Tuproq genezisi va evolyutsiyasi haqida umumiy ma`lumotlar




Download 199,04 Kb.
bet7/29
Sana20.03.2021
Hajmi199,04 Kb.
#13311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
1.1 Tuproq genezisi va evolyutsiyasi haqida umumiy ma`lumotlar

Unumdorlik xususiyatiga ega bo’lgan yer yuzasining ustki g’ovak qatlami tuproq deyiladi. Tuproqlarning tabiatdagi va jamiyat hayotidagi roli g’oyat beqiyosdir. Tuproq biosferadagi modda aylanma harakatida asosiy rol o’ynaydi. Tuproq organizmlar uchun hayot muhiti, ozuqa manbai hisoblanadi, moddalarning kichik biologik va katta geologik aylanma harakatida muhim rol o’ynaydi. Tuproq qattiq, suyuq, va gazsimon komponentlardan iborat bo’lib, iqlim, tog’ jinslari, o’simliklar va hayvonlar, mikroorganizmlarning o’zaro murakkab ta’siri natijasida hosil bo’ladi. 1 gramm tuproqda milliondan ortiq sodda hayvonlar va tuban o’simliklar uchraydi.

Tuproq tabiiy faktorlar va odamning ishlab chiqarish faoliyati ta’sirida yuzaga kelgan tabiiy tarixiy jismdir,degan tushunchani mashhur tuproqshunoslarimiz ta’riflab bergan edilar.

Tuproqning unumdorligi o’simlikning suvga va ishqoriy elementlar hamda azotli oziqlarga qanday munosabatda bo’lishiga bog’liq ekanligidan u to’satdan yuzaga kelmasdan,nurash va tuproq hosil bo’lishidek murakkab jarayonlar natijasida asta-sekin rivojlanib borgan.SHu jarayonlar to’g’risidagi ta’limotni hozirgi zamon tuproqshunosligi asoschilari V.V.Dokuchaev,P.A.Kostichev,N.M.Sibirsov va boshqalar ishlab chiqqan.

Ularning hammasi tuproq hosil bo’lishini,o’z pirovardiga etishi uchun juda ko’p vaqt hamda fizik,ximiyaviy va biologik faktorlarning ishtirok etishini talab etadigan murakkab tarixiy jarayon deb qaradilar.

Tuproqning geterogen muhit bo’lgan ximiyaviy tarkibi g’oyat muhim axamiyatga ega.Tuproq tarkibiga ximiyaviy tabiati va petrografik tuzilishi juda xilma-xil bo’lgan minerallar kiradi.

Tuproq eritmasi tarkibida organik moddalar xam,mineral moddalar ham bo’ladi.Bular o’rtasidagi nisbat juda beqaror bo’lib,tuproq tipiga xamda tuproq namunasi olingan vaqtga bog’liq.

Tuproq tugaydigan va tiklanadigan resurslarga kiradi. Tuproq tarixiy tarkib topgan murakkab, mustaqil tabiiy jism bo’lib, o’zgaruvchan dinamik hosiladir. yer yuzi turli qobiqlari o’rtasidagi aloqadorlik tuproq orqali amalga oshadi. Tuproq tabiiy landshaftlarning asosi hisoblanadi. Biosferada bajaradigan faoliyatiga qarab tuproqni organik hayot zanjirining eng muhim xalqasi deb yuritsa bo’ladi. Tuproqda u yoki bu mikroelementlar etishmasligi yoki optiqchaligi organizmlarning rivojlanishi va insonning sog’lig’iga bevosita ta’sir ko’rsatadi; Tuproq kasallik tarqatadigan; ko’plab mikroorganizmlar uchunzarur hayot muhiti hisoblanadi.

Rel`ef. Tuproq genezisi,tuproqlar tuzilishi (strukturasi)ga tuproqning bir xilligi yoki turlicha bo`lib tarqalishi singarilarga ta`sir etuvchi muhim tuproq paydo qiluvchi omillardan biri joyning rel`efidir Demak,agronom dehqonchilikning o`ziga xos xususiyatlarini o`rganayotganda rel`efga katta e`tibor berishi lozim.

