda ko’payib turadi. CHunki ularning ba’zilari uglevodlar va organik kislotalarni o’zlashtiradi va qisman ularning o’zlari ham vitaminlarni sintezlaydi. Bu vitaminlarni esa o’simliklar o’zlashtiradi.

    Tuproq bilan o’simlik qoldiqlari orasida katta mikroskopik umurtqasiz hayvonlar uchraydi, ular yashash va saqlanish joyi topadilar. Bunday hayvonlar kriptozoa (berkinuvchilar) deb ham aytiladi. Ularning soni 0,5—1 m2 joyda 144 tur vakilining 11% i yirtqich hayvonlar toifasiga kiradi.

    Tuproqlarda to’plangan o’simliklarning o’lik barglarining 5— 10% ini ko’poyoqlilar va tuproqdagi boshqa hayvonlar o’zlashtiradi, o’zlashtirilgan o’simlik qoldiqlarining 90—95% i ekskret sifatida muhitga chiqariladi. Shu ekskretlar mikroorganizmlar tomonidan chiritiladi va tuproqda mineral, hamda organik moddalar hosil bo’ladi.

    Tuproq hayvonlari katta-kichikligiga qarab 4 ta guruhga bo’linadi, ya’ni:

    mikrofauna guruhiga juda mayda, kattaligi 10—15 mkn. atrofidagi umurtqasiz hayvonlar kiritilgan. mezofauna guruhiga bir oz kattaroq 2—3 mm kattaliklagi kanalar, hasharotlar va boshqalar kiradi; o’simliklar ildizlari va boshqa organizmlar atrofida kislorod to’planadi, shu kislorod hay- vonlarning nafas olish manbai hisoblanadi va ular rivojlaiadi.



    makrofauna guruhiga kiruvchi hayvonlarning kattapigi 220 mm ga yetib, ularga chuvalchanglar, ko’poyoqlilar, qurtlar va boshqalar kiradi.

    megafauna guruhi vakillari yer kavlovchi sutemizuvchi hayvonlardir (sug’urlar, kalamushlar, bo’rsiqlar va boshqalar). Yerning tuproq, qatlamlarini kavlab 3—4—5 m chuqurliklarda yashaydigan hayvonlar ham o’zlariga xos ekologik guruh hisoblanadi.

    Ma’lumki, tirik organizmlarning o’sishi, ko’payishi, rivojlanishi va tarqalishida ed a f i k omillarning ahamiyati kattadir. Tuproq muhitining har xilligi o’simlik va hayvonlarning tabiiy zonalar bo’yicha taqsimlanishiga sabab bo’lgan. Masalan, cho’l-dasht mintaqalarida: kovul-saksovul, kovul-betaga, qiyoq-saksovul, mo’tadil mintaqada igna bargli qarag’ay, qoraqarag’ay o’rmon o’simliklar tiplari tarqalgan va ularga xos hayvonlar moslashgan. Ko’p tabiiy zonalarda keng uchraydigan, keng moslanish qobiliyatiga ega bo’lgan kosmopolit turlar ham uchraydi. Bularga mikroorganizmlar, zamburug’lar, sodda tuzilgan hayvonlar, qushlardan qarg’a kabilarni misol qilib keltirish mumkin.

    Tuproq— iqlim omillari va tirik organizmlar faoliyatining hamjihatlik mahsulidir.




    1. Download 199,04 Kb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




    Download 199,04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya kafedrasi

    Download 199,04 Kb.