Elektron tijoratga investitsiyalar jalb qilish




Download 7.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/197
Sana21.10.2022
Hajmi7.29 Mb.
#27653
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   197
Bog'liq
Дарслик

 
6.2. Elektron tijoratga investitsiyalar jalb qilish 
Endi kriptovalyutalarning investorlar uchun qanday qiyinchiliklar 
tug‘dirishi masalasini ko‘rib chiqamiz. Hozirgi davrda yangi raqamli 
texnologiyalar startap kompaniyalarga kriptovalyutalar yoki tokenlar 
ko‘rinishida juda katta investitsion mablag‘larni jalb qilish imkoniyatini
yaratayapti. Misol uchun, yuqoridagi bo‘limda ko‘rsatilganidek, raqamli 
pullarni birlamchi joylashtirish – ICO (initial coin offering) o‘nlab
million pullarni investitsiyalar uchun to‘plash imkonini yaratayapganini 
bir qancha davlatlardagi tajriba yaqqol namoish qilayapti. Ammo bu
ishlarning manfiy oqibatlari ham vujudga kelishi ehtimoli bor albatta.
ICO vositasida investitsiyalar jalb qilinadigtan startaplar bozorida
yangi moliyaviy puffak paydo bo‘lishi mumkin. Bunda emitentlar
tomonidan hech qanday sarf-xarajat qilinmagan holda investorlar
uchun yuqori darajada foyda olishlariga imkon yaratiladi. An’anaviy
investitsion capital yig‘ish usulida esa kompaniya kerakli kapitalni
yig‘a olish uchun uzoq yillar davomida aholining ishonchini qozongan 
bo‘lishi kerak. Raqamli valyuta vositasida investitsion capital to‘plash 
operatsiyasining qimmatli qog‘ozlarni birlamchi aktsiyalar joylashtirish 
(anderrayting - birjalarda sotish) orqali amalga oshiriladigan an’anaviy 
usulidan asosiy farqi shundaki, bunda kompaniya sotuv uchun aktsi-
yalarni emas, balki tokenlarni (raqamli jetonlarni) chiqaradi. Buning 


166 
uchun investorlar kriptovalyuta orqali to‘lov qiladilar (masalan, bitkoin
yoki laytkoin orqali). Mutaxassislarning fikricha, ICO emitentlari bu 
ishlarni qilayotganlariga katta tavakkalchiliklarga qo‘l uradilar. Bu 
ayniqsa, kriptovalyutalar bozori faoliyati davlat boshqaruviga o‘tgan 
paytda o‘ta kuchayadi.
ICO tashkil qilish uchun kompaniya-emitent mahsus web-plat-
formadan foydalanadi, masalan, Waves yoki Ethereum vositasiga to-
kenlarni, ya’ni, qimmatli qog‘ozlarning kriptoversiyasini chiqaradi. Bu-
ning uchun blokcheynga tranzaktsiyalar, ularning tavsifi, soni va unikal 
ID si bilan qo‘shiladi. Emissiyadan so‘ng, tokenlarning istalgan sonda-
gisini blokcheyndagi biror bir hamyondagi kriptovalyutaga almashish 
mumkin bo‘ladi. Ba’zi bir kompaniyalar o‘z tokenlarini oltin bilan yoki
kompaniyaning maxsuloti bilan ta’minlab beradilar. Masalan, Ethereum
bazasidagi DigixDAO startapi 2016 yilda o‘z tokenlarini oltin stan-
dartiga bog‘lab chiqardi, amerikaning Ethereum asosida derivativlar
bilan savdo qiladigan blokcheyn-platforma yaratayotgan StabL startapi
esa o‘z tokenlarini oddiy valyutada qiymati bo‘lgan moliyaviy mah-
sulotlarga bog‘lab qoydi. Tokenlarni chiqaradigan kompaniya-emitent va 
ularni sotib olishni istagan investorlar smart-kontrakt tuzishadi va
buning asosida avtomatik blokcheyn- zanjirning ishtirokchilariga ayla-
nadilar. Ushbu blokcheyn-zanjir doirasidagi kelishuvlar teskari kuchga
ega emas. Token-kriptovalyuta oldi-sotti jarayoni quyidagicha tartibda
amalga oshadi: Kompaniya dastur yordamida investorning hamyonini
va investorga token jo‘natiladigan hamyonni so‘raydi. Kompaniya in-
vestordan kerakli summani olganidan so‘ng, tranzaktsiya amalga oshi-
rilgan hisoblanadi va smart-kontrakt ishga tushib, tokenlar xaridorga
yetkazib beriladi.
ICO tashkil qilgan kompaniya kroptoaktsiyalarni (tokenlarni)
bankka yoki venchur investorga emas, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri loyiha
ishtirokchilariga sotadi. Demak, bu xolda loyiha ishtirokchilari kompaniya 
ishiga kuchliroq jalb qilinadilar, kompaniya mahsuloti va hizmatlaridan
foydalanishga stimul oladilar hamda boshqa insonlarga ham bu
mahsulotlarni taklif qilish foydaliligini tushunadilar.


