1.2 Tuproq paydo qiluvchi omillar
Tuproq paydo qiluvchi omillarga o`simlik va hayvonot olami ona jinslari,iqlim,rel`ef,joyning yoshi (yoki tuproqning yoshi) kabilar kiradi. Olim yozganidek,tuproq paydo qiluvchi barcha omillar o`z moxiyati bilan mutlaqo bir xil ahamiyatga ega. Normal tuproqlarning paydo bo`lishida ular barobar ishtirok etadi. Demak, tuproqni paydo qiluvchi omillarni birgalikda o`rganish zarur.
O`simlik va hayvonot olami. Tuproq paydo qiluvchi jarayonlarga ta`sir etuvchi eng qudratli omillardan biri tirik organizmlar,ya`ni biologik omillar hisoblanadi.Tuproq paydo bo`lishining boshlang’ich davri ham turli organizmlarning tuproq paydo qiluvchi ona jinslar (tog` jinslari)ga ta`siri bilan bog`liq.Shuningdek tuproqning turli gorizontlarida va uning yuza qismlarida yashovchi ko`p sonli umurtqali va umurtqasiz jonivorlar (faunalar)ning roli ham tuproq paydo bo`lish jarayonlarida muhim ahamiyatga ega. O`lchamiga ko`ra tuproq faunasi 4 guruxga
mikrofauna -o`lchami 0,2 mm dan kichik (protozoalar, nematodalar, rizoidlar kabi tuproqda yashaydigan) jonivorlar.
mezofauna-0,2 mm dan 0,4 mm gacha bo`lgan (mikroartiroidlar eng mayda xashoratlar, ba`zi chuvalchanglar) jonivorlar.
makrofauna 4 dan 8 mm gacha bo`lgan tuproq chuvalchanglari, molyuskalar, xashoratlar chumolilar, termitlar.
megafauna-80 mm dan katta turli hayvonot olami (yirik xashoratlar, qisqichbaqalar, chaёn, ko`rsichqon, ilon, toshbaqa, mayda va yirik kemiruvchilar, tulki, bo`rsiq va boshqa er kovlaydigan hayvonlar kiradi.
Mikroorganizmlar gumusning hosil bo`lishida azot to’planishi va tuproq havosi tarkibining o`zgarishi singarilarda katta rol o`ynaydi. Tuproq paydo qiluvchi ona jinslar. Ana shu jinslarning moddiy tarkibi tuproqning mexanik va mineral tarkibiga,uning fizikaviy va fizik-mexanik xossalariga,suv-havo,issiqlik va oziq rejimlari,hamda shular orqali unumdorligiga katta ta`sir etadi.
Iqlim. Tuproq hosil qiluvchi asosiy omil bo`lgan iqlim,o`simliklarning o`sib rivojlanishida katta rol o`ynaydi.Iqlim elementlaridan hisoblangan temperatura va atmosfera yog`inlari tuproq paydo bo`lishida bevosita ishtirok etib, tuproqning issiqlik va suv rejimlarini belgilaydi.
Iqlimning termik gruppalari yer sharida mintaqalar tarzida tarqalgani uchun,ularni bioiqlim yoki tuproq biotermik mintaqalari deb ataladi.
Tur xili-tuproqning yuqori qatlamlari va ona jismlarning mexanik tarkibiga ko`ra ajratiladi.
Razryad-tuproq ona jinslarining kelib chiqishi asosida bo`linadi. Jumladan morena jinslari, allyuvial, flyuvioglyatsial va lyossimon jinslar singarilarda hosil bo`ladigan tuproqlarning har qaysisi alohida razryadlarni tashkil etadi. Masalan, lyoss jinslaridagi og`ir qumoqN` o`rtacha qalinlikdagi va o`rtacha gumusli sho`rtobsimon oddiy qora tuproq nomidagi qora tuproq (tip), oddiy (tipcha), sho`rtobsimon (avlod),o`rtacha qalinlik va o`rtacha gumusli (tur) og`ir qumoq (xil) lyoss jinslaridagi (razryad)ni ifodalaydi.
B) Jinslar va tuproqlardagi turli o’lchamli alohida zarrachalar mexanik elementlar deyiladi. Кelib chiqishiga ko’ra mexanik elementlar: menyeral, organik va organo-minyeral zarrachalardan iborat.
Tuproq yoki jinslardagi turli katta-kichiklikdagi mexanik elementlarning foiz bilan ifodalanadaigan nisbiy miqdorlarlarga mexanik tarkibi deb ataladi. Tuproq va jinslarning mexanik tarkibi uning fizik, fizik-kimyoviy va kimyoviy xossalariga qarab bir nechta gruhlarga ajratiladi.
Mexanik tarkibining klassifikatsiyada «fizik qum» va «fizik loy» fraksiyalarining nisbati asos qilib olingan. Demak, mexanik tarkibni aniqlayotganda tuproqlar kelib chiqishining genetik xususiyatlariga e’tibor berish lozim.
