• 30,9 mln.
  • Agroekotizimda tuproqning ahamiyati va uning muhofazasi va chora tadbirlari




    Download 199,04 Kb.
    bet25/29
    Sana20.03.2021
    Hajmi199,04 Kb.
    #13311
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
    5.3.Agroekotizimda tuproqning ahamiyati va uning muhofazasi va chora tadbirlari.

    Tabiatda shamol va suv ta’sirida tuproqlarning emirilishi yoki eroziya kuzatiladi. Inson faoliyati natijasida tezlashgan suv va shamol eroziyasi amalga oshadi. Antropogen eroziya tuproq resusrlaridan noto‘g‘ri foydalanishning oqibati Bo‘lib, uning asosiy sabablari o‘rmon va to‘qaylarni qirib yuborish, yaylovlarda chorva mollarni boqish me’yoriga amal qilmaslik, dehqonchilik yuritish-. ning noto‘g‘ri uslublaridan foydalanish va boshqalardir. Turli ma’lumotlarga ko‘ra har kuni Er yuzasida eroziya natijasida 3300 ga unumdor yerlar ishdan chiqadi. Suv eroziyasi kamroq tog‘ oldi voha tog‘li rayonlarda, shamol eroziyasi tekisliklarda kuzatiladi. CHang bo‘ronlari natijasida bir necha soat ichida tuproqning 25 santimetrgacha bo‘lgan qatlamini shamol butunlay uchurib ketganligi haqida ma’lumotlar mavjud.



    Tuproqni eroziyadan saqlash muammosi dunyoning arid iqlimli mintaqasida joylashgan ko‘pgina mamlakatlar uchun, shu jumladan O‘zbekiston hududi uchun dolzarb muammodir. CHunonchi, Respublikada eroziyaga uchragan yer maydonlari 1772,3 ming gektarni yoki haydalgan yerlar umumiy maydonning 40 foizini tashkil etadi. SHulardan 721,9 ming gektari irrigatsiya eroziyasiga salkam 50 ming gektari jarlik eroziyasiga 700,4 ming gektari lalmi ero­ziyasiga va 300 ming gektari shamol eroziyasiga duchor bo‘lgan . Olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda foydalanish uchun yaroqli bo’lgan 3 million gektardan ko’proq lalmi yerlar mavjud, shulardan ta’minlangan va yarim ta’minlanganlarni yerlar hissasiga salkam 1 millon gektari to‘g‘ri keladi. Shu lalmi yerlar nisbatan kuchli tuproq-iqlim sharoitlarida joylashgan bo‘lib, g‘alla, ozuqabop hamda boshqa ekinlardan mo‘l hosil olish imkonini beradi. Bu yerlarda agrotexnikani to’g‘ri qo‘llagan taqdirda don ekinlari hosildorligi ko‘pincha gektariga 15-20 sentnerdan oshib ketadi. Ammo ko‘pincha gektariga bor-yo‘gi 5-8 sentnerni tashkil etadi, bu esa tuproq, eroziyasi bilan bog‘liqdir.

    Suv eroziyasidan yo‘q bo‘layotgan azot va fosfor miqdorini mi­neral o‘g‘itlar tarkibida ekinlarga solayotgan azot va fosfor mikdori bilan taqoslaydigan bo‘lsak, suv eroziyasiga uchragan maydonda har yili solinayotgan azotni 50-70% va solinayottgan qaraganda 20-50% fosfor ko‘p yuvilib ketayotgani ma’lum bo‘ldi, bu esa ekinlar hosildorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi shubhasizdir.

    Nurab emirilgan va eroziyaga uchrab nuraydigan erlarda dehqonchilik bilan shug‘ullanish qimmat turadi. Bunday erlarga ishlov berish, ekin ekish, hosilni yig‘ishtirib olish, o‘g‘it solish qimmatga tushadi, eroziya natijasida ular yuvilib ketishi mumkin. Hosil oz va sifati past,chorvachilik maxsulotlari ham kam bo’ladi va xokazo. Oziq-ovqat maxsulotlari etishtirishning imkonini kamayishi davlat uchun eng katta zarar hisoblanadi. Masalan, olimlarni hisob-kitoblariga ko‘ra, eroziyaga uchragan yerlarda yili yalpi dehqonchilik maxsulotning 20% ga qadari nobud bo‘lmoqda, Respublika 200 ming tonnaga yaqin paxta va boshqa qishloq xo‘jalik maxsulotlarini ololmay qolyapti. Eroziya avj olishning yuqori darajadagi xavf-xatari mavjud bo‘lgan yangi yerlarni jadal o‘zlashtirish va sug‘orish jarayonlari hisobga olinadigan bo‘lgan, kelajakda nobudgarchiliklar ancha ko’payishi mumkin.

