Tuproq eroziyasi va jarning hosil bo’lishi(Kriksunov,1995)
Eroziya. Turli xil eroziyalar natijasida (shamol, suv, loyqa bosish) tuproq yuzasidan har yili bir gektar yerdan o’rtacha 30—50 t unumdor tuproq yo’qolmoqda. SHamol bilan uchish, suv bilan yuvilish natijasida ekin maydonlaridan va o’tloqzorlardan har yili 2—3 mlrd. t mayda tuproq zarrachalari va 100 mln. t gumus, 43 mln. t. azot, fosfor, kaliy kabi foydali elementlar,yerga berilgan o’g’itning esa 40% i yuvilib ketadi. Eroziya natijasida qishloq xo’jalik ekinlaridan o’rtacha 15—20% kam hosil olinadi.
Tuproqni shamol va suv ta’sirida buzilishi tabiiy eroziya deb aytiladi. Inson faoliyati natijasida tuproq eroziyasi tabiiy holga nisbatan juda ham tez va kuchli o’tadi. Bunday hollar insonlarni yerdan, o’tloq va o’rmonzorlardan xo’jasizlarcha noto’g’i foydalanishidan kelib chiqadi.
.Turli xil tuproqlarni ekologik muhofaza qilishning chora-tadbirlari tubandagilardan iborat, ya’ni:
Tuproq melioratsiyasining ekologik chora-tadbirlari: yerni yaxshi tekislash, tog’ yonbag’irlari va adir tepaliklaridagi yerlarni ko’ndalang haydash, sug’orish yo’llarini takomillashtirish, yer osti suvlari sathini pasaytirish yo’li bilan tuproqni sho’rlash jarayonini yo’qotish, botqoqlarni quritish, qurg’oqchilik rayonlarda ihotazorlar — daraxt-butazorlar tashkil etish, juyaklarni shamol yo’nalishiga parallel qilib olish, tog’ yonbag’irlarini zinapoyali qilib o’zlashtirish, daraxtlar ekish. Tuproqning fizikaviy, kimyoviy, biologik holatlari va xususiyatlarini yaxshilash uchun almashlab ekishni keng qo’llash, organik yerli o’g’itlardan foydalanish, mineral va zaharli moddalarni ishlatishni cheklash, biologik uslublardan foydalanish, nordon tuproqlarga ohak solish, tuproqqa vaqtida ishlov berish, tuproq strukturasini buzilishiga olib keladigan og’ir texnikalardan foylalanmaslik va h.k.
Sanoat, turar joy, kanal qurilishlariga, xo’jalikka yaroqsiz, noqulay yerlardan ajratish bilan, unumdor va foydali yerlar maydonini saqlash.
Turli geologiya-qidiruv ishlari va qurilishlarida tuproqning unumdor qatlamini saqlash, buzilgan yerlarni shu tashkilotlar hisobiga tiklash, biorekultivatsiya qilish, tabiiy holatga keltirish.
Yerdan foydalanishda BMT, YUNESKO va O’rta Osiyo jumhu- riyatlarining qarorlariga («Yer qonunchiligi asoslari») rioya qilish , yerdan har bir inson, har bir tashkilot oqilona foydalanishi, tabiiy yer boyliklariga zarar keltirmaslik, undan olinadigan hosil ekologik toza bo’lib, insonsalomatligida ijobiy rol o’ynashini ta’minlash.
Xulosa 1.Quruqlikning umumiy maydoni 148000 mln.ga ni tashkil qiladi. Shundan 4060mln.ga(28%) ni o’rmonlar, 2600 mln.ga(17%)ni o’tloq va yaylovlar, 1450 mln.ga(10%) haydaladigan yerlar va 6690 mln.ga(45%)ni-cho’l, chala cho’llar, muzliklar, shahar, qishloqlar Erlari va boshqa maqsadda foydalanadigan yerlardir. yer yuzida dehqonchilik maqsadlarida ishlatiladigan yerlar mavjud Erlar hududining 10%ni tashkil qiladi va dunyo aholisi jon boshiga 0,5 ga dan to’g’ri keladi.
2. Tuproq muhiti: tog’ jinslari, iqlim, tirik organizmlar (o‘simlik va hayvonlar), relef, hudud yoshi va insonlarning faoliyati natijasida hosil bo‘lgan muhim tabiat jismi in’omidir. U asosan emirilgan tog’ jinslari - gildan va chirindilar - gumusdan iborat. Gumus organik olam qoldig’idan, xususan o‘simliklarning mikroorganizmlar faoliyati natijasida chirishdan hosil bo‘ladi. Tuproqda bundan tashqari suv havo va ko‘plab tirik organizmlar (mikroorganizmlar) ham bo‘ladi. Tuproq doimo o‘zgarib va rivojlanib turganligi tufayli turli xil iqlim sharoitida har xil tuproq turlari uchraydi.