167 
Chunki, kompaniyaning ishi qanchalik yaxshi bo‘lsa, investorlar
ham shunchlik ko‘p foyda oladilar. Kriptoaktsiyalarni birinchi bo‘lib
joylashtirgan kompaniya Mastercoin bo‘lib, u 2013 yilda ICO yordamida 
$500 ming dollar pul yig‘a olgan. Blokcheyn texnologiyalar rivojlanishi
bilan bu mablag‘ jalb qilish texnologiyasi yanada ko‘proq qo‘llanila
boshlandi. Techcrunch ning ma’lum qilishicha, 2016 yilda umumiy 
summasi $103 mln bo‘lgan 64 ICO ishga tushirilgan. Keyingi davrlarda 
esa bir necha o‘nlab kompaniyalar ICO tashkil qilinishi haqida xabar 
bermoqdalar. Shu jumladan, Rossiyaning SONM kompaniyasi kripto-
valyutada $42 mln jalb qilishga erishdi. ICO lar tarixidagi burilish
nuqtasi bo‘lib Kanadalik dasturchi Vitalik Buterinning DAO deb 
nomlangan loyihasini ko‘rsatish mumkin. Bu loyiha doirasida kompaniya 
birdaniga $152 mln investitsiya jalb qila oldi (buni ko‘pincha 
kraudfunding deb atashadi). DAO loyihasi markazlashmagan venchur fond 
bo‘lib, uning boshqaruvi dasturiy ta’minot vositasida avtomatik
ravishda amalga oshiriladi. Ushbu xodisadan so‘ng, jahon miqyosida ICO 
lar tashkil qilish jarayoni juda ham tezlashib ketdi. 2017 yil 30 may kuni 
JacaScript tili va Mozilla brauzeri ishlab chiqqan Brendan Ayk
yangiBrave brauzeri ishlab chiqsh uchun ICOmexanizmi orqali $35 mln 
yig‘a oldi. Buning uchun Brendan BAT yoki Basic Attention Tokendeb 
nomlangan token yaratdi. Ushbu tokenlarning 1 milliarddan ortiqrog‘i
156 000 Ethereum kriptovalyutasi birligiga sotildi (ko‘pincha bu 
valyutani efir deb ham atashadi). Bu kriptovalyutaning bittasi narxi 2017 
yil 23 iyun sanasiga $327,42 deb baholandi. ICO ga investor bo‘lib,
an’anaviy moliyaviy instrumentlar bilan ishlash tajribasi yo‘q insonlar
ham qatnashishi mumkin. Shuning uchun ham tokenlarni ko‘pincha
malakali va professional investorlar emas, balki kriptovalyutaga
ishonadigan yoki shu sohada ishlaydigan insonlar sotib olishadi. Bunday 
insonlar birjada yoki Forex da ishlash tajribalari yo‘q bo‘lgani bilan,
ishni darhol kripovalyuta biznesidan boshlaydilar. Kriptokraudfunding 
bilan bir qancha Rossiya kompaniyalari ham shug‘ullanadilar va
blokcheynlarni o‘z loyihalari real iqtisodiyotiga tadbiq etadilar. Masa-
lan, 2017 yil may oyida Moskva viloyatidagi “Kolionovo” nomli qish-
loq xo‘jalik fermasi ICO yordamida $500 ming jalb qilishga erishdi. 


