Tuproq organizmlari ekologik guruhlarining sharoitga moslanishlari




Download 199,04 Kb.
bet12/29
Sana20.03.2021
Hajmi199,04 Kb.
#13311
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
2.3. Tuproq organizmlari ekologik guruhlarining sharoitga moslanishlari.

Tuproq organizmlarining son va sifati , ularning turli guruhlar va jamoalar hosil qilishi,tuproqning fizikaviy, kimyoviy va biologic xususiyatlaridan kelib chiqadi.

Tuproq eritmasining reaksiyasi ham o’simliklar uchun muhim ekologik ahamiyatga egadir. Tuproq eritmasining reaksiyasi undagi vodorod ionlarining konsentratsiysidir (pH); pH ning konsetratsiyasi bo’yicha: neytral (pH=7), nordon (pH 7) tuproq muhiti farqlanadi. Shu muhitga moslshgan o’simliklar tubandagi guruhlarga ajratiladi:

atsidofillar (pH=6,7), bu guruhga kiruvchi o’simliklar tuproq eritmasi nordon bo’lgan sharoitga moslashgan. Bunday o’simliklarga gunafsha (Viola tricolor) , veresk (kalluna vulgaris), bagulnik(Ledum palustre), qirqbo’g’im(equisetum) va ko’plab mox turlari kiradi.

neytral muhitda o’suvchi o’simliklar guruhi. Tuproq eritmasi reaksiyasi neytral (pH=6,7-7) holatda bo’ladi. Bunday sharoitda sebarga (trifolium), beda (Medicago), ajriqbosh(Phleum), yong’oq (Juglans) va boshqa madaniy o’simliklarning vakillari yaxshi o’sadi.

bazifil (pH 7dan yuqori) guruhga muhitning ishqorligini kam sezadigan o’simliklar mansubdir. Bunday o’simliklar bo’r qoldiqlari ko’p joylar dasht, cho’l , yarim cho’l florasi ichida keng uchraydi.

indifferent turlar – tuproq har xil darajada ishqor va nordon holda bo’lganda ham shunday yerlarda turli o’simliklar o’sadi. Masalan, indifferent turlarga marvaridgul (konvalaria) , yovvoyi suli(Avena ) va boshqalar kiradi. Tuproqning vodorod (pH) ioni organizmlarga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qilmaydi lekin edafik omillar bilan kompleks ta’sir qilishi mumkin.

pH ning ta’sir darajasi o’simliklar qoplami, turlar tarkibi va muhit iqlimining holatiga ham bog’liq. Ohakli tuproqlarda pH=8 ga teng , sho’rlangan yuproqlarda pH=9,5 gacha ko’tariladi va ishqorli belgilarni yuzaga keltiradi. Torf va moxli o’simliklar qoldiqlari ko’p joylarda pH=4 atrofida bo’lib, muhit nordon bo’ladi.

Tuproqda uchraydigan soda tuzilgan hayvonlar turli xususiyatlariga qarab pH=3,9 dan 9,7 chegarasidagi muhitda uchraydi. Chanoqli ameballarni atsedofil turlari pH=6 dan past sharoitda neytrofil turlari esa pH=6-7 va 7 dan yuqori ko’rsatgichli sharoitlarda ham uchraydi.

Yomg’ir chuvalchanglari pH= 4,4 dan past bo’lganda, ayrim hollarda pH 4,5 dan 8 da, chanoqli molyuskalar tuproqda pH= 7 yoki 7-8 ko’rsatgichli sal ichqorli muhitda uchraydi.

Ma’lumki tuproqda o’simlik va hayvonlar qoldiqlarining chirishidan hosil bo’lgan organic moddalar (kul) tarkibiga qarab o’simliklar quyidagi guruhlarga bo’linadi.

oligotrof turlar o’simliklarning bu guruhga kiruvchi vakillari juda kam organik (kul) elementlari bor joyga moslashgan. Bunga oddiy qarag’ay (Pinus silvesrtis L) misoldir.

Evtrof o’simlik turlari ko’p miqdorda kul elementlari bor joyda o’sadi. Ularga qo’ng’ir eman (Querkus robus L) oddiy snit, oddiy prolestnik kabilar kiradi.

mezotrof turlarga kul elementlari o’rta hol bo’lgan joylarda o’sadigan qoraqarag’ay (Pisea schrankiana) kiradi.

Nitrofil turlarga tuproqda azot ko’p bo’lgan joylarda uchraydigan qichitqio’t (Urtica dioica) misoldir.

Galofit turlarga asosan sho’rlangan ,shor , sho’rxok tuproqlarga xos bo’lib, ularga qorasho’ra,sarsazan ,salzolaning ko’plab turlari, oq sho’ra va boshqalar kiradi.

Petrofit turlarga har xil shag’al tuproqli , shag’al toshli joylarga xos o’simliklardan mavrak, sumbul va butalar kiradi.

Psamofit turlar tinimsiz harakatdagi , oqib turuvchi qumli joylarga xosdir. Qizilqum, Qoraqumning shunday joylarida iloq ,rang , oq saksovul , qora saksovul , cho’l akatsiyasi kabilar o’sadi. Malina , qulmoq ,amarant va boshqalar shular jumlasidandir. Psammofitlarning urug’lari prujinali bo’lib, (Calligronum), ancha joyga yengil otiladi, qum ostida dumalab yuradi, ular qurg’oqchilikka yaxshi chidaydi, ustlari qalin tukli , barglari qalin, ingichka, terisimon bo’lganligi uchun transpiratsya jarayoni kam o’tadi.