3. Mikroorganizmlar gumusning hosil bo`lishida azot to’planishi va tuproq havosi tarkibining o`zgarishi singarilarda katta rol o`ynaydi. Tuproq paydo qiluvchi ona jinslar. Ana shu jinslarning moddiy tarkibi tuproqning mexanik va mineral tarkibiga,uning fizikaviy va fizik-mexanik xossalariga,suv-havo,issiqlik va oziq rejimlari,hamda shular orqali unumdorligiga katta ta`sir etadi.
4. Tuproq (kislotali, neytral, ishqorli) eritmasi tuproqdagi mikroorganizmlar holatiga va miqdoriga va ular orqali yashil o‘simliklarning oziqlanish rejimiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
5. Tuproq mikroorganizmlarning asosiy manbai xisoblanadi. CHunki suvga ham havoga ham ana shu tuproqdan mikroblar tarqaladi. Gap shundaki mikroorganizmlarning yashashi uchun barcha sharoitlar mavjud, oziqa muhiti, namlik va harorat eng asosiy omillar ana shu muhitda mujjassamdir. SHuning uchun 1 g tuproqda millionlab va hatto milliardlab bakteriyalar bo’ladi .Suvga va havoga ana shu tuproqdan shamol va yog’ingarchiliklar oqibatida tarqaladi.
6. Tuproqda uchraydigan turli guruh hayvonlarning soni, sifati, xillari ham turlichadir. Masalan, 1 m2 tuproq qatlamida 100 mlrd. dan ortiq mikroskopik tirik organizmlarning hujayralari uchraydi. 1 g tuproqda yuzlab million bakteriya, bir necha ming sodda hayvonlar mavjud. Bir gektar igna bargli o’rmonlarda 200 kg, bargli o’rmonlarda 1000 kg, cho’l tuproqda 10 kg atrofida zoomassa bo’ladi.
Tuproqda aktinomitsetlar, mog’or zamburug’lar , suv o’talar , sodda hayvonlar va boshqa shunga o’xshash mikroorganizmlar tarqalgandir.
7. Tuproq hosil bo’lish jarayonida tirik organizmlarning , bakteriyalar, zamburug’lar, infuzoriyalar, suvo’tlar , o’simliklarning ildizi va bir qator hayvonlarning axamiyati nixoyatda kattadir.
8. Tuproq, darxaqiqat, juda katta laboratoriya. U laboratoriyada doimo to‘xtovsiz murakkab kimyoviy, biologik, fotokimyoviy jarayonlar sodir bo‘ladi. Tuproqda bu jarayonlar oqibatida turli organik va noorganik moddalar hosil bo‘ladi va ular patogen mirkroorganizmlar, viruslar, oddiy bir xujayrali jonivorlar, gijja tuxumlari va boshqalarni zararsiz holatga keltiradi. Yerning relefi joyning iqlimiga, o‘simlik dunyosiga, turar-joylarni loyihalashga, obodonchilikka, undan foydalanishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ammo tuproqqa hamma narsalar, jumladan, pestitsidlar, meneral o‘g‘itlar, o‘simlik o‘stiruvchi stimulyatorlar, yuza faol moddalar, politsiklik aromatik karbonsuvlar, sanoat korxonalari chiqindilari, xo‘jalik chiqindi suvlari, transport tashlandiqlari va boshqalar tashlanadi. SHu tufayli, tuproqning sanitariya holati o‘zgaradi. Tuproq orqali epidemik va endemik kasalliklar tarqalishi mumkin .
9. Eroziya xamma ekinlarga – g’alla, ozuqabop, mevali, sabzavot-poliz ekinlari va boshqalarga salbiy ta’sir qiladi. Masalan, paxtadan keyin xuddi o‘sha yerga ekilgan makkajo‘xorining o‘sishi, rivojlanish va xosildorligi tuproqning yuvilishi darajasiga qarab aynan g‘o‘zaniki kabi farq, qildi kat 92,6 yuvilib to‘plangan tuprokda esa 300 sm dan ko‘proqni tashkil qildi. Makkajo‘xori quruq massasining xosili doim bir tupga xisoblaganda tegishli ravishda 144,30 va 248 g ga teng bo‘ldi. Irrigatsiya eroziyasi makkajo‘xoriga g‘o‘zadan ham ko’proq. keskin ta’sir qiladi.Eroziyaga uchragan erlarda - bunday yerlar Uzbekistonda 30,9 mln. gektarni yoki respublika xududining 70 foizini tashkil etadi.