168 
Bu ferma “kolion” deb nomlangan mahsulot kuponlari chiqardi va uni
fermaning mahsuloti bilan ta’minladi. Iyun oyida esa tsirkoniy ishlab 
chiqaradiganZrCoin deb nomlangan Rossiya startap kompaniyasi
Waves platformasidagi ICO vositasida 4000 investordan salkam $7 mln 
investitsiya jalb qilishga erisha oldi. Bunda bir tokenning bahosi bir
kilogram tsirkoniy dioksidi narxiga teng qilib olindi. Kompaniya jalb
qilingan investitsiya yordamida zavod quradi va keynchalik o‘z
foydasidan investorlarga ularning tokenlariga mos ravishda to‘lovlarni
amalga oshiradi. Bu kompaniyalar kriptovalyuta tokenlarini real
mahsulot ishlab chiqarishga bog‘ladilar. Kompaniyalar blokcheynni o‘z
off-line bizneslarini rivojlantirish uchun qo‘shimcha vosita sifatida 
ishlatdilar. Shuni ham aytish kerakki, ICO lar muvaffaqiyatining
poydevorlaridan biri marketing jarayonini samarador va aqlga muvofiq 
ravishda amalga oshirishdir. ICO bilan nafaqat startap kompaniyalar,
balki yirik kompaniyalar ham qiziqa boshlashayaptilar. 2017 yilda inves-
torlar va startaplar uchun mo‘ljallangan amerika platformasi taqsimlan-
gan tarmoqlar qurish Protocol Labs kompaniyasi bilan hamkorlikda
CoinList platformasini ishga tushirdilar. Bu platformaning missiyasi
turli kompaniyalarga ICO tashkil qilishni osonlashtirishdir. Blokcheyn-
larni real biznesga tadbiq qilish imkoniyatlarini qidirishga bag‘ishlangan 
va 2017 yil fevral oyida tashkil qilingan Ethereum Enterprise Alliance 
korxonalar alyansiga xozirgi paytda 100 dan ortiq kompaniyalar
kirgan. Bular jumlasiga Microsoft, JPMorgan, Chase, Toyota, Merck
va boshqa katta kompaniyalarni kiritish mumkin. Shuning bilanbir qator-
da bitkoinlarni to‘lov vositasi sifatida qabul qiladigan yirik kompaniyalar
soni ham ortib bormoqda. Misol sifatida quyidagilarni keltirishimiz 
mumkin:
- Blog va saytlar yaratish platformasi WordPress
- Aviabiletlar qidirish sayti Expedia
- PayPal to‘lov tizimi
- Yer yo‘ldosholi televidenie provayderi Dish Network
- Latiya aviakompaniyasi AirBaltic
- Xaydovchilar chaqirish on-line servisi Wheely
- Legal Prime GS Consulting yuridik firmasi


