• Raqamli iqtisodiyot
  • Raqamli iqtisodiyotning salbiy jihatlari




    Download 7.29 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/197
    Sana21.10.2022
    Hajmi7.29 Mb.
    #27653
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   197
    Bog'liq
    Дарслик

    Raqamli iqtisodiyotning salbiy jihatlari. Raqamli iqtisodiyotni 
    lobbistika yondashuvi nuqtai nazaridan iqtisodiyot tarmoqlarining o‘z-
    o‘zidan mavjud bo‘lgan qismi sifatida emas, birinchi o‘rinda bir million 
    tonna virtual oltin, oltin-dollar standartidan voz kechilgandan so‘ng jahon 
    iqtisodiyotini ikkinchi Buyuk depressiya xavfi oldiga olib kelgan 1000 
    trillion dollar hech narsa bilan ta’minlanmagan derivatdan iborat bo‘lgan 
    AQSH davlat lobbistikasi eksport qilinadigan vositasi sifatida faoliyat 
    ko‘rsatgan. Shunday kilib, lobbistika yondashuvi asosida, ma’naviy omilni 
    hisobga olgan holda raqamli iqtisodiyotni baholashda insoniyat uzra 
    muallaq turgan jiddiy xavfning ko‘lamini belgilaydi.
    Ma’naviy nuqtai nazardan raqamli iqtisodiyotning vazifasi dunyo pul 
    tizimini tugatish hisoblanadi. Hamma pullarni yo‘q qilish. Bugungi kunda 


    22 
    pul – shartli narsa, xuddi papuaslarda shisha munchoqlar kabi hech narsa 
    bilan ta’minlanmagan. Raqamli iqtisodiyot sharoitida banklarda pul emas, 
    raqamlar yotadi. Virus hamma raqamlarni yo‘q qilishi, davlat va aholini 
    bir kunda qashshoq qilib qo‘yishi mumkin. Bularning barchasi ehtimoliy 
    salbiy jihatlar hisoblanadi.
    Raqamli iqtisodiyot: asosiy ishlab chiqarish omillari raqamli 
    ko‘rinishdagi ma’lumotlar hisoblangan xo‘jalik faoliyati, katta hajmdagi 
    ma’lumotlardan foydalanish va xo‘jalik yuritishning an’anaviy shakllari 
    bilan taqqoslaganda har xil ishlab chiqarish faoliyati turlari, texnologi-
    yalar, asbob-uskunalar, tovarlar va xizmatlar yetkazib berish, saqlash va 
    sotish samaradorligini oshirishga imkon beradigan tahlil natijalaridan 
    foydalanish. 
    Boshqa xalqaro tizimlar va amaliy mexanizmlar bilan birga bo‘la 
    olishga erishish uchun «umumiy darcha» mexanizmidagi ma’lumot model-
    lari va hujjatlar xalqaro standartlar va tavsiyalar asosida tashkil qilinishi 
    lozim. Uyg‘unlashtirish lozim bo‘lgan xabar va hujjatlar boshlang‘ich 
    ro‘yxati axborotlarni qamrab oladigan ma’lumotlar ro‘yxatini tuzishda, 
    shuningdek, milliy ma’lumotlar modelini shakllantirishda muvofiq 
    elementlarini identifikasiya qilish, jumladan, ularni xalqaro standartlar 
    talablariga muvofiq tavsiflash va belgilash zarur. 
    Raqamli iqtisodiyot quyidagilarni o‘zgartiradi: 
     
    biznes yuritish modellari va mavjud xizmatlar portfeli; 
     
    mijozlar va hamkorlar bilan munosabatlarda xulq-atvor standartlari; 
     
    personalni o‘qitish va motivasiya qilishga alohida e’tibor qaratgan 
    holdagi korporativ madaniyat; 
     
    virtuallashtirish, bulut texnologiyalari joriy qilgan holda AT-
    bo‘limlar javobgarlik darajasi va reglament; 
     
    yangi texnologiyalar, muhitning dasturiy-apparat talablari, mijozlar 
    va hamkorlarnng manfaatlarini hisobga olgan holda kompaniya 
    infratuzilmasi. 

    Download 7.29 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   197




    Download 7.29 Mb.
    Pdf ko'rish