    Irrigatsiya eroziyasi tuproq unumdorligiga o’rnini to’ldirishi qiyin bo’lgan ziyon etkazibgina qolmay, hosildorlikni pasaytirib va paxta tolasini sifatini yomonlashtiribgina qolmay, balki o‘simliklarni naviga ham salbiy ta’sir qilib, navni buzilishiga olib keladi. Eroziya xamma ekinlarga – g’alla, ozuqabop, mevali, sabzavot-poliz ekinlari va boshqalarga salbiy ta’sir qiladi. Masalan, paxtadan keyin xuddi o‘sha yerga ekilgan makka­jo‘xorining o‘sishi, rivojlanish va hosildorligi tuproqning yuvilishi darajasiga qarab aynan g‘o‘zaniki kabi farq qildi kat 92,6 yuvilib to‘plangan tuproqda esa 300 sm dan ko‘proqni tashkil qildi. Makkajo‘xori quruq massasining hosili doim bir tupga xisoblaganda tegishli ravishda 144,3 va 248 g ga teng bo‘ldi. Irrigatsiya eroziyasi makkajo‘xoriga g‘o‘zadan ham ko’proq. keskin ta’sir qiladi.

    Eroziyaga uchragan erlarda - bunday yerlar Uzbekistonda 30,9 mln. gektarni yoki respublika xududining 70 foizini tashkil eta­di. (8) dehqonchilik madaniyati darajasni yuksaltirish ularni eroziyadan, paxta yakkaxokimligining ta’siridan keyin tuproq oriqlashidan ximoya qilish qishloq xo’jalik ekinlari xosilni tubdan ko’paytirish va barqarorlashtirishning eng arzon hamda sa­marali yo’li hisoblanadi.

    Shu tariqa tuproq unumdorligidan foydalanishdagi oqilona ilmiy ekologik prinsiplarning qo‘pol ravishda buzilishi qanchadan-qancha mablag’, mehnat sarflanishiga, mexanizatsiyalash, meleoratsiyalashga qaramay hosilning tegishli darajada ko’payishiga olib keladi. shu munosabat bilan xo’jaliklardagi rahbar xodimlarning tuproq va agroekologiya soxasidagi savodxonlik darajasi­ni oshirish maqsadga muvofiqdir.

    Tuproqlarning botqoqlanishi asosan namlik ko’p joylarda kuzatiladi. Suv omborlari atrofida ham botqoqlangan uchastkalar vujudga keladi. Botqoqlarni nuritish uchun maxsus melioratsiya tadbirlari o’tkaziladi.

    Tuproqlarning ifloslanishdan saqlash muhim ahamiyatga ega. 1 qishloq xo‘jaligini kimyolashtirish tuproqlarning turli kimyoviy birikmalar bilan ifloslanishni kuchaytirib yubordi. Mineral o‘g‘itlar to‘g‘ri tanlanmasa va me’yorda ishlatilmasa tuproqning ho­lati o‘zgaradi, unumdorlik xususiyati buziladi, ayniqsa zarkunandalarga qarshi, begona o‘tlarga va o‘simlik kasalliklariga chora sifatida keng foydalaniladigan pestitsidlar (gerbitsidlar, insektitsidlar, defoliantlar)ni me’yordan ortiq ishlatish tuproqqa juda salbiy ta’sir ko’rsatadi. Pestitsidlar tuproqdagi foydali mikroorganizmlarni nobud qiladi va gumusning kamayishiga olib keladi masalan, ddt pestitsidi ishlatilganda 15 yil keyin nam tuproqda aniqlangan pestitsidlar oziq, zanjiri orqali o‘sib, sog’lig’iga ham zarar yetkazadi.

    Tuproqlarni maxsus tadbirlar o‘tkazib tozalash qiyin. Shuning uchun tuproqlarni ifloslashdan saqlash tadbirlari o’z vaqtida o’tkazilishi va qonuniy nazorat qilinishi kerak.