169 
- On-line supermarket Yulmart
Davlatlar tomonidan ham blokcheyn texnologiyalarga qiziqish ortgani
bilan kriptovalyutalarning qonuniy jihatdan boshqariluvini yo‘lga qoyish 
jarayoni ancha ast darajada. Masalan, Uzbekiston, Rossiya, Qozog‘ston va 
boshqa hamdo‘stlik mamlakatlarida 2018 yil holatida kriptovalyutalarning 
statusi umuman aniqlangan emas. Ularning konstitutsiyalarida kriptoval-
yutalarga o‘xshash pul surrogatlarining pul aylanishida ishlatilishi
qat’iyan ma’n etilgan. Ammo kriptovalyutalardan foydalanish asosida 
yotgan blokcheyn texnologiyasidan foydalanish ma’n etilgan emas. Lekin
ba’zi mamlakatlarda nolegal tranzaktsiyalarga qarshi kurash olib 
borish uchun kriptovalyutalardan foydalanish mumkinligi bildirilgan
va uni qonuniylashtirish zarurligi bir qancha mamlakatlarda tan olingan. 
Agarda “barcha qonuniy ravishda ma’n etilmagan amallardan
foydalanish mumkin” degan mantiqiy qoidadan foydalansak, u xolda
ICO ishtirokchilari qonunni buzmaydi deb o‘zimizni ovuntirishimiz
mumkin, albatta. Ammo tomonlar orasida tushumovchilik kelib chiq-
qanda, ularning o‘z qonuniy xuquqlarini himoya qilishlari katta mu-
ammo bo‘lib qolishi mumkin. Ya’ni tokenlarni kriptovalyutalarga sotib 
olish tomonlar orasidagi o‘zaro kelishuvday bo‘lib, o‘zaro kelishmovchilik 
kelib chiqqan taqdirda shartnomani bajarmaslik uchun yetarlicha xuquqiy
asos topish mumkin bo‘ladi. Shuning uchun ham bizda xozircha 
kriptovalyutalardan faol foydalanishga shoshilmagan ma’qul. Keyingi 
paytlarda ko‘plab kompaniyalar tomonidan ICO ga qiziqish tobora ortib
borayotgani tufayli Status deb nomlangan Singapur blokcheyn-startapi 
tokenlarini joylashtirishda Ethereum platformasi ishida buzilishlar roy
berdi. Kriptovalyutalarni o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy-izlanish
Smith + Crown online resursi xozirgi vaqtda ICO tashkil qilayotgan yoki 
2017 yil noyabrigacha bu ishni amalga oshirmoqchi bo‘lgan 50 kompaniya 
haqida ma’lumot bergan. Buning ma’nosi shundaki, ICO lar atrofida 
moliyaviy puffak xosil bo‘lmoqda va agarda bu puffak yorilsa, ushbu
segmentgai investorlarning kriptovalyuta va tokenlarga bo‘lgan qizi-
qishi sezilarli ravishda kamayishi mumkin. ICO larga bo‘lgan katta 
qiziqish unchalik hayratlanarli emas, chunki ICO lar startap biznesga
venchur investitsiyalarga nisbatan tezroq va qulayroq xolatda yaxshigina 


170 
kapital jalb qilish va tezda birjaga chiqishga imkon beradi. Haqiqatan
ham klassik usuldagi investitsiyada yangishga capital jalb qilish uchun
siz investorlar uchun taqdimot qilishingiz kerak, birjaga kelib, masla-
hatchilar yollashigiz lozim, aktsiyalar emissiya qilishingiz zarur, emis-
siya esa maxsus organlar tomonidan nazorat qilinadi va xakozo. Bu 
qiyinchiliklarni aylanib o‘tib, investitsiyalar uchun kerakli bo‘lgan
mablaglar’ni xozirda boshqarilmaydigan kriptovalyutalar bozoridan jalb 
qilish juda ham oson yo‘l albatta. Lekin bu ishlarning havfli tomonlari ham 
bor. Bu xududni terra incognito deb bilib, qonun bilan to‘qnashib
qolmaslik uchun extiyotkorlik bilan ish olib borish lozim bo‘ladi. 
Istalgan xuquqiy yoki jismoniy shaxs, agar ularning ishonchini qozona 
olmasangiz, sizni “kompaniya meni bu ish bilan bog‘liq tavakkalchiliklar
va risklar bilan to‘liq tanishtirmagan” deb, kompaniyani firibgarlikda 
ayblab, sudga berishi mumkin. “Kriptovalyutalar yuqori darajadagi riskka
ega bo‘lgani uchun, xozircha ularga pul tikmagan ma’qul, chunki
kompaniyaning sizga qandaydir daromad berishi ichun hech qanday 
huquqiy asos mavjud emas” deb maslahat ham beradilar. Lekin
ko‘pchilik ekspertlarning fikriga ko‘ra, uzoq muddatli perspektivada 
kriptovalyutalar bozori o‘sishda davom etadi, blokcheyn texnologiyasi 
esa an’anaviy moliyada yanada kengroq miqyosda qo‘llanilaveradi.
Xozirda esa kriptovalyutalar olamida investorlar va kompaniyalar
orasida hech qanday qonunchilikda ko‘zda tutilgan xuquqiy asos 
bo‘lmagani tufayli, investorlarning juda katta miqdordagi daromad olish-
lariga imkon yaraladi hamda firibgarlik uchun ham katta imkoniyat
paydo bo‘ladi. Xozigi davrda ICO larda mayda investorlarniong
pullari aylanayapti, keyinchalik esa bu sohaga banklar, fondlar va
davlat jalb qilinishi tufayli kriptovalyutaga qiziqish yanada ortadi.
Xozircha kriptovalyutalar kursining bir oshib va bir kamayib turishi 
tabiiy bir xoldir. Endi kriptovalyutalarning investorlar uchun qanday 
qiyinchiliklar tug‘dirishi masalasini ko‘rib chiqamiz. Hozirgi davrda
yangi raqamli texnologiyalar startap kompaniyalarga kriptovalyutalar yoki 
tokenlar ko‘rinishida juda katta investitsion mablag‘larni jalb qilish
imkoniyatini yaratayapti. Misol uchun, yuqoridagi bo‘limda ko‘rsatil-
ganidek, raqamli pullarni birlamchi joylashtirish – ICO (initial coin


