2.2 Tuproqdagi tuz miqdorining organizmlar tarqalishiga ta’siri.
Organizmlarning tuproqda tarqalishi unda hayotiy jarayonlarining normal borishi uchun tuproqning tarkibi ya’ni uning tarkibidagi organik va minral moddalar miqdori, tuproqning namligi, havo aeratsiyasi unda erigan mineral tuzlar hisobidan uning muhiti (pH) , topografik joylashuviga qarab uning harorati, balandligi, bosimi unda organizmlarning tarqalishiga juda katta ta’sir ko’rsatadi.
Turli tuproqlarda namlikning miqdori har xil bo’lib , bor namlik yilning fasllari bo’yicha ham o’zgarib turadi. Agar tuproqda chiriyotgan organik moddalar ko’p bo’lsa , u yerda ammiak(NH3) , oltingugurt (H2 S) , metan kabi zaharli gazlar to’planib, o’simlik va tuproqdagi hayvonlar hayot faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi, hattoki ular nobud ham bo’ladi.Tuproqdagi aerob va anaerob organizmlar turli organik va mineral moddalarni istemol qiladi, parchalaydi va minerallashtirib, bir holatdan ikkinchi o’simliklar uchun foydali holatga o’tkazadi.
Tuproqda uchraydigan har bir organizm evolutsion taraqqiyot davomida tuproq tarkibidagi turli omillarga turli darajada moslashgan bo’lib hisoblanadi. Biz quyida tuproq tarkibidagi tuz miqdoriga nisbatan organizmlar guruhlari va moslanishlarini ko’rib chiqamiz.
Yuqori konsentratsiyadagi tuzlarning o’simliklarga ta’siri turlichadir. Sho’rlangan yerlardagi o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi tuproqda erigan tuzlarning tarkibi va konsentratsiyasiga bog’liq. Tuproqda namlik ko’p zonalarda sho’rlangan tuproqlar NaCL tuzlari cho’l zonasidagi tuproqlarda esa Na , Mg,Ca sulfatlari va karbonatlari ko’proq uchraydi. Ularning ta’siri suvning osmotik bosimi va tuzlar ionlarining o’simliklar protoplazmasiga o’tkazadigan ta’siri orqali yuzaga keladi.
Erigan tuzlar konsentratsiyasining ko’payishi bilan suvga bog’langan tuzlarning o’simliklarga o’tishi kamayadi. Masalan NaCL ning 0,5% li eritmasi8,3 bar , 3%li eritmasi esa 20 bar , kuch bilan suvni ushlaydi. Lekin tuproqda erigan tuzlar suvni ushlash kuchidan yuqori kuch bilan o’simliklar o’zlariga kerakli suvni tuproqdan tortib oladi. Agar suv bilan o’tgan yuqori konsentratsiyadagi tuz ionlari o’simlik hujayrasiga o’tsa , uning hayoti faoliyatini shu ionlarga moslashgan protoplazmalar va ularning chidamliligi hal qiladi. Natriy va xlor ionlarining ortiqcha to’planishidan o’simlik tanasi shishadi, hujayra membranalaridagi fermentlar aktivligi pasayadi, modda almashinishning son ,sifat va energetik xususiyatlari o’zgaradi.
Tuzga chidamlik tirik organizmlarning protoplazmasiga xosdir. Tuzga sezgir protoplazmalar natriy xlorid (1-1,5%) li eritmasida nobud bo’ladi. Sulfat ,nitrat va xloridlarning MgSO4 , Na2SO4, KNO3,MgCL2, CaCL2, NaCL zaharligi bir oz pastdir. Tuzga juda chidamli organizmlar mavjud. Masalan, yashil xivchinli suvo’tlardan Dunaliella slina, ko’k yashil suvo’tlardan Synechocystis salina kabi turlar O’rta Osiyoning juda yuqori tuzli tuproqlarida uchraydi. Bakteryalardan galofitlarga Pseudomonas salinarum , achitqi zamburug’larning ayrim turlari kirib , tuproqdagi tuzlar natriy xlorid eritmasi 20-24% bo’lganda ham ularning hujayrasidagi fermentlar aktivligi saqlanib qoladi.