Tuproqning organik qismi turli xildagi va tarkibdagi organik moddalardan tashkil topgan. Bu organik moddalar o’simliklari, jonivorlar va mikroorganizmlarining har-xil darajada chirigan qoldiqlaridan hamda tuproqning o’ziga xos modasi – gumus yig’indisidan iborat.
Gumus murakkab kimyoviy tarkibli azot saqlovchi yuqori molekular modda kompleksi bo’lib, qoramtir tusli va tuproqqa tekis singib ketgan hamda minyeral qismi bilan juda mustahkam birikkan holatdadir.
Tuproqlar organik qismining tarkibida: gumus-85%, o’simliklar qoldiqlari-10%, tuproq florasi va faunasi 5% atrofida bo’ladi.
Organik brikmalarning tuproqda parchalanishi murakkab va uzoq kechadigan jarayon bo’lib, undan mexanik, fizik, biologik va biokimyoviy omillar natijasida juda murakkab o’zgarishlar ro’y beradi. Mukammal tuzilgan strukturali organik brikmalar oddiy shakldagi brikmalargacha, jumladan, to’liq minyerallashgan (CO2, NH3, H2O kabi) mahsulotlarga qadar parchalanadi va qisman gumus moddalari to’planadi va ushbu jarayonda mikro va makro organizmlarni roli katta. Tuproq fermentlari organik qoldiqlarning qayta o’zgarishida faol qatnashadi.
Tuproqda turli kimyoviy brikmalarning parchalanishi va murakkab o’zgarishi ro‘y beradi: oqsillarning parchalanishi; mono va disaxaridlarning o’zgarishi; kraxmal gidrolizi; sellyulozaning aromatik birikmalari; lipidlar parchalanishi. Organik moddalar o’zining tabiati va tuproq paydo bo’lish jarayonlaridagi roliga ko’ra ikki guruhga bo’linadi: 1. Spesifik xususiyatga ega bo’lgan. 2. Spetsifik xususiyatga ega bo’lmagan organik moddalar.
Birinchi guruh o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan organik moddalar tuproq gumusidan iborat bo’lib, u organik moddalarning 85-90% tashkil qiladi. Ikkinchi guruhga xos xususiyatga ega bo’lmagan organik moddalar kiradi va uning tarkibida organik kimyoviy ma’lum bo’lgan turli azot saqlovchi va azotsiz organik moddalar mavjud, ular organik moddalarning 10-15% ni tashkil etadi.
Har qanday tuproqda bir vaqtning o’zida ikki jarayon: 1) minyerallanish-murakkab organik brikmalarning oddiy moddalar (CO2, NH3, H2O kabi) gacha parchalanishi va 2) gumufikatsiya : gumusning hosil bo’lish jarayoni ro’y beradi.
Gumus hosil bo’lish tezligi, uning borish xaraktyeri qator omillarga, jumladan o’simliklar qoldig’ining miqdori va kimyoviy tarkibiga, tuproqning namligi va aeratsiyasiga, muhit reaksiyasiga (pH), oksidlanish-qaytarilish sharoitiga mikrobiologik faoliyatining intensifligiga, mikroorganizmlar guruhlari tarkibiga, tuproq minyeral qismining tarkibiga, kimyoviy holatiga bog’liq.
Gumus – murakkab kimyoviy tarkibli azot saqlovchi yuqori molekular modda kompleksi bo’lib, odatda qoramtir tusli va tuproqqa tekis singib ketgan hamda minyeral qismi bilan juda mustahkam birikkan o’ziga xos moddadir. Gumusning tarkibi asosan quyidagi uch guruh organik moddalardan iborat: 1)hali chirimagan o’simlik va hayvon qoldiqlari tarkibidagi dastlabki moddalar (oqsillar, uglevodlar, ligninlar, lipidlar va boshqalar); 2) gumusga aylanayotgan oraliq mahsulotlar (aminokislotalar, fenol, monosaxaridlar va boshqalar); 3) gumus moddalari, gumusning o’ziga hos asosiy spetsifik qismi bo’lib, barcha gumus tarkibining 85-90% ini tashkil etadi. Gumusning o’ziga xos bo’lmagan qismi hisoblangan birinchi va ikkinchi gurux organik moddalar gumusning 10-15% ini tashkil etadi.
Gumusning kimyoviy tarkibi o’simliklar qoldiqlari tarkibidan farq qiladi va gumus tarkibida o’simliklarga nisbatan uglerod va azot miqdori ko’payib, kislorod va vodorod aksincha kamayadi. Gumus moddalar tarkibi quyidagilardan iborat: 1) gumin kislotalari; 2) fulvokislotalar va guminlar.