171 
offering) o‘nlab million pullarni investitsiyalar uchun to‘plash imko-
nini yaratayapganini bir qancha davlatlardagi tajriba yaqqol namoish 
qilayapti. Ammo bu ishlarning manfiy oqibatlari ham vujudga kelishi
ehtimoli bor albatta. ICO vositasida investitsiyalar jalb qilinadigtan
startaplar bozorida yangi moliyaviy puffak paydo bo‘lishi mumkin.
Bunda emitentlar tomonidan hech qanday sarf-harajat qilinmagan xol-
da investorlar uchun yuqori darajada foyda olishlariga imkon yarati-
ladi. An’anaviy investitsion capital yig‘ish usulida esa kompaniya
kerakli kapitalni yig‘a olish uchun uzoq yillar davomida aholining
ishonchini qozongan bo‘lishi kerak. Raqamli valyuta vositasida 
investitsion capital to‘plash operatsiyasining qimmatli qog‘ozlarni bir-
lamchi aktsiyalar joylashtirish (anderrayting - birjalarda sotish) orqali 
amalga oshiriladigan an’anaviy usulidan asosiy farqi shundaki, bunda
kompaniya sotuv uchun aktsiyalarni emas, balki tokenlarni (raqamli 
jetonlarni) chiqaradi. Buning uchun investorlar kriptovalyuta orqali to‘lov
qiladilar (masalan, bitkoin yoki laytkoin orqali). Mutaxassislarning 
fikricha, ICO emitentlari bu ishlarni qilayotganlariga katta tavakkalchi-
liklarga qo‘l uradilar. Bu ayniqsa, kriptovalyutalar bozori faoliyati davlat 
boshqaruviga o‘tgan paytda o‘ta kuchayadi.
ICO tashkil qilish uchun kompaniya-emitent mahsus web-platfor-
madan foydalanadi, masalan, Waves yoki Ethereum vositasiga token-
larni, ya’ni, qimmatli qog‘ozlarning kriptoversiyasini chiqaradi. Buning
uchun blokcheynga tranzaktsiyalar, ularning tavsifi, soni va unikal ID si 
bilan qo‘shiladi. Emissiyadan so‘ng, tokenlarning istalgan sondagisini
blokcheyndagi biror bir hamyondagi kriptovalyutaga almashish mumkin 
bo‘ladi. Ba’zi bir kompaniyalar o‘z tokenlarini oltin bilan yoki
kompaniyaning maxsuloti bilan ta’minlab beradilar. Masalan, Ethereum
bazasidagi DigixDAO startapi 2016 yilda o‘z tokenlarini oltin stan-
dartiga bog‘lab chiqardi, amerikaning Ethereum asosida derivativlar
bilan savdo qiladigan blokcheyn-platforma yaratayotgan StabL startapi
esa o‘z tokenlarini oddiy valyutada qiymati bo‘lgan moliyaviy
mahsulotlarga bog‘lab qoydi. Tokenlarni chiqaradigan kompaniya-emitent 
va ularni sotib olishni istagan investorlar smart-kontrakt tuzishadi va
buning asosida avtomatik blokcheyn-zanjirning ishtirokchilariga ayla-


