• 3.5-rasm. Internetga bogʻlanish qurilmalari. Oʻzbekiston Respublikasidagi Internet tarmogʻining rivojlanishi.
  • -rasm. Internetga mobil aloqa orqali bogʻlanish




    Download 1,89 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet35/76
    Sana01.01.2024
    Hajmi1,89 Mb.
    #129371
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   76
     
    3.4-rasm. Internetga mobil aloqa orqali bogʻlanish. 
    Modem 
    tushunchasi 
    va 
    uning 
    vazifasi. 
    Modem 
    modulyator-
    demodulyator soʻzlarining qisqartmasi hisoblanadi. Ushbu qurilmaning asosiy 
    vazifasi kompyuterdan olingan raqamli signalni uzatish uchun analog shakliga 
    aylantirish va qabul qilingan signalni analog shakldan raqamli shaklga 
    qaytarish hamda aloqa kanallari boʻylab uzatishdan iborat. Modem signalni 
    (axborot) telekommunikatsiya kanallar boʻylab uzatishni ta‘minlaydi. Modem 
    yordamida internetda oddiy analog telefon tarmogʻi orqali bogʻlanish 
    mumkin. Bunday modemlarning nazariy jixatdan eng yuqori foydalanish 
    tezligi 56 KbGʻsek. ni tashkil etadi. Modem ichki va tashqi turlarga boʻlinadi va 
    har ikkalasi ham internetga yoki telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun 
    xizmat qiladi. 
    Tashqi faks/modem 
    Simsiz modem 
    Ichki modem 
    3.5-rasm. Internetga bogʻlanish qurilmalari. 
    Oʻzbekiston 
    Respublikasidagi 
    Internet 
    tarmogʻining 
    rivojlanishi. 
    Respublikamizda milliy Internet-segmentini rivojlantirish boʻyicha ishlar OʻzR 
    Vazirlar Mahkamasining ―Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-
    kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida‖ 2002 yil 

    iyundagi 
    200-son 
    qarori bilan tasdiqlangan ―2002-2010 yillarda 


    121 
    kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish 
    dasturi‖ga asosan amalga oshirilmoqda. 
    Respublika telekommunikatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish va 
    rivojlantirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish natijasida mamlakatimiz 
    aholisining keng qatlamlari uchun Internet xizmatlaridan foydalanish borgan-sari 
    engil 
    boʻlib 
    bormoqda. 
    Hozirgi 
    vaqtda 
    respublikamizda 
    Internet 
    foydalanuvchilarining umumiy soni 7,3 mln. kishidan ortdi, shundan 3,5 mln. 
    kishi, ya‘ni 1000ta fuqarodan 111tasi aloqa liniyalari orqali Internetga shaxsiy 
    kompyuterlari orqali ulanadi. Mobil Internet foydalanuvchilarining soni esa hozirgi 
    kunda 3,8 mln. kishini tashkil etadi. 
    Respublikamizda AKTni rivojlantirishga boʻlgan katta e‘tibor tufayli 
    Internet tarmogʻida milliy resurslar soni yildan yilga ortmoqdan. Hozirgi kunda 
    respublikada .UZ domen zonasida ikkinchi darajali domen nomlarini roʻyxatga 
    olish boʻyicha 7 ta registratorlar faoliyat koʻrsatadi: Tomas, Billur.com, Arsenal-
    D, Sarkor Telecom, VSS, TV-Inform va Simus. 
    Milliy axborot resurslarini rivojlantirish boʻyicha Hukumat qarorlari va 
    chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish natijasida .UZ Milliy domen zonasidagi 
    domen nomlarining soni yildan-yilga ortmoqda. Jumladan, 01.01.2011y. holatiga
    .UZ Milliy domen zonasidagi domen nomlarining soni 11088 tani tashkil etdi, yil 
    boshiga nisbatan boʻlgan oʻsish 16%ni tashkil etdi. 
    Ma‘lumotlarni uzatish, jumladan, Internet tarmogʻiga ulash xizmatlarni 
    taqdim etuvchi xoʻjalik yurituvchi sub‘ektlarning soni bugungi kunda 982tani 
    tashkil etadi, jamoa foydalanish punktlarining umumiy soni esa 1025taga etdi. 
    Provayder va operatorlarning aksariyat qismi Toshkent shahrida 
    joylashganligiga qaramay, respublikamizning boshqa hududlari, ayniqsa 
    Samarqand va Buxoro viloyatlarida ham provayder va operatorlar sonining 
    barqaror oʻsishi kuzatilmoqda. 
    Internet tarmogʻi vazifasi va undan foydalanish maqsadlari. Internet 
    tarogʻinig vazifasi internet tarmogʻi abonetlariga veb-hujjatlarni oʻqish, elektron 
    pochta, fayl uzatish va qabul qilish, muloqotda boʻlish, tarmoqda hujjatlarni 


