-BOB. KORXONALARDAGI TRANSPORTLANUVCHI




Download 8.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/124
Sana13.05.2023
Hajmi8.76 Mb.
#59367
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   124
Bog'liq
MATERIALLARNI TEXNOLOGIK
Diplom scaner neew, Diplom tarjima, Mavzu Kabel liniyalarni montaj qilishni o, PhD Dissertatsiyasini rasmiylashtirish qoidalari, Мустаыил ишлар мавзуси, 4, Gidrologiya, Dars jadvali, оплатной Информация, Ro\'ziboy tayor, ILOVALAR, O’rta osiyoda beshta Davlatdan tashkil topgan, 4-ma'ruza, 2 mavzu Amon, shox
1-BOB. KORXONALARDAGI TRANSPORTLANUVCHI 
MATERIALLAR  
1.1. Transportlanuvchi materiallarning asosiy xossalari 
Xalq xo’jaligidagi barcha ishlab chiqarish korxonalarida 
materiallarni texnologik transportlovchi mashinalar mavjud. So’nggi 
yillarda barcha texnika sohasida bo’lganidek, sanoat korxonalari ham 
zamonaviy materiallarni texnologik transportlovchi mashina va jihozlar 
bilan ta’minlanmoqda. 
Sanoat korxonalaridagi tashiladigan transportlanuvchi yuklarning 
va ularga mos ravishda yuklash-tashish ishlarining tannarxi va mehnat 
hajmi umumiy sanoat korxona tannarxining 25% ni tashkil etadi. 
Yuklarni 
transportlashda 
ularning 
boshlang’ich 
sifatlari 
xususiyatlarini saqlangan holda transportirovka qilinishi zarur. Shuning 
uchun transportlovchi vosita va marshrutlarni tanlashda yuklarni 
transportbopligini inobatga olish lozim. 
Yuklarning transportbopligi deb - ularni transportirovka qilish 
jarayonida avvalgi boshlang’ich xususiyatlarini yo’qotmasligiga aytiladi. 
Masalan: beton qorishmalarini tashishda uning qotib qolmasligi, qishda 
esa muzlab qolmasligi.
Korxonalardagi 
transportlanuvchi 
materiallar 
donador, 
sochiluvchan, kukunsimon, suyuq va gazsimon bo’lishi mumkin. 
Bulardan tashqari korxonalarda maxsus idishlarga joylashtirilgan xom 
ashyolar, yarim fabrikatlar va tayyor mahsulotlar ham transportirovka 
qilinadi.
Transport 
vositasi 
transportlanuvchi 
materiallarning 
fizik 
xususiyatlaridan kelib chiqib tanlanadi. Shuning uchun ham 
transportlanuvchi materiallarning fizik xususiyatlarini bilish talab 
qilinadi. Materiallarning fizik xususiyatlariga zichlik va namlik, ichki 
va tashqi ishqalanish koeffisientlari, g’ovaklik kabi ko’rsatkichlar kiradi. 
Misol uchun qum va gruntni transportirovka qilishda albatta uning 
namligi, gruntni gruntga, qumni qumga (ichki), gruntni va qumni 
transport vositasi materialiga (tashqi) ishqalanish koeffisientlari hisobga 
olinadi (1.1-rasm). Bu materiallarning namligi qancha kam bo’lsa, 
sochiluvchanligi shuncha ortadi. Chaqiq toshni transportirovka qilishda 
ham ishqalanish koeffisientini hisobga olish talab qilinadi. Suyuq 
materiallar transportirovka qilishda ularning abrazivlik xususiyatlarini 
hisobga olish kerak. Misol uchun suv, benzin, solyarka kabi 
materiallarni abrazivlik xususiyati oz miqdorda bo’lsa, beton 


10
qorishmasi, suvoq qorishmasi kabi materiallarning abrazivligi juda 
yuqori. Suyuq va gazsimon materiallar asosan yumaloq yopiq 
quvurlarda transportirovka qilinadi. 
Kukunsimon materiallarni (sement, alebastr va boshqalar) 
transportirovka 
qilishda 
asosan 
pnevmotransport 
vositalaridan 
foydalanish qulay. 
Temir-beton buyumlari ishlab chiqaradigan korxonalar uchun 
transport vositasi tanlashda tayyor mahsulot vaznini hisobga olish kerak. 

Download 8.76 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   124




Download 8.76 Mb.
Pdf ko'rish