Buxoro Davlat Universiteti Kimyo-biologiya fakulteti
Ekologiya va tabiatdan foydalanish ta’lim yo’nalishi bitiruvchisi G’aniyev Bunyod Nabi o’g’lining
“ Tuproqda organizmlarning mohiyati va ularning tarqalishi”
mavzusida bajargan bitiruv malakaviy ishiga
T A Q R I Z
Ma’lumki, tirik organizmlar tashqi ekologik omillar bilan o’zaro munosabatda bo’lib, ular orasidan tuproq asosiy o’rin egallaydi. Tuproqning organizmlar uchun ahamiyati ekologik muhit sifatida juda katta. U haqda ma’lumotlar to’plash uni o’rganish , xususiyatlarini bilish dolzarb muammolarga kiradi.
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi, mavzuning tuproq ekologik muhit sifatidagi ahamiyatni ochib berishga harakat qilgan. Uning boiekologik xususiyatlari mikroorganizmlar va umuman organizmlar uchun ahamiyati yuqori. Uni o’rganish turi, yer resurslari ekologik muhit sifatida uni asrash, muhofaza qilish, ilmiy izlanishlar asosida uni o’rganib borish hayotiy ahamiyatga egaligini Shu sababli mazkur mavzuni ijodiy ish sifatida o’rganib, u haqda ma,lumotlar to’plash, ularni tahlil qilishni hozirgi asosiy zarur muammo deb hisoblashni ko’rsatib bergan.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi aniq ko’rsatilgan bo’lib, tuproq va undagi organizmlar to’g’risida ma‘lumotlar yig’ish, ushbu ma’lumotlar asosida tuproqdagi organizmlarning biologik xilma – xillikka, shu jumladan inson hayotidagi ahamiyatini chuqurroq o’rganish, bilim va ko’nikmalar hosil qilish yo’llarini ochib bergan.
Bitiruv malakaviy ishida insoniyat soni keskin oshayotgan, shu bilan bir qatorda ularning oziq ovqatga bo’lgan ehtiyojlarining oshayotganligini inobatga olib qishloq xo’jalik ekinlarini hosildorligini oshirish bo’yicha tuproqda sodir bo’ladigan barcha biologik jarayonlarni va bu jarayonlarning barqarorligini ta’minlaydigan omillarni boshqarishni, ulardan foydalanish texnologiyalarini o’rganish haqida keng ma’lumotlar berilgan.
Tuproqning xossalari, shu bilan birga, ma’lum darajadagi qattiqroq yaxlit tana bo’lsa ham, uning zarrachalar orasi o’simliklarni mineral va organik moddalar bilan ta’minlovchi oziqa manbai, erigan makro va mikroelementlar, organik moddalar to’planadigan jarayonlarni tushuntirib bergan. Mazkur bitiruv malakaviy ishining ijobiy tomoni tuproqning ta’rifi , xossalaridan boshlangan. Eng oldin tuproq evolutsiyasi, undagi organizmlarning tarqalganligi, tuproqning kiyoviy tarkibi , tuproq muhofazasi haqida aniq ma’lumotlar berilgan.
Tuproq muhofazasida ifloslantiruvchi manbalar , agrotizimda tuproqning ahamiyati keltirilgan. Bitiruv malakaviy ishining mavzu bo’yicha aniq ma’lumot berilgani va dolzarbligini hisobga olgan holda himoyaga loyiq deb hisoblayman.
|