Madaniy o’simliklardan tuzga chidamlilarga arpa, qand lavlagi, paxta ,ismaloq , raps, uzum, tut, anor , akatsiya, olma , turli qarag’ay kabilarni kiritish mumkin. Mevali daraxtlarni ayrimlari : shaptoli, o’rik, limon , madaniy o’simliklardan bug’doy, sabzi, dukkaklilar, kartoshka, urug’li mevalilar turli tuproqlarga ekologik jihatdan chidamsiz bo’ladi.
O’simliklarning rivojlanish davrlarida muhitning tuzliligiga ularning chidamliligi ortib boradi. Makkajo’xori esa tuzlikka juda sezgir va chidamsiz bo’ladi. Tuproqdagi erigan tuzlarning salbiy ta’siriga chidamli o’simliklarning hosillari ham kam zararlanadi. Shahar xiyobonlarida o’sadigan kashtan , jo’ka daraxtlarining mevalari uchun tuproqda erigan natriy xlorning zaharlik chegarasi 1.5% atrofidadir. Qo’ng’ir eman, chinor, oq akatsiya kabi daraxtlar tuproqdagi tuzlarga ancha chidamlidir . Lekin kamroq sho’rlangan tuproqlarga moslashgan va biroz chidamli o’simliklar galofitlarga kirmaydi.
Haqiqiy galofitlar(eugalofitlar) deb, sho’r tuproqlarda o’suvchi va tanalarida ko’p miqdorda tuz to’plovchi o’simliklrga aytiladi. Ular uchun asosiy xislat, tanalarida juda yuqori miqdorda xloridlar va ortiqcha natriyning to’planishidir. Kaliy tuproqda kam darajada bo’ladi. Agar sho’rlangan tuproqlarda galofit xususiyatiga ega bo’lgan o’simliklar o’stirilsa , ular eng avvalo Na va CL ionlarini tortib oladi. Tuproqdagi tuzlarni ko’proq to’playdiganlarga sho’radoshlar oilasining vakillari kiradi.
Turli darajada sho’rlangan tuproqlarga morfologik, fiziologik moslashgan galofit o’simliklar tubandagicha klassifikatsiya qilinadi:
Kumulyativ galofitlar tipiga (eugalofitlarga ) – kiruvchi o’simliklarning sitoplazmasi yuqori miqdordagi tuzlarga chidamlidir. Ular tuproqdagi erigan tuzlarni shimib , tanasidagi kulga nisbatan 45-50% ortiq tuz to’playdi.bu guruh o’simliklarga salzola va soleros turkumlarining vakillari kiradi.
Secretor galofitlar tipi (krinogalofitlar) bu guruhga kiruvchi o’simliklar o’zlarining barglarida joylashgan maxsus tuz bezlari orqali juda yuqori konsentratsiyalashgan tuz eritmalarini tashqariga chiqardi. Bunday o’simliklarga frankeniya , yulg’un , kermak kabi turkumlarning vakillari kiradi.
Boshqaruvchi galofitlar tipi (glikogalofitlar). Bu guruhga kiruvchi o’simliklarning hujayrasidagi osmotic bosim tanadagi tuzlar orqali emas , balki organik moddalar, ayniqsa qand birikmalari orqali boshqariladi. Undan tashqari glikogalofitlar hujayrasi o’ziga xos bioximik xususiyatlarga ega bo’lib,turli zararli tuzlarning tanaga o’tishini chegaralaydilar yoki zararli ionlarni bir –biri bilan bog’lab , modda almashinuvi jarayonida tanadan chiqarib yuboradilar. Bu guruhga yaxshi misol Artemisia, Elaeagnus, Chenopodium turkumlarining vakillari hisoblanadi.
Sho’rlangan yoki galomorf tuproqlar har xil tiplarda bo’ladi. Ularga sho’rxok va sho’rli tuproqlar kiradi. Unday tuproqlarning vodorod ioni ancha ishqorli (pH=8,0 dan pstroq) bo’lib , tuproqda erigan kationlarning 50%ini Na tashkil qiladi.
|