О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi ergashev rahmatulla xidirovich xamrayeva sayyora nasimovna




Download 7.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/197
Sana21.10.2022
Hajmi7.29 Mb.
#27653
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197
Bog'liq
Дарслик

 
Taqrizchilar:
Abduraxmonov Q.X. – О‘zbekiston Fanlar Akademiyasining
akademigi, i.f.d., professor. 
Rustamova I.B. – Toshkent davlat agrar universiteti professori,  
i.f.d.
Fayziyeva SH.SH. – QarMII ”Innovatsion iqtisodiyot” kafedrasi
dotsenti, i.f.n. 
ISNB 978-9943-7376-3-1 
© R.X.Ergashev, S.N.Xamrayeva, 2021 
© «Intellekt» nashriyoti, 2021



 
 
SО‘Z BOSHI
 
Hozirgi kunda raqamli iqtisodiyotning dunyo miqyosida tutgan о‘rni 
va uning rivojlanish tendensiyalari tobora ortib bormoqda. Misol uchun
ma’lumotlar oqimi kо‘lamining о‘zgarishi internet protokoli (IP) ga 
asoslangan global trafik hajmining 1992 yilda kuniga 100 gigabaytni 
tashkil etgan bо‘lsa, 2019 yilda bu kо‘rsatkich sekundiga 89000 Gb dan 
oshdi. Bu ma’lumotlar raqamli iqtisodiyot rivojlanishining dastlabki 
bosqichiga tegishli ekanini hisobga olsak, uning rivojlanishi sur’ati 
tо‘g‘risida tasavvur hosil qilish qiyin emas. Prognozlarga kо‘ra, 2022 yilga 
kelib global IP-trafik hajmi sekundiga 150700 Gb ga yetadi, bu Internet 
tarmog‘ida yangi foydalanuvchilarning kо‘payishi va Internetning yanada 
kengayishi natijasida amalga oshadi
1
.
Жahon miqyosida olib qaraydigan bо‘lsak, raqamli iqtisodiyotning 
rivojlanish geografiyasida ikki mamlakat yetakchi о‘rinni egallab turibdi. 
Bular AQSH va Xitoy. Bu mamlakatlarga blokcheyn texnologiyasi bilan 
bog‘liq bо‘lgan barcha patentlarning 75 foizi, “Internet of Things 
(Narsalarinterneti)”ga
2
sarflanadigan xarajatlarning 50 foizi va bulutli 
hisoblash ochiq texnologiyalari global bozorining 75 foizidan ortig‘i 
tо‘g‘ri keladi. Eng diqqatga sazovor tomoni shundaki, ular dunyodagi 70 ta 
eng yirik raqamli platformalarning bozor kapitallashuvining 90foizini 
nazorat qilishadi. texnologiyalarda global ustunlikka intilishning oqibatida 
yuzaga keladi. AQSH va Xitoyning YAIM hajmi bо‘yicha jahonda 
birinchi va ikkinchi о‘rinlarni egallab turganligini e’tiborga olsak, raqamli 
texnologiyalarning mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda strategik 
ahamiyatga ega ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qilishmumkin.
Hozirgi paytda kompyuterlashtirish va yuqori texnologiyalar asrida 
raqamli iqtisodiyot hayotimizning har bir jabhasiga: sog‘liqni saqlash, 
1
BMT savdo va rivojlanish konferensiyasi. Raqamli iqtisodiyot bо‘yicha hisobot (2019). 
https://unctad.org/en/PublicationsLibrary/der2019_overview_ru.pdf
2.Internet of Things, IoT – qurilmalarni kompyuter tarmog‘iga birlashtiradigan va ularga dasturiy 
ta’minot, amaliy dasturlar yoki texnik vositalardan foydalangan holda ma’lumotlarni tо‘plash, tahlil 
qilish, qayta ishlash va boshqa obyektlarga uzatish imkonini beradigan texnologiY.



ta’lim, internet-banking, hukumatga daxldor bо‘lmoqda. 
Iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasi sanoat, xizmat ko‘rsatish sohasi 
va qishloq xo‘jaligini ravnaq toptirish, tadbirkorda tashabbuskorlikni 
kuchaytirish, moliyaviy resurslar bilan ta’minlash kabi omillarga 
asoslanadi. Iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish 
hisobiga 2035 yilga borib, mamlakat yalpi ichki mahsuloti 122 milliard 
dollarga yetkaziladi. O‘sish sur’atining bunday ko‘lamini belgilashda 
YAIMning nominal o‘sishi, iqtisodiyot samaradorligi, aholi jon boshiga 
daromadlar oshishi hisobga olingan. 
Ijtimoiy sohani rivojlantirish bо‘limida ta’lim tizimi, mehnat bozori 
hisobiga inson kapitalini rivojlantirish, aholining barcha qatlamlarini sifatli 
tibbiy xizmat bilan qamrab olish, ilm-fan va innovasiyalarni rivojlantirish 
orqali aholining sog‘lig‘ini yaxshilash kо‘rsatkichini oshirish, ijtimoiy 
himoya, atrof-muhitni asrash, ilg‘or fikrlaydigan yangi avlodni 
shakllantirish, 
mamlakatning 
milliy 
brendini 
xalqaro 
miqyosda 
ommalashtirish kabi maqsadlar bayon etilgan. 
О‘zbekistonni 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasi Harakatlar 
strategiyasining mantiqiy davomi bо‘lib, yurtimiz taraqqiyotida yangi 
sahifa ochishi bilan ahamiyatlidir. Strategiya loyihasida belgilangan 
marralarga erishish uchun hар бир соhада ислоhотларни bosqichma-
bosqich, aniq muddatlarda ruyobga chiqarish prognozlari kо‘rsatilgan. 
Mamlakatni bugungi kunda demokratik, evalyusion yо‘ldan 
rivojlanishi eng samarali yо‘l bо‘lib, о‘zining samarali natijalarini 
bermoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida hamma narsani talab va taklif 
belgilaydi. Aholining talab va taklifini qondirish maqsadida О‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son 
“О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar 
strategiyasi tо‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan iqtisodiyotni 
rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yо‘nalishlari doirasida 
korxonalarnini modernizasiya qilish va jadal rivojlantirish orqali raqamli 
iqtisodiyot texnologiyalarni joriy etish bо‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini 
kengaytirish katta ahamiyat kasb etadi. 
Harakatlar strategiyasini 2035 yillarda amalga oshirishda raqamli 
iqtisodiyot muhim rol о‘ynaydi. 