    O‘zbekistan qishlok xo‘jalik ishlab chiqarishida yer resurelarining 95 foizi va suv resurelarining 85 foizi ishlatiladi. Sug‘oriladigan yerlar umumiy yer fondining 15 foizini tashkil qiladi va ziroatchilikning 95 foiz maxsulotini beradi.

    O‘zbekistonda mavjud sug‘oriladigan yerlarning 10 foizdan or­tiq sho‘rlangan. Ayniqsa Qoraqalpogiston respublikasi, buxoro va sirdaryo viloyati tuproqlari kuchli sho’rlangan. Tuproqlarda chirindi miqdori 30-50 foizgacha kamaygan. 2 mln gektardan ortiq yerlar eroziyaga uchragan. Bunday yerlar Farg’ona, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida keng tarqalgan. Tuproqlarning pestitsid­lar bilan ifloslanish darajasi yuqori. Bunday vaziyatning asosiy sabablaridan biri uzoq, vaqt davomida paxta monokulturasi xukmronligidir. Oxirgi yillarda paxta maydonlarining kamayshi, almashlab ekishning kengroq joriy qilinishi, mineral o’tlarni ishlatishning minerlashtirilishi va boshqa tadbirlar tuproqlar xolatining yaxshilanishiga olib kelmoqda.

    Mazkur yerlar yurtimizning ikki mintaqasi, ya’ni sahro va tog’ oldi mintaqalarida joylashgan bo’lib, o’zlarining ekologik meliorativ xolati, mexanik tarkibi kabi xususiyatlari, umumiy unumdorlik darajasi bilan bir - birlaridan farqlanadi. Ularning unumdorlik darajasini qiyosiy belgilaydigan kursatkich ball bonitetlari xisoblanadi.

    Sug’oriladigan yerlarni unumdorlik darajasiga qarab sinf yoki 5 guruhga biriktirish mumkin.(9)

    Birinchi guruh ball boniteti 0 dan - 20 ballgacha yeta oldigan yerlarni o’z ichiga oladi. Ularning umumiy maydoni 9567 ga ni tashkil etadi. Bu yerlar tubdan melioratsiya qilinmasa ishlab chiqarishga yaroqsizdir.

    Ikkinchi gurux yerlari 21-40 ballga ega. Ular umumiy maydonning 23,1 foizini tashkil etadi. Bu yerlar sho’rlangan tuproqlarni o’z ichiga oladi.

    Uchinchi gurux yerlari 41-60 ballga ega. Ular umumiy maydonning 43 foizini tashkil etadi.

    To’rtinchi gurux yerlari 61-80 ballga ega bo’lib, ular umumiy maydonning 26,1 foizini tashkil etadi.

    Beshinchi gurux erlari 81-100 ballga ega bo‘lib, ular umumiy maydonning 2,9 foizini tashkil etadi.

    Bu raqamlarni agar 1989 yildagi ma’lumotlar bilan solishtirsak tuproq. unumdorligi keyingi o’n yilda sezilarli pasayganini ko’rish mumkin. Shu davrda sifati o’rta va o’rtadan past yerlar maydoni 14,0 foizga ko’paydi.

    Bu salbiy holning asosiy sabablardan biri eng avvalo, sug’o­riladigan tuproqlar meliorativ xolatini yomonlashishidir. Key­ingi yigirma yil davomida sho’rlangan yerlar maydoni 850 mln gektarga ko’paydi va umumiy maydoni 2 mln. gektardan oshdi. Bu sug’oriladigan yerlarning yarmi demakdir. Tuzlar to’planishi va yerlarning sho’rlanishi cho’l mintaqasi va och tusli bo’z tuproqlar poyasida, Avg’oniston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Sirdaryo viloyatlarida Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Samarqand, Farg’ona viloyatlarining bir qismida kuchayib ketgan. Bundan tshqari gilli tuproqlarning o’zlashtirilishi yerlarning cho’kishga va tezda qishloq xo’jalik oborotidan chiqarib ketishiga sabab bo’lmoqda.




    Download 199,04 Kb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




    Download 199,04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Agroekotizimda tuproqning ahamiyati va uning muhofazasi va chora tadbirlari

    Download 199,04 Kb.