172 
nadilar. Ushbu blokcheyn-zanjir doirasidagi kelishuvlar teskari kuchga
ega emas. Token-kriptovalyuta oldi-sotti jarayoni quyidagicha tartibda
amalga oshadi: Kompaniya dastur yordamida investorning hamyonini
va investorga token jo‘natiladigan hamyonni so‘raydi. Kompaniya in-
vestordan kerakli summani olganidan so‘ng, tranzaktsiya amalga oshi-
rilgan hisoblanadi va smart-kontrakt ishga tushib, tokenlar xaridorga
yetkazib beriladi. ICO tashkil qilgan kompaniya kroptoaktsiyalarni
(tokenlarni) bankka yoki venchur investorga emas, balki to‘g‘ridan-
to‘g‘ri loyiha ishtirokchilariga sotadi. Demak, bu xolda loyiha ishtirok-
chilari kompaniya ishiga kuchliroq jalb qilinadilar, kompaniya mahsuloti
va hizmatlaridan foydalanishga stimul oladilar hamda boshqa inson-
larga ham bu mahsulotlarni taklif qilish foydaliligini tushunadilar.
Chunki, kompaniyaning ishi qanchalik yaxshi bo‘lsa, investorlar ham
shunchlik ko‘p foyda oladilar.
Kriptoaktsiyalarni birinchi bo‘lib joylashtirgan kompaniya
Mastercoin bo‘lib, u 2013 yilda ICO yordamida $500 ming dollar pul yig‘a 
olgan. Blokcheyn texnologiyalar rivojlanishi bilan bu mablag‘ jalb
qilish texnologiyasi yanada ko‘proq qo‘llanila boshlandi. Techcrunch
ning ma’lum qilishicha, 2016 yilda umumiy summasi $103 mln bo‘lgan 
64 ICO ishga tushirilgan. Keyingi davrlarda esa bir necha o‘nlab 
kompaniyalar ICO tashkil qilinishi haqida xabar bermoqdalar, Shu
jumladan, Rossiyaning SONM kompaniyasi kriptovalyutada $42 mln
jalb qilishga erishdi. ICO lar tarixidagi burilish nuqtasi bo‘lib
Kanadalik dasturchi Vitalik Buterinning DAO deb nomlangan loyihasini 
ko‘rsatish mumkin. Bu loyiha doirasida kompaniya birdaniga $152 mln 
investitsiya jalb qila oldi (buni ko‘pincha kraudfunding deb atashadi). 
DAO loyihasi markazlashmagan venchur fond bo‘lib, uning boshqaruvi
dasturiy ta’minot vositasida avtomatik ravishda amalga oshiriladi. 
Ushbu xodisadan so‘ng, jahon miqyosida ICO lar tashkil qilish jarayoni 
juda ham tezlashib ketdi. 2017 yil 30 may kuni JacaScript tili va Mozilla 
brauzeri ishlab chiqqan Brendan Ayk yangiBrave brauzeri ishlab
chiqsh uchun ICOmexanizmi orqali $35 mln yig‘a oldi. Buning uchun 
Brendan BAT yoki Basic Attention Tokendeb nomlangan token yaratdi. 
Ushbu tokenlarning 1 milliarddan ortiqrog‘i 156 000 Ethereum