    122 
    saqlash va ular bilan ishlash xizmatini koʻrsatish. Internet tarmogʻidan axborotlarni 
    almashish, masofaviy ta‘lim olish, konferentsiyalar oʻtkazish, veb-saytlarni tashkil 
    etish, elektron pochtani joriy qilish, muloqot oʻrnatish va shu kabi maqsadlarida 
    foydalaniladi. 
    Kompyuterlarni bir-biri bilan bogʻlash. Kompyuterlar orasida ma‘lumot 
    almashish va umumiy masalalarni birgalikda echish uchun komyuterlarni bir-biri 
    bilan bogʻlash ehtiyoji paydo boʻladi. Kompyuterlarni bir-biri bilan bogʻlashda 
    ikki xil usuldan foydalaniladi: 
    1. Kabel yordamida bogʻlash. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan koaksial, 
    oʻralgan juftlik kabeli (UTP) yoki shisha tolali kabellar orqali maxsus tarmoq plata 
    yordamida bogʻlanadi. 
    2. Simsiz bogʻlanish. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan simsiz aloqa 
    vositalar yordamida, ya‘ni radio toʻlqinlar, infraqizil nurlar, WiFi va Bluetooth 
    texnologiyalari yordamida bogʻlanadi. 
    Bir-biri bilan bogʻlangan kompyuterlarning bunday majmuasi kompyuter 
    tarmogʻini tashkil etadi. 
    Tarmoq tushunchasi va uning ahamiyati. Tarmoq - kompyuterlar, terminallar 
    va boshqa qurilmalarning ma‘lumot almashishni ta‘minlaydigan aloqa kanallari 
    bilan oʻzaro bogʻlangan majmui. Kompyuterlar aro ma‘lumotlarni almashishni 
    ta‘minlab beruvchi bunday tarmoqlar kompyuter tarmoqlari deb ataladi. 
    Tarmoq orqali axborotlarni uzoq masofalarga uzatish imkoniyati qujudga 
    keldi. Tarmoq axborotlarni uzatish, alohida foydalanilayotgan kompyuterlarni 
    birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir nechta kompyuter yordamida 
    echish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari har bir kompyuterni ma‘lum bir 
    vazifani 
    bajarishga 
    ixtisoslashtirish 
    va 
    kompyuterlarning 
    resurslaridan 
    (ma‘lumotlari, xotirasi) birgalikda foydalanish, hamda butun dunyo 
    kompyuterlarini oʻzida birlashtirgan Internet tarmogʻiga bogʻlanish mumkin. 
    Tarmoq axborotlarni uzatish, alohida foydalanilayotgan kompyuterlarni 
    birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir nechta kompyuter yordamida 
    echish imkoniyatlarini beradi.