Tuproqning yoshi.Tuproq paydo qiluvchi jarayonlar ma`lum vaqt birligiga ko`ra kechadi. Masalan, faqat 18-20 sm qalinlikdagi tuproqning hosil bo`lishi uchun turli sharoitlarga qarab 1500-7000 yilgacha vaqt kerak.Tuproqning absolyut va nisbiy yoshi ajratiladi. Insonlar o`zining qishloq xo`jaligidagi faoliyati bilan tuproq va tuproq paydo qiluvchi tabiiy omillarga katta ta`sir etadi. Botqoq yerlarni quritish,janubiy rayonlarda sug`orish hamda sho`rhok va sho`rtob yerlarni melioratsiyalash, dasht va cho`llarda o`rmon himoya daraxtzorlari barpo qilish hamda yerni ishlash,o`g`itlash singari tadbirlar tuproqdagi biologik,kimyoviy va boshqa jarayonlarga katta ta`sir etadi, natijada tuproqning suv,havo,issiqlik kabi xossalari o`zgaradi. Demak, insonlarning tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan tadbirlari natijasida yangi madaniy ya`ni samarali va potentsial unumdorligi yuqori bo`lgan tuproqlar yuzaga keladi. Insonlarning ishlab chiqarish faoliyati tuproqning evolyutsion rivojlanishni tezlashtiradi yoki sekinlashtiradi. Shuning uchun hamma mamlakatimiz territoriyasidagi tuproq qoplami, ayniqsa qishloq xo`jaligida foydalaniladigan tuproqlar tabiiy omillar bilan bir qatorda,insonlar faoliyatining maxsuli ekanligini unutmasligimiz kerak.

Mamlakatimizning tuproq qoplami,o`zining murakkab tuzilishi va xilma-xilligi bilan xarakterlanadi. Tuproqlarni o`xshash belgilari kelib chiqishi va unumdorligi kabi xususiyatlariga ko`ra muayyan gruppalarga birlashtirishga tuproq klassifikatsiyasi (tasnifi) deyiladi. Tuproqlarni ilmiy jihatdan klassifikatsiyalash ularning genetik ishlab chiqarish xossalariga asoslangan bo`lib, bu klassifikatsiya quyidagilarni tuproq paydo bo`lishining barcha shart-sharoitlari va jarayonlarini, tuproqlarning territoriyalari bo`yicha tarqalishini va tuproqlarning ishlab chiqarish jihatidan ahamiyatga ega bo`lgan biologik, fizikaviy va kimyoviy xossalarining umumiy harakteristikasini aks ettirish kerak.

A) normal yoki zonal tuproqlar sinfi, bunda yettita tuproq tiplari ajratiladi.

B) o`tuvchi tuproqlar sinfida uchta tuproq tiplari.

V) anormal tuproqlar sinfida uchta tuproq tiplari ajratiladi.

Mamlakatimizda qishloq xo`jaligining yanada rivojlanishi, tuproq haqidagi fan oldiga yangi vazifalarni, jumladan yer fondlarini o`rganish har bir jamoa va shirkat uchun mukammal tuproq kartalari tuzish vazifalarini qo`yadi.

Tip deb,deyarli bir xildagi tuproq paydo bo`lish jarayonlari kechadigan hamda o`xshash fizik-geografik sharoitlarda katta maydonlarda shakllangan konkret tuproqlarga aytiladi.Hozirda 100 taga yaqin tiplari, O`zbekistonda esa tuproqlarning g`g`ta tiplari va 59 tipchalari ajratilgan.

Tuproqlar sistematikasida tuproq tipidan quyi(past)bo`lgan taksonomik birliklar, tipcha, rod (avlod), tur, xil va razryadlar ham ajratiladi.

Tipcha tuproq tiplari orasida ajratiladigan taksonomik birlik bo`lib, asosiy hamda qo`shimcha tuproq paydo qiluvchi jarayonlarning borishidagi ayrim sifatiy farqlar bilan xarakterlanadi.

Avlod tipchalar orasidagi tuproq gruppalarni o`ziga birlashtiradi. Ona jinslarning tuzilishi va xossalari,sizot suvlarining kimёviy tarkibi kabi omillar natijasida tuproqning sho`rxoklanishi, sho`rtoblanishi va karbonatlanishi singari jaraёnlarning borishi ro`y beradi

Tur avlodlar orasida ajratiladigan tuproq gruppalari bo`lib, tuproq paydo qiluvchi jaraёnlarning borish jadalligiga ko`ra ajratiladi.

Masalan,podzollanish jarayonlarining gumus to`planishining jadalligi va uning chuqurligi,sho`rlanish,eroziyalanish darajasi singarilar turlarni belgilovchi ko`rsatkichlar hisoblanadi.


Download 199,04 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Download 199,04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tuproq genezisi va evolyutsiyasi haqida umumiy ma`lumotlar

Download 199,04 Kb.