173 
kriptovalyutasi birligiga sotildi (ko‘pincha bu valyutani efir deb ham 
atashadi). Bu kriptovalyutaning bittasi narxi 2017 yil 23 iyun sanasiga 
$327,42 deb baholandi. ICO ga investor bo‘lib, an’anaviy moliyaviy
instrumentlar bilan ishlash tajribasi yo‘q insonlar ham qatnashishi
mumkin. Shuning uchun ham tokenlarni ko‘pincha malakali va
professional investorlar emas, balki kriptovalyutaga ishonadigan yoki 
shu sohada ishlaydigan insonlar sotib olishadi. Bunday insonlar birjada
yoki Forex da ishlash tajribalari yo‘q bo‘lgani bilan, ishni darhol 
kripovalyuta biznesidan boshlaydilar. Kriptokraudfunding bilan bir qancha 
Rossiya kompaniyalari ham shug‘ullanadilar va blokcheynlarni o‘z
loyihalari real iqtisodiyotiga tadbiq etadilar. Masalan, 2017 yil may
oyida Moskva viloyatidagi “Kolionovo” nomli qishloq xo‘jalik fermasi
ICO yordamida $500 ming jalb qilishga erishdi. Bu ferma “kolion” deb 
nomlangan mahsulot kuponlari chiqardi va uni fermaning mahsuloti
bilan ta’minladi. Iyun oyida esa tsirkoniy ishlab chiqaradiganZrCoin
deb nomlangan Rossiya startap kompaniyasi Waves platformasidagi 
ICO vositasida 4000 investordan salkam $7 mln investitsiya jalb qilishga
erisha oldi. Bunda bir tokenning bahosi bir kilogram tsirkoniy
dioksidi narxiga teng qilib olindi. Kompaniya jalb qilingan investitsiya
yordamida zavod quradi va keynchalik o‘z foydasidan investorlarga
ularning tokenlariga mos ravishda to‘lovlarni amalga oshiradi. Bu
kompaniyalar kriptovalyuta tokenlarini real mahsulot ishlab chiqarishga 
bog‘ladilar. Kompaniyalar blokcheynni o‘z offline bizneslarini rivojlan-
tirish uchun qo‘shimcha vosita sifatida ishlatdilar. Shuni ham aytish
kerakki, ICO lar muvaffaqiyatining poydevorlaridan biri marketing ja-
rayonini samarador va aqlga muvofiq ravishda amalga oshirishdir.
ICO bilan nafaqat startap kompaniyalar, balki yirik kompani-
yalar ham qiziqa boshlashayaptilar. 2017 yilda investorlar va startaplar 
uchun mo‘ljallangan amerika platformasi taqsimlangan tarmoqlar qurish
Protocol Labs kompaniyasi bilan hamkorlikda CoinList platformasini
ishga tushirdilar. Bu platformaning missiyasi turli kompaniyalarga ICO
tashkil qilishni osonlashtirishdir.
Blokcheynlarni real biznesga tadbiq qilish imkoniyatlarini qidirishga 
bag‘ishlangan va 2017 yil fevral oyida tashkil qilingan Ethereum 


174 
Enterprise Alliance korxonalar alyansiga xozirgi paytda 100 dan ortiq
kompaniyalar kirgan. Bular jumlasiga Microsoft, JPMorgan, Chase,
Toyota, Merck va boshqa katta kompaniyalarni kiritish mumkin. Shu-
ning bilanbir qatorda bitkoinlarni to‘lov vositasi sifatida qabul qiladigan
yirik kompaniyalar soni ham ortib bormoqda. Misol sifatida 
quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
- Blog va saytlar yaratish platformasi WordPress
- Aviabiletlar qidirish sayti Expedia
- PayPal to‘lov tizimi
- Yer yo‘ldosholi televidenie provayderi Dish Network
- Latiya aviakompaniyasi AirBaltic
- Xaydovchilar chaqirish on-line servisi Wheely
- Legal Prime GS Consulting yuridik firmasi
- On-line supermarket Yulmart
Davlatlar tomonidan ham blokcheyn texnologiyalarga qiziqish ortgani
bilan kriptovalyutalarning qonuniy jihatdan boshqariluvini yo‘lga qoyish 
jarayoni ancha past darajada. Masalan, Uzbekiston, Rossiya, Qozog‘ston 
va boshqa hamdo‘stlik mamlakatlarida 2018 yil holatida kriptovalyuta-
larning statusi umuman aniqlangan emas. Ularning konstitutsiyalarida 
kriptovalyutalarga o‘xshash pul surrogatlarining pul aylanishida
ishlatilishi qat’iyan ma’n etilgan. Ammo kriptovalyutalardan foydala-
nish asosida yotgan blokcheyn texnologiyasidan foydalanish ma’n etilgan 
emas. Lekin ba’zi mamlakatlarda nolegal tranzaktsiyalarga qarshi
kurash olib borish uchun kriptovalyutalardan foydalanish mumkinligi
bildirilgan va uni qonuniylashtirish zarurligi bir qancha mamlakatlarda 
tan olingan. Agarda “barcha qonuniy ravishda ma’n etilmagan amallar-
dan foydalanish mumkin” degan mantiqiy qoidadan foydalansak, u
xolda ICO ishtirokchilari qonunni buzmaydi deb o‘zimizni ovuntirishi-
miz mumkin, albatta. Ammo tomonlar orasida tushumovchilik kelib
chiqqanda, ularning o‘z qonuniy xuquqlarini himoya qilishlari katta
muammo bo‘lib qolishi mumkin. Ya’ni tokenlarni kriptovalyutalarga 
sotib olish tomonlar orasidagi o‘zaro kelishuvday bo‘lib, o‘zaro 
kelishmovchilik kelib chiqqan taqdirda shartnomani bajarmaslik uchun 
yetarlicha xuquqiy asos topish mumkin bo‘ladi. Shuning uchun ham