Gumin kislotalari – siklik tuzilishga ega bo’lgan azot saqlovchi yuqori molekular organik kislota bo’lib, suvda kam yeriydi, minyeral kislotalarda esa yerimaydi. Gumin kislotalari ishqorlarda eriydi, ular yeritmasi qoramtir rangda bo’lib, to’q jigarrangdan qoragacha o’zgarib turadi. Gumin kislotalar tarkibida Sq50-62%, Nq2,8-6,6%, Oq3-6% dir. Ular tarkibida kul elementlari 1-10% atrofida. Gumin kislotalar tarkibida aromatik va geterotsiklik komponentlar 50-60% uglerod komponentlari-25-30%, funksional guruxlar 10-25% atrofida bo’ladi. Gumin kislotalari tuproqning minyeral qismi bilan o’zaro ta’sirlanishib, uning tuzlari (gumatlar)ni hosil qiladi. Natriy, kaliy, ammoniy gumatlar suvda yaxshi eriydi. Кolloid shakldagi gumatlar tuproqda ilyuvial qatlamlargacha yuvilib cho’ktirilishi mumkin masalan, sho’rtob tuproqlarda ushbu jarayon yaxshi ifodalangan.
Кalsiy va magniy gumatlari suvda erimaydi va tuproqda gil holida ushlanib, mexanik element zarrachalarini biriktirib, sementlab suvga chidamli struktura hosil qiladi.
Fulvokislotalar – gumin kislotalar kabi azot saqlovchi yuqori molekular organik kislota bo’lib past konsentratsiyada och sariq, yuqori konsentratsiyada jigarrang maxsus brikma bo’lib uning tarkibida uglyerod gumin kislotadan ko’ra ancha kam, kislorod ko’proq saqlashi, kislotalar va ishqorlarda erishi bilan farq qiladi. Suvli eritmasi kuchli kislotali (rN 2,2-2,8) xususiyatga ega. Fulvokislotalar juda harakatchan bo’lganidan tuproq tarkibidagi organik va mineral moddalarning yuvilib ketishiga olib keladi. Gumusda gumin kislotalari ko’payganda fulvokislotalarning kimyoviy faolligi pasayadi.
Guminlar – gumusning ishqorlarda erimaydigan qismi bo’lib, qisman minyerallar bilan mustahkam brikkan gumin kislotalari va qiyin eriydigan organik qoldiqlardan iborat. Gumus tarkibida guminlar 15-20, ba’zi tuproqlarda 40-48% ga yetadi.
Tuproqning gumusli holati deganda organik moddalarning morfologik belgilari, umumiy zahirasi, uning hosil bo’lishi, o’zgarishi hamda tuproq profili bo’ylab harakati kabi jarayonlarning yig’indisi tushiniladi. Tuproqning gumusli holatini ko’rsatuvchi belgilar – organik moddalar miqdori va zahirasi, uning tuproq qatlami bo’ylab tarqalishi, azot bilan boyiganligi, gumus hosil qilish darajasi, gumus kislotalarning tiplari va ularning alohida belgilari. Turli tuproqlarda gumusli holati bir xil emas. Tuproqning guruh va fraksiya tarkibi ajratiladi. Guruh tarkibi deganda gumin kislota, fulvokislota va gumusning gidrolizlashmaydigan qoldig’i miqdorlari tushiniladi.
Tuproqning hajm og’irligi tabiiy holatdagi bir kub santimetr quruq tuproqning gramm hisobidagi og’irligini shu hajmdagi Q40S da olingan suv og’irligi bo’lgan nisbatiga aytiladi va g/sm3 bilan ifodalanadi. Tuproqning hajm og’irligining unumdorligini belgilashda, ayniqsa madaniy o’simliklarning normal rivojlanishida ularning hosildorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Tuproq hosil bo’lish jarayonida bo’shliqlarning umumiy hajmiy yig’indisiga tuproqning g’ovakligi deyiladi.
Tuproqning g’ovakligi uning solishtirma og’irligiga bog’liq. Ularning o’zgarishi bilan g’ovaklik ham o’zgarib boradi.
R=(1-(H.O)) x 100%)
R- tuproqning umumiy g’ovakligi % hisobida.
Tuproqning g’ovakligi uning muhim hususiyatlaridan biridir. G’ovaklarning mavjudligi havo almashinish (ayerasiya) va suv harakatiga ijobiy ta’sir etadi.
G’ovaklik tuproqning mexanik tarkibi bilan bog’liq. Mikroorganizmlar struktura hosil qilishda muhim rol o’ynovchi organik moddalar, jumladan gumusning aerob sharoitda tez minerallashib, parchalanib ketishiga olib keladi. Natijada tuproqdagi gumus kamayib, strukturaning asta-sekin buzilib borishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun ham tuproqda mo‘tadil mikrobiologik jarayonlarning bo’lishi muhim ahamiyatga ega.
|