5.2. Tuproqni ifloslantiruvchi manbalar
Tuproq ifloslanishi – inson hayot jarayonining oqibatida xo‘jalik va sanoat chiqindilarining kelib chiqishi natijasidir. SHaharlarda, ishchi posyolkalarda, aholi turar joylarida juda ko‘p miqdorda har xil ifloslantiruvchi chiqindi moddalarining tuproqda yig‘ilishi natijasida ular kasallik tarqatuvchi manbalarga aylanib qoladi. Ifloslantiruvchi moddalar ochiq suv havzalarini, er osti suvlarini zararlaydi, qishloq xo‘jalik ekinlariga tushib, ular orqali hayvon, odam organizmiga o‘tadi. Qolaversa, tuproqni ifloslanishi oqibatida tashqi muhit ifloslanadi.
Masalan, xo‘jalik chiqindilari anaerob sharoitda, havo kirmagan holatda chiriy boshlaydi. Biologik va kimyoviy reaksiyalar oqibatida juda sassiq hidlar, ya’ni sulfid, ammiak, indol, skotol, merkaptan va boshqa zaharli moddalar hosil bo‘ladi, ular atmosfera havosini bulg‘atadi. Axlat va chiqindilarda faslning issiq kunlarida pashshalar ko‘paya boradi, ular o‘z navbatida turli infeksion kasalliklarning tarqalishiga sabab bo‘ladi.
Tuproqni ifloslantiruvchi, kasallik qo‘zg‘atuvchi mikrofloralarni shartli ravishda 3 guruxga bo‘lish mumkin:
1. Odamlardan ajraladigan va boshqa shaxslarga tuproq yoki oziq-ovqatlar orqali o‘tadigan biologik omil. Bu guruxga ichak bakteriyalari, bir xujayralilar, geogel’mentlar kiradi.
2. Hayvon chiqindilari bilan ifloslangan tuproq orqali odamga o‘tadigan biologik agentlar.
3. Patogen mog‘orlar, botulizm va boshqa tuproqda tabiiy yashovchi mikroorganizmlar.
Tuproqlarni moddalar bilan kuchli ifloslanishiga asosiy sabab sanoat korxonalarining qattiq va suyuq chiqindilari hisoblanadi.
Sanoat korxonalaridan turli zaxarli moddalar chiqadi: jumladan, rangli metallurgiya sanoatidan – rangli metall tuzlari, mashinasozlik korxonalaridan - sianidlar, berilliy birikmalari, margimush va boshqalar, plastmassa ishlab chiqarish korxonalaridan – benzin, efir, fenol, metilakrilat va boshqalar, azot sanoatidan – polisterol, xlorbenzol, kanserogen smolalar va boshqalar, sellyuloza-qog‘oz ishlab chiqarish sanoatidan – fenol, metil spirti, skipidar va boshqalar.
Sanoat korxonalarining chiqindilarida atmosfera havosi orqali tuproqqa tushadigan zaharli moddalar ham mavjud. Rangli metallurgiya korxonalari atrofidagi er maydonlariga havo orqali qo‘rg‘oshin oksidi, rux, molibden, margimush, qora metallurgiya chiqindilarida - rux, margimush, fenol, oltingugurt va boshqalar atmosferadan tushib tuproqni bulg‘atmoqda.
Organik azot, ammiak, organik karbon, nitritlar, xloridlar va sanoat korxonalarining boshqa chiqindilari tuproqni kimyoviy moddalar bilan ifloslaydi. Kimyoviy ko‘rsatkichlar qatoriga sanitariya soni degan ko‘rsatkich kiritiladi. Tuproq o‘z-o‘zidan tozalanishi yaxshilanib borsa, u holda sanitariya soni yuqorilashib “1” ga etib boradi, tuproq juda ifloslansa, unda bu ko‘rsatkich 0,70 ga teng bo‘ladi (N.I.Xlebnikov, 1968 y).
Ma’lum bo‘lishicha, tuproqdagi ichak tayoqchalari taxminan bir yildan keyin o‘ladi, ular miqdorining tuproqda ortishi tuproqni yangi ifloslanganidan darak beradi.
Sanitariya soni - bu tuproqdagi oqsil azot miqdorining organik azotning miqdoriga nisbati.
Tuproqni ifloslanganligini ko‘rsatuvchi belgilar
Tuproqning
ta’rifi
|
Koli - titr
|
1 kg tuproq tarkibidagi gijja tuxumlarining soni
|
0.25 m2 maydonda aniqlangan pashsha tuxumidan chiqqan qurtlar
(qo‘g‘irchoqlar)
|
Toza
Ifloslangan
Juda ifloslangan
|
1.0 va yuqori
0.0-0.01
0.01 dan kam
|
0
10 gacha
10 dan ortiq
|
0
1-2 nushalari
5 va 10 dan yuqori
|
Tuproqning iflosligini ko‘rsatuvchi kimyoviy va bakteriologik
ko‘rsatkichlar
Tuproqning ta’rifi
|
Anaerob titri
(ko‘rsatkich)
|
Sanitariya soni
|
Toza
Oz ifloslangan
Ifloslangan
Kuchli ifloslangan
|
0.98-1.0
0.85-0.98
0.70-0.85
0.70 dam kam
|
0.1 va yuqori
0.1-0.001
0.001-0.0001
0.0001 va past
|
A.P.Miroshnikova olib borgan tajribalar quyidagi natijalarni berdi. Qora tuproqli erda tashkil qilingan tajriba maydonini axlat tashlamasdan oldingi koli-titri 1.0 bo‘lgan, axlat qo‘yilgandan so‘ng-0.00001, ikki oy o‘tgach – 0.001, 6 oy o‘tgach-0.1, bir yil o‘tgach o‘zining oldingi holatiga, ya’ni 1.0 teng bo‘ldi, shunday ahvol umumiy mikroblar soniga ham taalluqli bo‘ldi.
Umuman, barcha zaharli chiqindilarni hisoblash anchagina qiyin. Lekin tuproqqa tushadigan chiqindilarni turi ko‘p, zaharliligi har xil kimyoviy moddalar sekin-asta yillar mobaynida yig‘ilib, ular yer osti suvlarini ham ifloslantiradi.
Xulosa qilib aytganda, tuproq ifloslanishining asosiy manbalari: sanoat korxonalarining chiqindilari, suyuq chiqindilar, atmosfera orqali tarqaladigan chiqindilar, inson faoliyati tufayli vujudga keladigan xo‘jalik chiqindilari, qurilish, qishloq xo‘jalik chiqindilari va boshqalar.
|