|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya kafedrasi
|
bet | 26/29 | Sana | 20.03.2021 | Hajmi | 199,04 Kb. | | #13311 |
Bu sahifa navigatsiya:
- tog’
Foydali yerlar maydoni, buzilishi va muhofazasi. Moddalar almashinuvi jarayonida hosil bo’lgan biomassaning 93— 95% i u yoki bu ekosistemada qoladi. faqat 5—7% igina tuproq eroziyasi, suv bilan yuvilish natijasida katta geologik modda almashinuvi jarayoniga o’tadi.
Ma’lumki, sayyora juda katta. Er yuzining foydali maydoni 13,4—13,5 mlrd. gektarga teng. SHundan 1,45 mlrd ga (yoki 10,8%) madaniy yerlar, ekinzorlar, bog’lar 2,6—2,9 mlrd ga (22,1—22,5%) o’tloqzorlar va yaylovlarni tashkil qiladi. Inson faoliyati natijasida buzilgan yerlar maydoni 1,1 mlrd. ga ekin ekishga, o’simlik o’stirishga yaroqsiz bo’lib qolgan. Insonlar tomonidan hujasizlarcha foydalanilgan yerlar, landshaftlar — 4,4 mlrd. ga ni tashkil etadi. Cho’l, chalacho’l, yuqori tog’, arktika va antarktikaning sovuq cho’llarining maydoni — 3,3 mlrd. ga teng. Insonning salbiy faoliyati ta’sirida cho’l zonalarining maydoni 1 mlrd. ga ko’paygan.
Madaniy yerlarning 50% maydonidagi tuproq hosildorlik qobiliyatini yo’qotgan. Uning ustiga 600—700 mln. ga yerdagi tuproqning hosildor qatlami yuvilib ketgan, 300 mln. ga o’tloqzorlar buzilgan. Orol bo’yida sal kam 2 mln. ga o’tloqzorlar sho’rlab ketmoqda.
Ma’lumki, tuproqda 2—3 sm qalinlikdagi hosildor qatlamning hosil bo’lishiga 300 yildan 1000 yilgacha kerak.
Xozirgi kunda shu buzilgan, foydasiz yerlardan tashqari sayyorada 0,4—0,9 mlrd. ga ishlatilmagan, inson qo’li tegmagan yer qolgan, xolos.
Dunyo buyicha eng katta haydalgan yerlar tekislik, adir mintaqalarida, dasht va o’rmon zonalarida bo’lib, ular AKSH, Kanada, Hindiston, Xitoy, Braziliya, Ukraina, Rossiya, O’rta Osiyoda joylashgan. Uzbekistonda 48,2 mln. ga yer fondida ekin maydonlari 4,5 mln. ga dan ortiqdir.
Hozirgi kunda, ko’p ekin maydonlari meliorativ holatini yaxshilash va ularni muhofaza qilishni talab qiladi.
Jarliklar. Yevroosiyoda jarliklarning soni 13 mln. dan ortiq bo’lib, uzunligi 4 mln. km ni tashkil qiladi. Bu ko’rsatkich har yili 20 ming km ga ko’payadi. Jarliklarning o’sishi natijasida har yili ekin maydonlari 100—150 ming ga ga kamayadi. Cho’llarda harakat qiluvchi qumliklar maydoni esa yil sayin 40—50 ming ga gacha o’sib bormoqda.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya kafedrasi
|