Qumlik sharoitda o’simliklar ildizlari ustida saqlovchi qobiqlar hosil bo’ladi. Bu qobiqlarning hosil bo’lishi o’simlik ildizlaridan ajralib chiqqan suyuqlikka mayda qum zarrachalari yopishib ketadi va hosil bo’lgan qattiq to’qima ildizini qurib qolishidan, zaxmlanishidan saqlaydi. Bu saqlovchi qobiq – g’iloflar ko’pchilik cho’l o’simliklarida norseleu (Aristida karilinii), boshoqlilar hamda daryo dengiz chetlaridagi qumli yerlarda o’sadigan o’simliklarda ham uchraydi.

Psammofit guruhlarga oid o’simliklar muhitda suv bilan ta’minlanish og’ir bo’lganligi tufayli , ularda kseromorflik belgilari yuzaga kelgan, ya’ni morfologik tuzilishlarda sukkulentlik, yaproqlarning reduksiyalanishi, yerning pastki chuqur qatlamlariga boradigan kuchli ildiz sistemasining hosil bo’lishi kabi xislatlar paydo bo’lgan.

Psammofitlarning o’tsimon vakillari ichida efemer va efemeroidlar ko’p bo’lib, ular muhitda namlik ko’p bo’lgan bahor davrlarida rivojlanadi. Xarakatli kumli joylarda psammofil guruhga kiruvchi hayvonlarga echkiemarlar (Psanimodromus, Phrynocephalus), sugurlar (Spermophilopsis leptodatylus), kushoyok,(Paradipus ctenodactylus) ka­bilar misol buladi. Bunday joylarda kushlardai begunka (Cursorius cursor), ryabki (Paterocletus) shuningdek, tuyalar ham uchraydi. Tuyalar 8—16 kunlab suv ichmasdan yashay oladi. Boshqa haynomlar kapak va inlariga kirib suvsizlikdan saqlansa, suvni ozitsa hisobiga (o’t-usimlik) yoki vaqti-vaqti bilan atmosferadan tushadigan suv hisobiga tanada suvni to’playdi.

O’simliklar olami ichida yana bir o’ziga xos ekologik gurux litofitlar bo’lib, ularga toshlar, soyalar, ularning srilgap, chuqurlashgan yoki toshlar to’plangan joylarda o’sadigan suvo’tlar, litofil lishayniklar, ayrim moxlar vakillari kiradi. SHundan toshli joylarga turli moxlar, gulli o’simliklar (ko’kmaron — Scutellaria unmaculata) tarqaladi.

Tosh yoriqlari, toshlar orasida hosil bo’lgan juda ham oz miqdordagi substratda (chala tuproqda) ham o’sa oladigan o’simliklarga xasmofitlar deb aytiladi. Bu guruhga Saxifraga, Juniperus, Pinus, Fagus, Quercus kabi daraxtlarning qoyalarga moslashgan vakillari misol bo’ladi.

Tog’li joylardagi tosh to’plamlari orasida organik moddalar bo’lmasada, havo almashinishi yaxshi joylarga moslashgan lito­fitlar turli yo’llar bilan tosh to’plamlari orasiga poyalarini mahkamlab, o’sish xususiyatlarini hosil qilganlar. Bunday litofitlarga ravoch (Pheum), efedra (Ephedra), ostrolodochnik (Oxytropis) misol bo’ladi; ular ,harakat siluvchi shag’al toshlarni mahkamlayli. Litofitlarda markam ushlaydigan ildiz sistemasi va uning sovuk, xsщsa muzlashga kuchli chidamliligi, er usti sismlarining ksero- morflik xususiyati kabi belgilar yuzaga kelgan.

Tuproqda uchraydigap turli gurux xayvoilarniig soni, sifati, xil- lari xam turlichadir. Masalan, 1 m2 tuproq qatlamida 100 mlrd. dan ortiq mikroskopik tirik organizmlarning hujayralari uchraydi. 1 g tuproqda yuzlab million bakteriya, bir necha ming soda hayvonlar mavjud. Bir gektar igna bargli o’rmonlarda 200 kg, bargli o’rmonlarda 1000 kg, cho’l tuproqda 10 kg atrofida zoomassa bo’ladi.

M. S. Gilyarovning bergan ma’lumotiga qaraganda, tuproqdagi hay- vonlar o’rmonlarda to’plangan barg, shox, shoxchalarnnng 25% ini qayta ishlaydi. Bog’larning 1 m2 maydonida 400 dan ortiq yomgir chuvalchanglari bo’ladi. Ular 1 m2 da 80 g massa hosil qiladi. Tuproqning organik qoldiklarini parchalashda umurtqasiz hayvonlar bi­lan turli mikroorganizmlar (bakteriya, suvutlar, zamburug’lar) qatnashadi. Ularning soni 1 sm2 tuproqda 100 mln. dan ortiq bo’ladi.

Tuproq hayvonlari muhit omillari bilan bog’liq bo’lgan holda tubandagi 3 ta ekologik guruxga bo’linadi:




Download 199,04 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Download 199,04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tuproq organizmlari ekologik guruhlarining sharoitga moslanishlari

Download 199,04 Kb.