-rasm. Internetda Ijtimoiy tarmoqlar logotipi




Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/76
Sana01.01.2024
Hajmi1,89 Mb.
#129371
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   76
3.7-rasm. Internetda Ijtimoiy tarmoqlar logotipi. 
Ijtimoiy tarmoqlarda ma‘lumotlardan foydalanish madaniyati. Keltirilgan 
veb-saytlar tahlil qilinsa quyidigi salbiy holatlar va kamchiliklar uchrab turadi: 
• Foydalanuvchilarning ayrimlari oʻz nomlari bilan roʻyxatdan oʻtishmaydilar; 
• Nomaqbul foto sur‘atlar qoʻyishadilar;
• Oʻzaro muloqatlarda hurmatsizlik qilishadilar
• Bema‘ni gaplar yozadilar
• Sahifalar ijtimoiy boʻlishiga qaramasdan siyosiy muloqatlar oʻrnatadilar va 
hokoza
Demak, ijtimoiy tarmoqlarda ma‘lumotlardan, shu jumladan shaxsiy 
ma‘lumotlardan foydalanish madaniyati deganda, yuqorida keltirilgan salbiy 
holatlar va kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik tushuniladi. 
Unutmaslik kerakki, ma‘lum bir shaxs tomonidan Internet tizimiga 
qoʻyiladigan ma‘lumotlar boshqa shaxslar yoki ijtimoiy guruhlar tomonidan turli 
maqsadlarda ham foydalaniilishi mumkin. Shu jumladan ma‘naviyat va ma‘rifatga 
zid ham boʻlishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanilganda u erdagi 
ma‘lumotlarning haqqoniyligiga, Sizni aldashmayotganligiga iqror boʻlib, soʻngra 
ma‘lum bir qarorga kelish kerak 


131 
Elektron pochta xizmati va uning afzalliklari. Internet–xalqaro tarmogʻining 
asosini Electronic mail (E-mail) - elektron pochta xizmati tashkil qiladi. Elektron 
pochta xuddi odatdagi pochtadek boʻlib, faqat bunda xatni qogʻozga emas, balki 
kompyuter klaviaturasidan harf va soʻzlarni terib, ma‘lum elektron yozuv 
koʻrinishiga keltiriladi. Elektron pochta maxsus dastur boʻlib, uning yordamida 
Internet tarmogʻi orqali dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron manzilga xat, hujjat, 
ya‘ni ixtiyoriy ma‘lumotni tezda (bir necha soniya va daqiqalarda) joʻnatish va 
qabul qilib olish mumkin. Elektron pochtaning kamchiligi shundan iboratki, xat 
joʻnatuvchi va qabul qiluvchining har ikkalasi ham foylanayotgan kompyuter 
Internet tarmogʻiga ulangan boʻlishi zarur. 
Xabar va pochta qutisi tushunchalari. Xabar, umuman olganda, 
foydalanuvchi pochta orqali yuborishi kerak boʻlgan ma‘lumot xisoblanadi va 
oldindan boshqa dasturda (masalan Word) tayyorlab, keyin elektron pochta orqali 
joʻnatishi maqsadga muvofiqdir. Pochta serveri ham oʻzining matn terish 
oynachasiga ham ega bulib, xabarni shu oynada yozish mumkin. 
Pochta qutisi – bu foydalanuvchi uchun elektron pochta xizmatini taqdim 
etuvchi kompyuterda qayd qilingan nomdir. Ushbu nom kompyuter xotirasida 
papka koʻrinishida shakllantiriladi va u oʻzida kiruvchi va chiquvchi xabarlarni 
vaqtinchalik saqlaydi. Elektron pochta manzillaridagi elektron pochta manzili 
belgisidan ( ______ @ ________.__ ) oldin kelgan yozuv pochta qutisi nomini 
anglatadi. 

Download 1,89 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   76




Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Internetda Ijtimoiy tarmoqlar logotipi

Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish