Xulosa ..........................................................................................................72
Foydalanilgan adabiyotlar.......................................................................... 75
KIRISH.
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi: Mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, tuproq ekologik muhit sifatida katta ahamiyatga ega. Uning boiekologik xususiyatlari mikroorganizmlar va umuman organizmlar uchun ahamiyati yuqori. Uni o’rganish turi, yer resurslari ekologik muhit sifatida uni asrash, muhofaza qilish, ilmiy izlanishlar asosida uni o’rganib borish hayotiy ahamiyatga ega. Shu sababli mazkur mavzuni ijodiy ish sifatida o’rganib, u haqda ma,lumotlar to’plash, ularni tahlil qilishni hozirgi asosiy zarur muammo deb hisoblayman.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: Tuproq va undagi organizmlar to’g’risida ma‘lumotlar yig’ish, ushbu ma’lumotlar asosida tuproqdagi organizmlarning biologik xilma – xillikka shu jumladan inson hayotidagi ahamiyatini chuqurroq o’rganish, bilim va ko’nikmalar hosil qilish.
Bitiruv malakaviy ishining vazifasi: Insoniyat soni keskin oshayotgan shu bilan bir qatorda ularning oziq ovqatga bo’lgan ehtiyojlarining oshayotganligini inobatga olib qishloq xo’jalik ekinlarini hosildorligini oshirish bo’yicha tuproqda sodir bo’ladigan barcha biologik jarayonlarni va bu jarayonlarning barqarorligini ta’minlaydigan omillarni boshqarishni ulardan foydalanish texnologiyalarini o’rganish.
Tuproq qatlami yerda hayotning kelib chiqishi bilan bir vaqtda paydo bo’la boshlagan va hayotga parallel holda rivojlangan.
Tuproq hosil bo’lish jarayonining har xil yo’llar bilan rivojlanishi hayotning suvdan quruqlikka chiqishi bilan bog’liq bo’lib, bu holat bundan 400—500 mln yillar avval o’tgan va asta-sekin tuproq, qobiq yuzaga kela boshlagan.
Tuproq qobiq turli ekosistemalarda uchraydigan o’simliklar o’sish, rivojlanish va fotosintez jarayonining o’tishi uchun zarur bo’lgan suv, mineral moddalar, gaz bilan ta’minlaydi va sayyorada organik moddalarning hosil bo’lishiga asos soladi.
Tuproq ma’lum darajadagi qattiqroq yaxlit tana bo’lsa ham, uning zarrachalar orasi o’simliklarni mineral va organik moddalar bilan ta’minlovchi oziqa manbai, erigan makro va mikroelementlar, organik moddalar to’planadigan joydir. Ulardan tashqari tuproqda o’simliklarning qoldiqlari , chirindilari to’plangan bo’lib , ular o’z nvbatida boshqa hayvonlarga (sichqon ,sug’ur , qurt-qumursqa ) yashash muhiti hisoblanadi. Organizmlarning hayot faoliyati natijasida tuproqda doim moddalar almashinuvi va har xil energiyaning siklik o’zgarishi hamda migratsiyasi bo’lib turadi. Tuproq tugaydigan va tiklanadigan resurslarga kiradi. Tuproq tarixiy tarkib topgan murakkab, mustaqil tabiiy jism bo’lib, o’zgaruvchan dinamik hosiladir. yer yuzi turli qobiqlari o’rtasidagi aloqadorlik tuproq orqali amalga oshadi. Tuproq tabiiy landshaftlarning asosi hisoblanadi. Biosferada bajaradigan faoliyatiga qarab tuproqni organik hayot zanjirining eng muhim xalqasi deb yuritsa bo’ladi. Tuproqda u yoki bu mikroelementlar etishmasligi yoki optiqchaligi organizmlarning rivojlanishi va insonning sog’lig’iga bevosita ta’sir ko’rsatadi; Tuproq kasallik tarqatadigan; ko’plab mikroorganizmlar uchunzarur hayot muhiti hisoblanadi.
O’simlik ildizi atrofida juda ko’p va har xil guruhdagi mikroorganizmlar – bakteryalar, zamburug’lar , turli suvo’tlar uchraydi va yashaydi. Ular o’zlarining hayot faoliyati jarayonida o’simliklar (o’t o’simliklar ,butalar ,daraxtlar) ildizlari bilan biologik munosabatda (mikorizm) bo’ladi. O’simliklar ildizlari orqali mikroorganizmlarga mineral moddalar va suv yetkazib bersa,mikroorganizmlar o’z novbatida o’simliklarni organik moddalar bilan ta’minlaydi, qoldiqlarini chiritib , biologik aktiv moddalarning manbai gumusni hosil qiladi. O’zbekiston tuproqlarida gumusning miqdori tubandagicha: bo’z tuproqning bir gektarida 61-79 t ,och tusli bo’z tuproqda-40-51 t, sug’oriladigan va o’tloq tuproqlarda -19.5-47.5 t gumus bor. Erigan mineral moddalar o’simliklarning ildizlari orqali ularning tanalariga o’tib, turli fiziologik, bioximik jarayonlarda aktiv qatnashib , o’simlikni o’sish, rivojlanishini va organik modda hosil qilishini ta’minlaydi.
O’simlik qoldiqlarida uchraydigan turli mikroorganizmlar, mayda hayvonlar- saprofitlar organik qoldiqlarni chiritadi, parchalaydi va tuproqda moddalar almashinishida muhim rol o’ynaydi.
Tuproqda uchraydigan turli guruh hayvonlarning soni, sifati, xillari ham turlichadir. Masalan, 1 m2 tuproq qatlamida 100 mlrd. dan ortiq mikroskopik tirik organizmlarning hujayralari uchraydi. 1 g tuproqda yuzlab million bakteriya, bir necha ming sodda hayvonlar mavjud. Bir gektar igna bargli o’rmonlarda 200 kg, bargli o’rmonlarda 1000 kg, cho’l tuproqda 10 kg atrofida zoomassa bo’ladi.
M. S. Gilyarovning bergan ma’lumotiga qaraganda, tuproqdagi hay- vonlar o’rmonlarda to’plangan barg, shox, shoxchalarnnng 25% ini qayta ishlaydi. Bog’larning 1 m2 maydonida 400 dan ortiq yomg’ir chuvalchanglari bo’ladi. Ular 1 m2 da 80 g massa hosil qiladi. Tuproqning organik qoldiqlarini parchalashda umurtqasiz hayvonlar bilan turli mikroorganizmlar (bakteriya, suvo’tlar, zamburug’lar) qatnashadi. Ularning soni 1 sm2 tuproqda 100 mln. dan ortiq»bo’ladi.
Tuproq muhitida uchraydigan turli bakteriyalar va hayvonlar o’simlik uglevodlar yog’ va oqsillarini istemol qilsa , zamburug’lar o’simliklarni sellyulozasini parchalaydi, yirtqichlar esa o’z o’ljalarini tirik massasi bilan oziqlanadi.Biosferada biologik moddalar almashinishi, mikroorganizmlarning hayot faoliyati natijasida yuzaga keladi, ya’ni: organik qoldiqlar chirish parchalanish (mineralizatsiyalanish) tuproq hosil bo’lishi, moddalarning bir holatdan boshqa holatga o’tishi va tuproqda energiya oqimi yuzaga kelishi. Yuksak o’simliklar vakillari organik moddalarni sintez qiladi va ularda quyosh energiyasini to’playdi. O’simlikda hosil bo’lgan organik moddalar (yaproqlar, shoxlar , ildizlar) tuproqqa o’tadi. U yerda mikroorganizmlar yordamida parchalanib, chirib , tuproq hosildorligini oshiradi va energiyaning qayta taqsimlanishiga olib keladi.tuproqning hosil bo’lish jarayonida hamma tirik organizmlar qatnashadi, ya’ni: o’simliklar parchalanish; mikroorganizmlar cherish va tuproq gumusi sintez bo’ladi.
|