О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning Oliy 
Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlaganidek: “...raqamli iqtisodiyotni 
shakllantirish kerakli infratuzilma, kо‘p mablag‘ va mehnat resurslarini 
talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bо‘lma-sin, bu 
ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bо‘ladi. 
Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol о‘tish – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor 
vazifalarimizdan biri bо‘ladi.Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va 
xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi”
3

Umumjahon tendensiyalari va tashqi siyosatda rо‘y berayotgan 
hodisalardan kelib chiqib, О‘zbekiston oldida global raqobatbardoshlik va 
milliy xavfsizlik masalasi turibdi va ushbu masalani hal qilishda 
mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish muhim rol о‘ynaydi. 
Raqamli iqtisodiyotning ayrim elementlari allaqachon muvaffaqiyat bilan 
ishlamoqda. Hozirgi kunda, hujjatlar va kommunikasiyalarning ommaviy 
ravishda raqamli vositalarga о‘tkazilishini hisobga olib, elektron imzoga 
ruxsat berish, davlat bilan muloqot qilish ham elektron platformaga 
о‘tkazilmoqda. 
О‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat tо‘g‘risida”gi 
2019 yil 29 oktabrdagi 576-sonli qonuniga asosan ilm-fan va 
texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yо‘nalishlari milliy iqtisodiyot 
raqobatbardoshligi hamda samaradorligiga erishish, mehnat unumdorligini 
oshirish, yangi tarmoqlarni yaratish, aholi turmush darajasi, ilm-fan va 
ta’lim tizimlarini sifat jihatidan yuksaltirib borish bilan bog‘liq 
muammolarning ilmiy yechimini ta’minlash maqsadida ishlab chiqiladi
4

Iqtisodiyot tarmoqlarida innovasiya, zamonaviy texnika va texnolo-
giyalar qо‘llashni amalga oshirish uchun raqamlm iqtisodiyotdan keng 
foydalanish zarur. Ushbu talablarga javob berish uchun “Raqamli iqtiso-
diyot” fani bо‘yicha chuqur bilimga ega bо‘lish muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodiy jarayonlarni raqamlashtirish nafaqat bevosita axborot-
kommunikasiya tarmog‘ini, balki mamlakat xо‘jalik faoliyatining barcha 
sohalarini ham qamrab oladigan keng qamrovli tendensiyaga aylanib 
3
Mirziyoyev SH.M. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga 
Murojaatnomasi. // Xalq sо‘zi, 24.01.2020 yil.
4
О‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat tо‘g‘risida”gi Qonuni, 29 oktabr 2019 yil. 



bormoqda. 
Internet-savdo, raqamli qishloq xо‘jaligi, «aqlli» elektr-tarmoq tizim-
lari, uchuvchisiz transport, shaxsiylashtirilgan sog‘liqni saqlashda raqamli 
iqtisodiyot inqilobi kuchli his qilinmoqda. 
Shu sababli О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 
noyabrda qabul qilingan qarorida ta’kidlanishicha: «Raqamli iqtisodiyotni 
jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, davlat boshqaruvi 
tizimini yanada takomillashtirish, undan foydalanish imkoniyatlarini 
kengaytirish, zamonaviy infratuzilmani qо‘llash muhim ahamiyatga ega»
5
deb kо‘rsatilishi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish infratuzilmasini 
amalga oshirish kо‘zda tutilgan. 
О‘quv qо‘llanmani о‘zlashtirish natijasida talaba: 
 
raqamli iqtisodiyotning texnologik, holatiy, tashkiliy-huquqiy hamda 
institusional hususityalarini inobatga olgan vaziyatlarni tо‘g‘ri modellash-
tirish, raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini tashkil etish; “blokcheyn” 
texnologiyalarning mohiyatini anglab yetish; global axborot resurs 
bazalaridan samarali foydalanish usul va yо‘llarini biladi va ulardan 

Download 7.29 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197




Download 7.29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi ergashev rahmatulla xidirovich xamrayeva sayyora nasimovna

Download 7.29 Mb.
Pdf ko'rish