• Taranglovchi moslamalar.
  • -rasm. Rezinalangan ip gazlamali lentalar uchun




    Download 8.76 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet43/124
    Sana13.05.2023
    Hajmi8.76 Mb.
    #59367
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   124
    Bog'liq
    MATERIALLARNI TEXNOLOGIK
    Diplom scaner neew, Diplom tarjima, Mavzu Kabel liniyalarni montaj qilishni o, PhD Dissertatsiyasini rasmiylashtirish qoidalari, Мустаыил ишлар мавзуси, 4, Gidrologiya, Dars jadvali, оплатной Информация, Ro\'ziboy tayor, ILOVALAR, O’rta osiyoda beshta Davlatdan tashkil topgan, 4-ma'ruza, 2 mavzu Amon, shox
    6.10-rasm. Rezinalangan ip gazlamali lentalar uchun 
    tayanch 
    roliklar. 
    a) yakka ustki tekis rolikli; b ) uch rolikli novsimon; v) amortizatsiyali;
    g) markazlovchi; d) osti tekis rolikli; ye) tozalovchi diskli; j) ikki rolikli 
    novsimon. 
    Ustki rolikli tayanchlar uch va besh rolikli hamda yakka rolikli 
    bo’ladi. Ayrim hollarda, ya’ni ensiz lentalarda (300-400 mm) ustki 
    tayanchlar ikki roliklardan tashkil topadi. Ostki tayanch roliklar uchun 
    faqat disk roliklar ishlatiladi. Konveyerlarda to’g’ri tayanch roliklardan 
    donali yuklarni tashishda foydalaniladi. Tayanch roliklarning asosiy 
    o’lchamlari GOST dan tanlanadi. 
    Odatda, rezina gazlamali lentalar uchun roliklarning diametri 
    80...200 mm va uning ish tarmog’idagi qadami t=1,0...1,5 mm atrofida 


    72 
    tanlab olinadi. Ostki roliklarda esa rolik qadami ikki marta ortiq olinadi. 
    Roliklarning diametri, po’lat turli lentalar uchun 350...400 mm va 
    qadami 1...4 m atrofida qabul qilinadi. Rezina gazlamali lentalar uchun 
    ishlatilayotgan roliklar po’lat, cho’yan va plastmassalardan tayyorlanadi. 
    Roliklarning uzunligi baraban uzunligiga teng qilib olinadi. 
    Markazlovchi tayanch roliklar lentaning eni notekis yuklanganda 
    uning ustki va ostki tarmoqlari chetga chiqib ketmasligi uchun hamda 
    avtomatik muvozanatlash uchun ishlatiladi (6.10- rasm, g). 
    Taranglovchi moslamalar. Bu moslamalar tayanch roliklar 
    asosida lentaning salqilanib qolmasligini ta’minlash va lenta bilan 
    yetakchi baraban orasidagi kerakli ishqalanish kuchini hosil qilish uchun 
    ishlatiladi. Taranglikni juda katta qilish kerak emas, aks holda 
    konveyerniig ayrim qismlarida yeyilish hosil bo’ladi, shuningdek
    energiya sarfi oshadi. Lentani me’yoridan ko’p taranglash konveyerning 
    to’xtab qolishiga sabab bo’ladi, uning yurishi notekis bo’ladi. Lentaning 
    tarangligi kam bo’lsa, uning salqiligi ortib, ramaga tegib qoladi. 
    Taranglovchi moslamalar vintli va yukli (aravachali va vertikal 
    yukli) turga bo’linadi. Birinchisi uzunligi 60 m gacha va ikkinchisi 
    uzunligi 50 m dan ortiq bo’lgan konveyerlarda ishlatiladi. 
    Vintli taranglovchi moslamalarda kerakli taranglashni qo’l 
    yordamida, klyuch bilan burash yordamida ta’minlanadi. Vint polzunga 
    mahkamlanadi. Polzun taranglovchi barabanning aylanish o’qiga 
    qotiriladi. O’z-o’zidan buralib ketmasligi va taranglik kuchi 
    kamaymasligi uchun vintlar o’z-o’zidan tormozlanuvchi trapetsional 
    rezbalardan tayyorlanadi. Kamchiligi: taranglikni to’xtovsiz ko’zdan 
    kechirib turish kerak. Afzalligi: konstruktsiyasi oddiy, ixcham va yengil. 
    Vertikal yukli taranglovchi moslama (6.10-rasm, b ) yuk, ikkita 
    yo’naltiruvchi va bitta taranglovchi barabandan tuzilgan. Baraban va 
    qo’zg’almas ramaga osib qo’yilgan yukning og’irligi hisobiga lentada 
    taranglik hosil bo’ladi. Kamchiligi: lentaning har tomondan bukilishi 
    shuningdek, qo’shimcha 5 ta baraban mavjudligi lentaning yeyilishi va 
    energiyaning ko’p sarf bo’lishiga olib keladi. Afzalligi: konstruktsiyasi 
    oddiy va balandlik bo’yicha gabarit o’lchamlari kichik. 
    Vintli taranglovchi moslamalar, odatda qisqa gorizontal va qiya 
    burchakli konveyerlarda ishlatiladi. 
    Aravachali taranglovchi moslama (6.11-rasm, a) taranglovchi 
    baraban 3, o’rnatilgan harakatlanuvchi aravacha 4 ni tortib turuvchi yuk 
    1, arqon va yo’naltiruvchi blokdan iborat.


    73 

    Download 8.76 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   124




    Download 8.76 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Rezinalangan ip gazlamali lentalar uchun

    Download 8.76 Mb.
    Pdf ko'rish