10. Tuproq, melioratsiyasining ekologik chora-tadbirlari: yerni yaxshi tekislash, tog’ yonbag’irlari va adir tepaliklaridagi yerlarni ko’ndalang haydash, sug’orish yo’llarini takomillashtirish, yer osti suvlari sathini pasaytirish yo’li bilan tuproqni sho’rlash jarayonini yo’qotish, botqoqlarni quritish, qurg’oqchilik rayonlarda ihotazorlar — daraxt-butazorlar tashkil etish, juyaklarni shamol yo’nalishiga parallel qilib olish, tog’ yonbag’irlarini zinapoyali qilib o’zlashtirish, daraxtlar ekish. Tuproqning fizikaviy, kimyoviy, biologik holatlari va xususiyatlarini yaxshilash uchun almashlab ekishni keng qo’llash, organik yerli o’g’itlardan foydalanish, mineral va zaharli moddalarni ishlatishni cheklash, biologik uslublardan foydalanish, nordon tuproqlarga ohak solish, tuproqqa vaqtida ishlov berish, tuproq strukturasini buzilishiga olib keladigan og’ir texnikalardan foylalanmaslik va h.k.
Tuproq ifloslanishi – inson hayot jarayonining oqibatida xo‘jalik va sanoat chiqindilarining kelib chiqishi natijasidir. SHaharlarda, ishchi posyolkalarda, aholi turar joylarida juda ko‘p miqdorda har xil ifloslantiruvchi chiqindi moddalarining tuproqda yig‘ilishi natijasida ular kasallik tarqatuvchi manbalarga aylanib qoladi. Ifloslantiruvchi moddalar ochiq suv havzalarini, er osti suvlarini zararlaydi, qishloq xo‘jalik ekinlariga tushib, ular orqali hayvon, odam organizmiga o‘tadi. Qolaversa, tuproqni ifloslanishi oqibatida tashqi muhit ifloslanadi.
Xulosa qilib aytganda, tuproq ifloslanishining asosiy manbalari: sanoat korxonalarining chiqindilari, suyuq chiqindilar, atmosfera orqali tarqaladigan chiqindilar, inson faoliyati tufayli vujudga keladigan xo‘jalik chiqindilari, qurilish, qishloq xo‘jalik chiqindilari va boshqalar.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. I.A.Karimov ,, O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida ” O’zbekiston.1997-yil 119-120- bet.
2.A.X.Vaxobov, U.M.Jo’rayeva. ,, Mikrobiologiya va virusologiya” Toshk ent. 2008-yil61-65-bet.
3.Axmatqul Ergashov.,, Umumiy ekologiya” O’zbekiston. 2003 yil 167- 183-bet
4. A. Rafiqov ,, Geoekologik muammolar” Toshkent. O’qituvchi 1997-yil 68-72-betlar.
5. B.G.Rozonov. ,,Morfologiya pochv” M.G.U,M 1983.
6. Boboxo’jayev .I, Uzoqov.P ,, Tuproqning tarkibi, Xossalari va analizi” Mehnat.1990.
7. D.Yormamatova ,,Sanoat ekologiyasi” Toshkent 2007-yil.
8. G.D. Shamsiddinova ,D.A. Karimova ,, Kimyoviy ekologiya” o’quv qo’llanma Toshkent 2010-yil. 94-99-bet.
9. I.B.Raupova ,, Tuproq biologiyasi va qishloq xo’jalik biotexnologiyasi” fanidan o’quv uslubiy majmua Toshkent 2010- yil 88-bet.
10. I.S.Kourichev. ,, Pochvovedeniya” Kolos. M,1989.
11. I.N.Golitsin. ,,Promishlennaya ekologiya.” Moskva, 2002-yil
12.I.Boboxo’jayev. ,,Tuproq bebaho boylik “ T.O’zbekiston qishloq xo’jaligi. 1990.
13. M.X.Yuldashov ,, Tuproqshunoslik va dehqonchilik asoslari” (maruzalar matni) Buxoro 2004-yil 13-25-bet.
14. N.S.Porishkura ,,Tuproq unumdorligini oshirishda yashil o’g’itlar muhim vosita” Paxtachilik 1954-yil 142-148-bet
15. S.A.Azimboyev ,, Dehqonchilik, Tuproqshunoslik va Agrokimyo asoslari” Iqtisod Moliya 2006-yil 19-28-bet.
16 . T.Mirzayev, Z.G’oforov ,, Tabiatni ezozlash umumbashariy muammo”. Toshkent ,, Yangi asr avlodi” 2001-yil.
17. U.Tojiyev. ,, Tuproqshunoslik” Ma’ruza matnlari , 100 bet. Buxoro
18. V.R.Vilyams ,, Tuproqshunoslik va dehqonchilik asoslari” Selxozgiz 1987-yil 128-134-betlar.
19. V.G.Mineyev ,, Agroximiya” 1990-yil 49-53-bet.
20. X.T.Tursunov , T.U.Rahimova ,, Ekologiya” o’quv qo’llanma Toshkent 2006-yil 90-bet
21 . X.A.Abdullayev. ,, O’zbekiston tuproqlari” T. 1973
Internet saytlar:
www. Google.uz
www. Ziyouz.com
www.uznature.com
|