    123 
    Tarmoq taqdim etadigan hizmatlar. Kompyuter tarmoqlari axborotlarni 
    elektr signallari koʻrinishida uzatish va qabul qilishga ixtisoslashgan muhit. 
    Tarmoqlar biror maqsadga erishish uchun quriladi, ya‘ni bogʻlangan kompyuterlar 
    orqali biror masalalarni echish uchun ixtisoslashtiriladi. Tarmoq xizmatlariga 
    quyidagilarni misol tariqasida keltirish mumkin: 
    Fayl server xizmati. Bunda tarmoqdagi barcha kompyuterlar asosiy 
    kompyuterning (server) ma‘lumotlaridan foydalanish yoki oʻz ma‘lumotlarini 
    asosiy kompyuter xotirasiga joylashtirish mumkin; 
    Print server xizmati. Bunda tarmoqdagi barcha kompyuterlar oʻz 
    ma‘lumotlarini xizmat joriy qilingan kompyuter boshqaruvi orqali qogʻozga chop 
    qilishi mumkin; 
    Proksi server xizmati. Bunda tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlar xizmat 
    joriy qilingan kompyuter boshqaruvi orqali bir vaqtda Internet yoki boshqa 
    xizmatlardan foydalanishi mumkin; 
    Kompyuter va foydalanuvchi boshqaruvi xizmati. Bunda tarmoqqa ulangan 
    barcha kompyuterlarning va ularda qayd qilingan foydalanuvchilarning tarmoqda 
    oʻzini tutishi hamda faoliyat yuritishi belgilanadi va nazorat qilinadi. 
    Axborotni uzatish va qabul qilish. Tarmoq har doim bir nechta 
    komp‘yuterlarni birlashtiradi va ulardan har biri oʻz axborotlarini uzatish va qabul 
    qilish imkoniyatiga ega. Axborot uzatish va qabul qilish komp‘yuterlar oʻrtasida 
    navbat bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun har qanday tarmoqda axborot 
    almashinuvi boshqarib turiladi. Bu esa oʻz navbatida komp‘yuterlar oʻrtasidagi 
    axborot toʻqnashishi va buzilishini oldini oladi yoki bartaraf qiladi. 
    Kompyuterlar tarmoqlari tashkil etilgandan soʻng undagi barcha 
    kompyuterlarning manzillari belgilanadi. Chunki axborotlarni tarmoq orqali bir 
    kompyuterdan boshqasiga uzatish kompyuter manzillari orqali amalga oshiriladi. 
    Joʻnatilayotgan axborotga oddiy hayotimizdagi xat joʻnatish jarayoni kabi 
    uzatuvchi va qabul qiluvchi manzillari koʻrsatiladi va tarmoqqa uzatiladi. Har bir 
    kompyuter kelgan axborotdagi qabul qiluvchi manzilini oʻzining manzili bilan 
    solishtiradi, agar manzillar mos kelsa, u holda axborotni qabul qilib oladi va 


    124 
    uzatuvchiga qabul qilib olganligi toʻgʻrisida tasdiq yoʻllaydi. Xuddi shu tariqa 
    kompyuterlararo axborot almashiniladi. 
    Tarmoq har doim bir nechta komp‘yuterlarni birlashtiradi va ulardan har biri 
    oʻz axborotlarini uzatish va qabul qilish imkoniyatiga ega.
    Axborot uzatish va qabul qilish komp‘yuterlar oʻrtasida navbat bilan amalga 
    oshiriladi.
    Kompyuterlar tarmoqlari tashkil etilgandan soʻng undagi barcha 
    kompyuterlarning manzillari belgilanadi. Chunki axborotlarni tarmoq orqali bir 
    kompyuterdan boshqasiga uzatish kompyuter manzillari orqali amalga oshiriladi.
    Joʻnatilayotgan axborotga oddiy hayotimizdagi xat joʻnatish jarayoni kabi 
    uzatuvchi va qabul qiluvchi manzillari koʻrsatiladi va tarmoqqa uzatiladi. 
    Manzil tushunchasi. Kompyuter tarmoqlarida manzil tushunchasi sifatida 
    quyidagi fikrlarni keltirish mumkin: 
    1. Manzil kompyuter xotirasining qismlarini, kompyuter kiritish-chiqarish
    qurilmalari portini, hisoblash tarmogʻi kompyuterlarini hamda boshqa ma‘lumot 
    manbalarini yoki ularni uzatish uchun belgilangan joyni aniqlaydi. 
    2. Manzil hisoblash tarmoqlarida uzatilayotgan ma‘lumotlarni qabul qiluvchi 
    yoki joʻnatuvchilarni aniqlovchi ma‘lumotlar ketma-ketligi. 
    Lokal, mintaqaviy va global komp‘yuter tarmoqlari. Kompyuter 
    tarmoqlarini ularning geografik joylashishi, masshtabi hamda hajmiga qarab bir 
    nechta turlarga ajratish mumkin, masalan: 

    Download 1,89 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   76




    Download 1,89 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Internetga mobil aloqa orqali bogʻlanish

    Download 1,89 Mb.
    Pdf ko'rish