175 
bizda xozircha kriptovalyutalardan faol foydalanishga shoshilmagan ma’-
qul. Keyingi paytlarda ko‘plab kompaniyalar tomonidan ICO ga qiziqish 
tobora ortib borayotgani tufayli Status deb nomlangan Singapur
blokcheyn-startapi tokenlarini joylashtirishda Ethereum platformasi
ishida buzilishlar roy berdi.
Kriptovalyutalarni o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy-izlanish Smith
+ Crown online resursi xozirgi vaqtdaICO tashkil qilayotgan yoki 2017 
yil noyabrigacha bu ishni amalga oshirmoqchi bo‘lgan 50 kompaniya 
haqida ma’lumot bergan. Buning ma’nosi shundaki, ICO lar atrofida 
moliyaviy puffak xosil bo‘lmoqda va agarda bu puffak yorilsa, ushbu
segmentgai investorlarning kriptovalyuta va tokenlarga bo‘lgan
qiziqishi sezilarli ravishda kamayishi mumkin. ICO larga bo‘lgan
katta qiziqish unchalik hayratlanarli emas, chunki ICO lar startap
biznesga venchur investitsiyalarga nisbatan tezroq va qulayroq xolatda 
yaxshigina kapital jalb qilish va tezda birjaga chiqishga imkon beradi.
Haqiqatan ham klassik usuldagi investitsiyada yangishga capital jalb
qilish uchun siz investorlar uchun taqdimot qilishingiz kerak, birjaga
kelib, maslahatchilar yollashigiz lozim, aktsiyalar emissiya qilishingiz
zarur, emissiya esa maxsus organlar tomonidan nazorat qilinadi va 
xakozo. Bu qiyinchiliklarni aylanib o‘tib, investitsiyalar uchun kerakli 
bo‘lgan mablaglar’ni xozirda boshqarilmaydigan kriptovalyutalar
bozoridan jalb qilish juda ham oson yo‘l albatta. Lekin bu ishlarning 
havfli tomonlari ham bor. Bu hududni terra incognito deb bilib, qonun
bilan to‘qnashib qolmaslik uchun extiyotkorlik bilan ish olib borish
lozim bo‘ladi. Istalgan xuquqiy yoki jismoniy shaxs, agar ularning 
ishonchini qozona olmasangiz, sizni “kompaniya meni bu ish bilan
bog‘liq tavakkalchiliklar va risklar bilan to‘liq tanishtirmagan” deb, 
kompaniyani firibgarlikda ayblab, sudga berishi mumkin. “Kriptovalyu-
talar yuqori darajadagi riskka ega bo‘lgani uchun, xozircha ularga pul
tikmagan ma’qul, chunki kompaniyaning sizga qandaydir daromad
berishi ichun hech qanday huquqiy asos mavjud emas” deb maslahat
ham beradilar. Lekin ko‘pchilik ekspertlarning fikriga ko‘ra, uzoq 
muddatli perspektivada kriptovalyutalar bozori o‘sishda davom etadi,
blokcheyn texnologiyasi esa an’anaviy moliyada yanada kengroq


176 
miqyosda qo‘llanilaveradi. Xozirda esa kriptovalyutalar olamida inves-
torlar va kompaniyalar orasida hech qanday qonunchilikda ko‘zda
tutilgan xuquqiy asos bo‘lmagani tufayli, investorlarning juda katta
miqdordagi daromad olishlariga imkon yaraladi hamda firibgarlik
uchun ham katta imkoniyat paydo bo‘ladi. Xozigi davrda ICO larda
mayda investorlarniong pullari aylanayapti, keyinchalik esa bu soxaga
banklar, fondlar va davlat jalb qilinishi tufayli kriptovalyutaga qizi-
qish yanada ortadi. Xozircha kriptovalyutalar kursining bir oshib va bir 
kamayib turishi tabiiy bir xoldir.

Download 7.29 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   197




Download 7.29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Elektron tijoratga investitsiyalar jalb qilish

Download 7.29 Mb.
Pdf ko'rish